Kim nimani yoqtiradi?  ( 198785 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 ... 47 B


ibrohim  24 Noyabr 2010, 21:04:12

turli xil tadbirlarda, tanlovlarda qatnashishni yaxshi ko'raman  ;) :D

olg'a bo'lmasam shoshiling www.fundforum.uz ga kirib tanlovda yutib chiqing...

Qayd etilgan


Zamiraxon  24 Noyabr 2010, 22:13:23

Chaqaloq yotadigan xonaning hidini yaxshi ko'raman :)

Qayd etilgan


Aqoid  25 Noyabr 2010, 10:16:28

Zamiraxon, chaqaloqning o'zini xidiyam mazza, hidlab to'ymaysiz.

Qayd etilgan


Anjela  26 Noyabr 2010, 08:00:41

Man  juda  kop  narsalani  yoqtiraman, soklar,  issiqqina  somsa,  tortlar.....

Qayd etilgan


ibnUyayna  08 Mart 2011, 05:16:38


  samimiylikni

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  10 Mart 2011, 14:08:43

osmondan pag`a-pag`a qor yog`ib turganda tagida termuliiiib o`tirishni...
sokinlikni...
jim-jitlikni...
chaqaloqning qo`lchalaridan ushlab, ko`zlariga qarashni, "o`zining tilida" gaplashishni, quchoqlab turib uxlatib qo`yishni...
ifodali qilib she'r o`qishni...
yumshoq o`yinchoqlarni...
oppoqqina ayiqchamning bag`rida yotib olib sms yozishni :)
kulishni :)
romantik kitoblar mutolaa qilishni, romantik insonlar suhbatini olishni...
uncha buncha odamning ko`zi yetmaydigan mavzularga "burnimni suqib" yurishni, hammani hayron qoldirishni:)
multfil'm ko`rishni...
teatrga tushishni...
bozor aylanishni...
sovg`a ulashishni...
shirinlik sotib olish va tarqatishni...

e xullas qo`yib berangiz juda ko`p narsalarni yoqtirib yuborar ekanman:))


Qayd etilgan


Bonuxon  07 May 2011, 07:17:34

Issiqqina nonni, hovliga suv sepganda tarqaladigan xidni, oila davrasida miriqib suhbatlawiwni, samimiy insonlani. . .

Qayd etilgan


ummugulsumm  07 May 2011, 09:36:31

Sami Yusuf,Ahmed Bukhatir nasheedlari va muzqaymoq jonu dilim

Qayd etilgan


AbdurRohman  07 May 2011, 10:38:28

Sami Yusuf,Ahmed Bukhatir nasheedlari jonu dilim

Har ertalab ishga yetib borguncha nasheedlar naushnikimda yangrab turadi. kechda esa uyga borguncha. Odamni qalbi quvonadi, ko'zi yoshlanadi, juda go'zal va yoqimli!

Qayd etilgan


Nurdinboy  08 May 2011, 15:00:40

Yomg'irni, yog'ayotgan payt sayr qilib yurishni yoqtiraman.

Qayd etilgan