Forumchilarga savol  ( 725319 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 ... 182 B


Olimxon  09 Aprel 2008, 19:58:35

J: Siz aytib o'tgandek, birga o'tirmaganmanu, lekin ba'zida eshitib qolaman. Ming afsuski, ularga har doim ham o'z fikrimi aytolmaganman, ba'zida indamay qo'ya qolganman. Ba'zida esa tushuntirishga harakat qiganman
S: Musiqaga nisbatan qanday munosabatdasiz, uni eshitib turasizmi?

Qayd etilgan


Jakonda  09 Aprel 2008, 20:11:27

Biror ish qivotganimda eshitaman, musiqa eshitish uchun maxsus vaqt ajratgan paytlarim juda kam.

Bugun admin sizga o'rinimni topshiraman disa, rozi bo'larmidiz? :)

Qayd etilgan


shoir  09 Aprel 2008, 20:36:21

Javob:. Yo'q, bunga mening uquqvim ham, tajribam ham yetmaydi. Va hammaga bir xilda munosabatda bo'lish ham har doim qo'limdan kelmaydi.

Savol: Mabodo sizga biron bo'limning moderatorligini taklif qililnganida, qaysi bo'limni tanlardingiz?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  10 Aprel 2008, 09:45:11

J: Menga taklif qilingan bo'lim xuddi o'zim o'ylaganimdek va orzu qilganimdek bo'ldi. Bundan boshqa bo'limlarga men moderatorlikka arzimayman. Intellekt bo'limiga marhamat! :7 (PR Reklama)

S: Siz o'zingizga kelgan barcha PM xatlariga javob yozganmisiz?

Qayd etilgan


munisa  10 Aprel 2008, 10:29:50

Assalamu alaykum
man yozganman, ba'zilariga yo'q yozmaganman  boshqa forumda

 man bu forumda yangiman.

Qayd etilgan


Fatima  10 Aprel 2008, 12:50:59

Va alaykum assalom

Savol qoldirmabsizda, bo`pti o`zim beraman.

S: Sizningcha eng go`zal inson qanaqa bo`lishi kerak?

Qayd etilgan


Muzayyana  11 Aprel 2008, 15:54:20

Assalomu alekum!
J: Manimcha eng, eng, eng go'zal inson Olamlarga raxmat bo'lim kelgan zot Payg'ambarlar nabiiyi Muxammad Mustafo(s.a.v.) dir, manimcha.

S: Siznigcha bu dunyoda eng yomon inson?

Qayd etilgan


Mahdiya  11 Aprel 2008, 21:04:13

Assalomu-alaykum.
J:Tili bilan boshqalarni diliga ozor beradigan inson manimcha eng yomon inson.
S:Mumkin bulsa yana shu savolni takrorlasak.

Qayd etilgan


AbdulAziz  12 Aprel 2008, 09:28:59

Javob:
Ayting: «Sizlarga Allohning huzurida bundan ko‘ra yomonroq «savob» (jazo oladigan kimsalar) haqida xabar beraymi? Ular Allohning la’natiga duchor bo‘lgan, g‘azabiga giriftor bo‘lgan va maymun, to‘ng‘izlarga aylantirib qo‘yilganlar hamda shaytonga qul bo‘lgan kimsalardir. Ana o‘shalar eng yomon martabada bo‘lgan va butunlay to‘g‘ri yo‘ldan ozgan kimsalardir.
(Moida surasi, 60-oyat)

Savob: Alloh uchun yaxshi ko'rish bor. Alloh uchun yomon ko'rish deganda nimani tushunasiz?

Qayd etilgan


shoir  13 Aprel 2008, 17:51:22

Javob: Alloh yomon ko'tgan bandalarni, Alloh yomon ko'rgan amallarni Alloh uchun yomon ko'rish, nafratlanish va ulardan uzoq bo'lish.

Savol: Yangi Islomiy tanlov savollari haqida nima deya olasiz? Ular qiyin ekanmi?

Qayd etilgan