Topishmoqlar  ( 142087 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 18 B


AbdulAziz  18 May 2007, 10:32:32

O'tin yorar erta-kech,
O'zi yorilmaydi hech.

Qayd etilgan


mutaallimah  18 May 2007, 10:36:24

Barcha topishmoqlar javobi to'g'ri.

Yangi topishmoqlar

Sharti: Bir user faqat bitta topishmoqni topadi. Qolganini boshqalarga qoldiradi.


Ikki ajib qulog'i bor
Biri tinglar, biri so'zlar.


Telefon go'shagi :D

Qayd etilgan


AbdurRohman  18 May 2007, 10:58:38

O'zi bitta,
Qo'li ikkita,
Tishi yuzta.

Arra bo'lsa kere.

Qayd etilgan


ikbaljohn  18 May 2007, 15:17:44

O'tin yorar erta-kech,
O'zi yorilmaydi hech.
Bolta

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 May 2007, 11:20:14

Barcha javoblar to'g'ri.

Navbatdagi topishmoq

Yorug'i bor, dovrug'i bor,
O'zi yo'q, ovozi bor.

Qayd etilgan


Abdusalom  19 May 2007, 15:32:58

Barcha javoblar to'g'ri.

Navbatdagi topishmoq

Yorug'i bor, dovrug'i bor,
O'zi yo'q, ovozi bor.

Chaqmoq

Qayd etilgan


Abdusalom  19 May 2007, 15:38:40

Yer tagida oltin qoziq,
U hammaga bo'lar oziq.

Qayd etilgan


ikbaljohn  19 May 2007, 15:41:31

Yer tagida oltin qoziq,
U hammaga bo'lar oziq.
Sabziiii

Qayd etilgan


Abdusalom  19 May 2007, 15:42:56

Yer tagida oltin qoziq,
U hammaga bo'lar oziq.
Sabziiii
Ofarin! Buni yosh bollar ham biladi :)

Qayd etilgan


AbdurRohman  23 May 2007, 17:51:52

Yer bilan osmon o'rtasida nima bor??

Qayd etilgan