Topishmoqlar  ( 142191 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 B


Robiya  04 Mart 2008, 09:43:42

Qorong'i uyim bor edi,
Parangi to'nim bor edi,
Urdi pichoqni belimdan,
Nima gunohim bor edi?

Topishmoqning javobi nima?
Manimcha tarvuz bo'lsa kerak

Yo'q, javob noto'g'ri. Yana harakat qilib ko'ring. Yordam: uni bozorlarda ikki ko'rinishda ko'rish mumkin: biri xom, biri pishgan.

Qayd etilgan


Robiya  04 Mart 2008, 09:47:45

Tog'da ulaymonni ko'rdim,
Suvda sulaymonni ko'rdim,
Betuz pishgan oshni ichdim,
Yo'lda qotgan toshni ko'rdim,
Ko'chada gadoymonni ko'rdim.

Bu yerda 5 narsa haqida gap ketyapti.

1. Bo'ri
2.Baliq
3.Sumalak
4.Toshbaqa
5.Bunisini bilmadim.

Assalomu alaykum! 2,3,4-savollarga bergan javobingiz to'g'ri. Qolganlarini ham topishga harakat qilib ko'ring.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  04 Mart 2008, 18:37:45

Tog'da ulaymonni ko'rdim,
Suvda sulaymonni ko'rdim,
Betuz pishgan oshni ichdim,
Yo'lda qotgan toshni ko'rdim,
Ko'chada gadoymonni ko'rdim.

Bu yerda 5 narsa haqida gap ketyapti.

1. Bo'ri
2.Baliq
3.Sumalak
4.Toshbaqa
5.Bunisini bilmadim.

Assalomu alaykum! 2,3,4-savollarga bergan javobingiz to'g'ri. Qolganlarini ham topishga harakat qilib ko'ring.

1. Ilon
5. Eshshak

Qayd etilgan


Robiya  05 Mart 2008, 10:27:52

Tog'da ulaymonni ko'rdim,
Suvda sulaymonni ko'rdim,
Betuz pishgan oshni ichdim,
Yo'lda qotgan toshni ko'rdim,
Ko'chada gadoymonni ko'rdim.

Bu yerda 5 narsa haqida gap ketyapti.

1. Bo'ri
2.Baliq
3.Sumalak
4.Toshbaqa
5.Bunisini bilmadim.

Assalomu alaykum! 2,3,4-savollarga bergan javobingiz to'g'ri. Qolganlarini ham topishga harakat qilib ko'ring.

1. Ilon
5. Eshshak

Yo'q, yana biroz o'ylab ko'ring.

Qayd etilgan


Robiya  11 Mart 2008, 15:58:25

Tog'da tulaymonni ko'rdim,
Suvda sulaymonni ko'rdim,
Betuz pishgan oshni ichdim,
Yo'lda qotgan toshni ko'rdim,
Ko'chada gadoymonni ko'rdim.

Bu yerda 5 narsa haqida gap ketyapti.
To'g'ri javoblar:

1. Tulki
2. Baliq
3. Sumalak
4. Toshbaqa
5. Tovuq

PS.: 2,3,4-savollarga Akbar to'g'ri javob berganlar.

Qayd etilgan


Robiya  11 Mart 2008, 16:03:05

Qorong'i uyim bor edi,
Parangi to'nim bor edi,
Urdi pichoqni belimdan,
Nima gunohim bor edi?

Topishmoqning javobi nima?

To'g'ri javob: lavlagi

Qayd etilgan


Robiya  23 Mart 2008, 16:03:52

1 qassob qirq qo'yni 7 kunga toq bo'libdi. Qanday qilib?

Qayd etilgan


Robiya  23 Mart 2008, 16:06:56

Bir uyim bor bir bolor.

Qayd etilgan


saraton07  26 May 2008, 16:58:11

Assalomu-alaykum va rahmatullohu va barakotuhu,Robiya xonim. Kechirasiz,qassob to'g'risidagi topishmoq aslicha berilganmi,boshqacharoqmasmidi? Ikkinchisi  manimcha  qabr.

Qayd etilgan


Robiya  28 May 2008, 09:59:07

Assalomu-alaykum va rahmatullohu va barakotuhu,Robiya xonim. Kechirasiz,qassob to'g'risidagi topishmoq aslicha berilganmi,boshqacharoqmasmidi? Ikkinchisi  manimcha  qabr.

Vaalaykum assalom, Saraton07! Qassob to'g'risidagi savol o'z ma'nosida emas, mantiqan o'ylab javob topsa bo'ladi.
 2-savolga bergan javobingiz ham noto'g'ri, u narsa har bir o'zbek xonadonida bor.

Qayd etilgan