Topishmoqlar  ( 142189 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 18 B


Robiya  04 Fevral 2008, 12:19:03

Zar gilam, zar-zar gilam
Ko‘taray desam og‘ir gilam.


Yer

Qayd etilgan


Robiya  04 Fevral 2008, 12:19:40

Bir parcha patir,
Olamga tatir.


Oy

Qayd etilgan


Robiya  04 Fevral 2008, 12:24:09

Oppoq sandiq ochildi,
Olamga nur sochildi.


Quyosh

Qayd etilgan


Farida  04 Fevral 2008, 19:02:17

Onasi bitta,
Bolasi mingta.


Oy va yulduzlar

Qayd etilgan


Farida  04 Fevral 2008, 19:09:19

Otasi egri-bugri,
Onasi silliq juvon,
O’g‘li qo‘shiqchi,
Qizi o‘yinchi.

Ariq, suv, baqa, baliq

Qayd etilgan


Mahzunabonu  04 Fevral 2008, 22:23:36

Pakana kampir tom supurar
nima bu?
bu soch oladigan mashinka bo'sa kere-a nima dediz.
Tug'ri

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  05 Fevral 2008, 10:55:54

O'zbekona topishmoq:

Yettitasi birga bo'lsa,
U beshovlon birlashar!!!

Savol, nima bu?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  05 Fevral 2008, 10:57:20

Ruscha topishmoq:

Ajinli yigit butun qishloqni yig'ar!

Qayd etilgan


shoir  05 Fevral 2008, 13:48:53

Qoil, men bergan topishmoqlarning barchasiga to'g'ri javob beribsizlar.

Navbatdagi topishmoqlar:

Qanoti bor, Qoni yo‘q. Tuxum qo‘yar, Soni yo‘q.

Qayd etilgan


shoir  05 Fevral 2008, 13:49:00

Hasan aka tikka turadi,
Bolalari chapak chaladi.

Qayd etilgan