Forumchilarga savol  ( 725277 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 ... 182 B


Muhammad Amin  04 Aprel 2008, 16:20:12

Savol: Siz o'zingizga eng kerakli narsa deb nimani o'ylaysiz? (hoh moddiy hoh ma'naviy)

Men o'zim uchun eng kerakli narsa deb birinchi o'rinda ilm olish uchun kerakli bo'lgan diniy va dunyoviy bilimlarni o'rgatuvchi kitoblarni eng kerkli narsa deb bilaman. Buning uchun esa birinchi o'rinda tinchlik va sog'liq bo'lishi kerak deb o'ylayman. Ana shu narsalar insonni xoh moddiy bo'lsin xoh ma'naviy hammasini topishda yordam beradi. Bilim bu men uchun eng katta boylik!

Qayd etilgan


mutaallimah  04 Aprel 2008, 21:05:16

Savol: Siz o'zingizga eng kerakli narsa deb nimani o'ylaysiz? (hoh moddiy hoh ma'naviy)

  J: Assalomu-alaykum bu savolga javob berilibdi.Uzr soragan holda men ham fikrimni aytib o'tmoqchi edim. Umid men uchun eng kerakli narsa. Umidsizlikka tushgan inson moddiy va ma'naviy hamma narsasidan ayrilib borganini o'zi ham sezmay qoladi.

S:Bolalikda eng yahshi ko'rgan kitobingiz va uni qaysi adabiy qahramonini qaysi sifati uchun haligacha eslaysiz?


Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Aprel 2008, 08:45:51

Javob: Maktabga chiqishdan avval ham o'qishni o'rganvolgandim. Amakim kitob do'koniga ishga kirganlaridan so'ng, manga ko'pgina rasmli ertak kitoblari olib kela boshladilar. Ularni o'qidim. Ular asosan rus xalq ertaklari edi. Maktabning boshlang'ich davrida o'zbek ertaklarini ham sevib o'qirdim. Eng esda qolgani "Ur to'qmoq" ertagi edi. Bu ertakdagi rostgo'y va hokisor cholni aldatgan kishilarning xor bo'lishlari o'sha paytda yolg'onga nisbatan qarshi kayfiyatni shakllantirgan edi. 2 yo 3 sinflarda Abdulla Qahhorning "Dahshat" hikoyasini o'qib dahshatga tushgan edim. Yana o'sha yillardan eng esda qolarlilari, ota-onam aytib bergan diniy hikoyalar edi. O'zim o'qiganlaridan esa "Shanba kuni sinalganlar" kitobi qattiq ta'sir ko'rsatgan edi.

Savol: Bolaligingizda qaysi o'yinni hush ko'rardingiz?

Qayd etilgan


Umayyah  05 Aprel 2008, 11:27:14

J:Mashina O'ynashni Yahshi Ko'rar Edim :) G'isht Parchalarini Mashina Shakliga Keltirib O'ynardim

S: (Admin Uchun) Ushbu Saytdan Sizga Qandey Foyda Keladi :-/ (Sir Bo'lmasa Albatta Javob Bering)

Qayd etilgan


Muhammad Amin  05 Aprel 2008, 16:34:02

J:Mashina O'ynashni Yahshi Ko'rar Edim :) G'isht Parchalarini Mashina Shakliga Keltirib O'ynardim

S: (Admin Uchun) Ushbu Saytdan Sizga Qandey Foyda Keladi :-/ (Sir Bo'lmasa Albatta Javob Bering)

J: Men bu saitdan juda ham ko'p narsa olaman. Jumladan men ko'pgina aka opa userlardan samimiy inson bo'lishni va islomiy bilimlarni o'rgandim va o'rganyapma.

S: Siz qanday hollarda xolis lloh yo'lida ko'zingizga yosh olasiz?

Qayd etilgan


shoir  06 Aprel 2008, 12:05:21

J: Bu narsani ta'rflash qiyin.

S: O'zi hatto namoz o'qimaydi. Lekin siz bilan Islom haqida tortishadigan odamlar bilan siz ham tortishasizmi?

Qayd etilgan


Olimxon  06 Aprel 2008, 13:02:23

J: Bunday hol har xil ko'rinishda bo'lishi mumkin. Deylik, Alloh Taologa yoki uning rosuli sha'niga, o'tgan salafu solihiynlarga tegadigan gap gapiradigan bo'lsa albatta bahslashaman. Ammo shu zamondagi kimdir haqida yoki uning qilayotgan amali haqida gapirib behuda tortishadigan bo'lsa yuz o'girgan ma'qulroq.
S: Namoz o'qimaydigan sindosh, kursdosh yoki kasbdoshingizga nisbatan qanday muomalada bo'lasiz?

Qayd etilgan


Shirinqiz  06 Aprel 2008, 14:42:46

J: Yomon munosabatda bo'lmayman,albatta.Lekin har vaqt namozni farzligini,o'qimaslik bilan qattiq gunohkor bo'votganini eslatib turishga harakat qilaman.
S: Agar bir inson sizni giybat qilsa,birovga siz haqizda bo'lmag'ur gaplar etganini bilsangiz shu onda jahliz chiqadimi,yoki sizni gunohizi o'ziga olib yengillatvotgani uchun hursand bo'lasizmi?

Qayd etilgan


Umayyah  06 Aprel 2008, 15:03:14

J:Man Awalo o'sha inson nega mani g'iybat qildi deb o'zimga savol beraman
agar chindan xam aybim borligini sezsam boshqa undey ayb qilmaslikga xarakat qilaman
Va o'sha insondan uzr so'rab qo'yaman shunda u inson xam giybat qilganidan uyalib qoladi

S:Birovni Baxtiga, Siz Baxtli Bo'la Olasizmi (So'zning Ma'nosini Tushinib Javob Beringlar)

Qayd etilgan


Munira xonim  06 Aprel 2008, 16:36:44

J: Albatta, bu dunyoda birovni baxtini evaziga baxtli bo'lish mumkin emas. Balki bir oz muddat 'baxtli" yashar, lekin u kunlar o'tkinchi bo'lishiga ishonaman. Va buning javobi Oxiratda ham alamli bo'ladi. Vallohi a'lam.

S: Bu Forumda e'lon qilingan yangi tanlovda ishtirok etmoqchimisiz? Yoki shunchaki kuzatib turmoqchimisiz?

Qayd etilgan