Farg'ona shahridagi bog'da kuz paytida bitta o'zim aylanib yurishni yaxshi ko'raman.Kechki payt o'rtog'latim bilan O'ramga borib, ovqatlanishni yoqtiraman.Kechki salqinda ATSni oldidagi morojniyxonada gaplashib o'tirishni, qarindoshlarnikiga mexmonga borishni, to'yda kuyov-navkar bo'lib borishni, kelinnikiga ko'chga borishni,jiyanlarimni bog'chadan opkelishni,titov choyxonasida yonboshlavolib xayol surishni,sms yozishni,hayit namozlarida dadam va akalarim,maxalladagi tengdoshlarim bilan masjidga chiqishni,hayitlik olishni yoqtirarkanman mundoq do'ppini olib qarasam.
Marg'ilon to'ylarini, ayniqsa eratalabki nahorgi oshni. Shu oshda xizmatda bo'lishni.
To'ydagi kechki ma'ruzlarni va savol-javoblarni.
Nikoh xutbasida kuyovga guvoh bo'lishni, xutba qilayotgan domlaning nasihatlarini.
Hayit namoziga mahalladagi yosh-qari bilan birgalikda to'p-to'p bo'lib masjidga borishni.
Hayit namozidan keyin hammaning birodarlarcha bir-birini quchoqlab tabriklashini.
Hayit namozidan uyga qaytganimda onajonimning birinchi bo'lib kutib olib, mani tabriklab, quchoqlashlarini.
Qor ustiga joynamoz solib namoz o'qishni.
Mayin yomg'irda soyabonsiz yurishni.
Kichkina qiz bola jiyanimning socimni tarshga ishqibozligini
Jiyanlarimning doim shirinlik berganim uchun mani yaxshi ko'rishlarini
Yig'lab turgan, birov yupatolmayotgan yosh bolani yupatishni
Yosh bolaning tilini