Forumchilarga savol  ( 725320 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 ... 182 B


Umayyah  06 Aprel 2008, 16:40:14

J:Shunchaki Kuzatib Bormoqchiman
S:Sizga Yahoo yahshimi Pm mi

Qayd etilgan


shoir  07 Aprel 2008, 15:51:11

J: Albatta PM afzal.

S: Internetga kiriboq, dastlab nimani tekshirasiz?

Qayd etilgan


Robiya  07 Aprel 2008, 16:04:54

J: Kiriboq, darrov jonajon forumimga kiraman.

S: Siz-chi? Internetga kirgach birinchi qiladigan ishingiz nima?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  07 Aprel 2008, 16:12:15

J: Kompyuterimni yoqib birinchi Operani ochaman va Beshinchi vkladkani bosaman. Bu vkladkada Forum.ziyouz.com saqlab qo'yilgan. Keyin iguzar.uz ni va pochtamni tekshiraman.

S: Munira xonim savoli takrorlansin:

S: Bu Forumda e'lon qilingan yangi tanlovda ishtirok etmoqchimisiz? Yoki shunchaki kuzatib turmoqchimisiz?

Qayd etilgan


Robiya  07 Aprel 2008, 16:14:43

J: InshoAlloh, ishtirok etmoqchiman. Alloh nasib etsa, qo'ldan kelgancha ham savol berib, ham javob berib, bu tanlovda qatnashmoqchiman.


S: Forumdagi so'nggi o'zgarishlarga (moderatorlar almashinuvi, ba'zi userlarning ban qilinishi) munosabatingiz?

Qayd etilgan


Sakina  07 Aprel 2008, 16:58:44

J: Moderlarni almashuvi qaysidur ma'noda to'g'ri, qilinishi kerak bo'lgan ish. Ban qo'yilishiga kelsak albatta tartibsizlikni oldini olish uchun ban qo'yilishi kerak deb o'ylayman.

S: Munira honim tamonidan forumda elon qilingan tadbir sizni qanchalik hursand qildi?

Qayd etilgan


shoir  07 Aprel 2008, 19:54:58

J: Judayam hayrli ish. Juda xursand bo'ldim. Inshaallih, ko'pchilik qatori biz ham ishtirok etamiz.

S: Holat shunday: siz bir birodaringizni Alloh uchun yaxshi ko'rasiz. Lekin hadisga muvofiq shuni birodaringizga bildirishga urinasiz-u, lekin amalga kelganda til aylanmaydi, ya'ni birodar men sizni Alloh uchun sevdim, deyish qiyinroq. Buni yana qanday bildirish mumkin?

Qayd etilgan


Jakonda  08 Aprel 2008, 18:48:42

J: Qachonki u manga shunaqa disa, "Manam" dib javob qilishim va shu orqali bildirishim mumkin, bo'masa, yuragimda qoladi.

S: Muhtojga yordam berishni xohlasangizu,lekin u hech qanday yordamni xohlamasa,nima qilasiz?

Qayd etilgan


Rukhiya  08 Aprel 2008, 19:26:42

J: Demak muhtoj emas ekan, bermayman. Majburlab berishni man ma'qul deb o'ylamiyman. Boshqa muhtojga bergan bo'lar edim.

S: Boylarga qilinayorgan muomala bilan faqir kimsalarga qilinayotgan muomalada o'rtasidagi harqni siz ham xech sezganmisiz?
  Shu haqda  fikringiz qanday?

Qayd etilgan


shoir  08 Aprel 2008, 19:44:28

Javob: Ha, bunaqa holatga ko'p duch kelish mumkin. Ajablanmasa ham bo'ladi. Bu haqda Maxtumquli shunday yozadilar:

Muhammad ummati molsiz bo‘lmasin,
Molsiz bo‘lsa, tuqqan qardosh yot bo‘lar.
Qochar og‘a-ining, bo‘lmas xotiring,
Quvonar dushmaning, do‘sting mot bo‘lar.

G‘arib, oyoqyalang ­ xordir, xashakdir,
Bir ma’raka bo‘lsa, o‘rni poygakdir.
G‘ariblar ot minsa, oti ­ eshakdir,
Davlatlilar eshak minsa, ot bo‘lar.

Bir tilak tilasang, hojating bitmas,
Do‘sting ixlos bilan marhamat etmas,
Ma’rakada aytgan so‘zing joy tutmas,
Tinglamaslar, quruq so‘zing bod bo‘lar.

Kurash bir obro‘ydir, urush bir dastdir,
Kishini kamsitgan ­ o‘zi nokasdir,
Bir mo‘minni g‘iybat etmoq abasdir,
G‘iybatchining qozongani o‘t bo‘lar.

Maxtumquli, shukr aylagil Xudoga,
O‘lim barobardir shohu gadoga.
Besabr qul tez yo‘liqar baloga,
Sabrli qul bora-bora shod bo‘lar.


Savol: Hayotdan, zamondan ko'p noliydiganlar bilan hech birga o'tirganmisiz? Shunda nima qilgansiz?

Qayd etilgan