Forumchilarga savol  ( 725312 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 ... 182 B


MUTLU  14 Aprel 2008, 09:51:31

Javob: Bir narsaga o'z fikrini bildirish uchun shu narsadan yahshi habardor bo'lish kere lekin man ...

Savol: Sizlar bu savolga javob berish bilan bir yigitga o'z yo'lini tanlashda katta
maslahat bergan bo'llasizlar hullas bir yigit ish qilmoqchi bo'libti lekin bu ishni
so'lmog'i katta ekan chunki bu ish agar kutulgan natijani bermasa yigit ancha vaqtini va
omadini yo'qotadi lekin yigit biladi shu ishni yahshi bo'lishini va qo'lidan ham keladi
lekin qo'rqadi aizizlar ayting yigit nima qilsin boshi qotib qoldi???

Qayd etilgan


shoir  14 Aprel 2008, 10:37:51

Javob: Alloohga tavakkul qilsin-da, boshlayversin! Inshaalloh natijasi hayrli bo'ladi.

Savol: Forumdagi so'nggi [Rahmat aytish] funksiyasi sizga yoqdimi?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  14 Aprel 2008, 12:52:44

J: Unchalik emas. Bu faqat bir tomonlama bo'lib qolishga o'rgatib qo'ymasmikin. Bizni kamchiliklarimiz ko'rinmasdan faqat maqtovlar eshitsak oqibati qanaqa bo'larkin? To'g'ri "minus" tugmachasidan ba'zilar o'zining shaxsiy adovatidan kelib chiqib ham foydalangan bo'lishi mumkin. Balki shuning uchun ham ko'pchilik qarshi chiqqan bo'lsa kerak. Lekin shaxsan men Forumga endi a'zo bo'lganimda qator-qator olgan "yomon" baholarimdan keyin o'z postlarimni sifatini va ma'nosini yaxshilashga harakat qilganman. Va menimcha bu foyda bergan. Yana ham bilmadim, bu meni o'z fikrim.

S: Forumga siz asosan qaysi maqsadda tashrif buyurasiz?

Qayd etilgan


shoir  14 Aprel 2008, 13:06:00

J: Maqsad ilm o'rganish, o'zimdagi bor bo'lgan ma'lumotlarni boshqalarga ham tarqatish.

S: Yuqoridagi savol qolsin.

Qayd etilgan


Robiya  14 Aprel 2008, 15:28:24

J: Haqiqiy o'zbekona havo bilan nafas olish (ramziy ma'noda), o'zim uchun foydali deb bilgan narsalarni boshqalarga ham ilinish.

S: Yana bir bor shu savolga javob eshitaylik...

Qayd etilgan


Malikahon  14 Aprel 2008, 18:34:12

J: Maqsad o'zbek yigit-qizlarimizning(asosan yoshlar kiradi bu forumga) dunyo qarashini qandey ekanligini bilish va albatta ular tomonidan forumga qo'yilib borilyatgan islomiy maqolalar, ayollar uchun eng zarur bo'lgan pazandachilik yana farzand tarbiyasi uchun zarur maslahat va ma'lumotlarni o'qib keragini o'rganish uchun. Shu yerda bir iltimos ham bor mumkin bo'lsa pazandachilik bo'limiga asosan o'zbekona ta'omlar kiritilsa ya'ni keksalarimizdagina qolgan, hozirda unchalik yoshlar bilmaydigan ta'omlar topib kiritilsa juda yaxshi bo'lardi

S: Hozirgi yoshlarimiz tomonidan har hil saytlar paydo bo'lyapti, shularga nisbatan sizni fikriz qanday?

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Aprel 2008, 08:21:18

Javob: Bu masala haqida ko'pchilik so'rashadi. O'sha yoshlarning o'zlari ham maslahat so'rab turishadi. Ularga har doim bir narsani javob beraman: inim, avvalo bir narsaga qaror qilganingizdan so'ng aniq maqsadni qo'ying. Saytni nimaga ochmoqchisiz? Bundan kimga qanday foyda? Eng asosoiysi, kimgadir, qandaydir ma'naviy foydangiz tegsin! Bunga amal qilganlari ham bor. Qilmaganlari ham. Hozirgi yoshlarning ko'pchilik qismi o'z saytlariga baho bering deb taklif qilganlarida, uni ko'rib hatto fikr ham kelmaydi. Ya'ni ko'pchiligi saytni shaxsiy maqsadlari yoki qiziqishlari, tanishuv, umri qisqa do'stlik uchun tashkil etishgan. Ulardagi xabarlar ham shunga muvofiq, ya'ni shou biznes va musiqa, video va h.

Savol: Shu savolga boshqalarning ham munosabatini ko'rmoqchi edim.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  18 Aprel 2008, 14:40:02

Birodar do'stimiz savol qoldirmagan ekanlar. Shuning uchun men savol berib qo'ya qolay. Menimcha noto'g'ri ish bo'lmasa kerak.

S: Aytinchi, sizga qanday insonlar ko'proq yoqadi:
Ko'p gapiradigan, ko'nglida kiri va siri yo'q insonmi yoki kam gapiradigan, ichimdagini top deydigan, nima o'ylayotganini bilolmaydigan insonmi?

Nima uchun?

Qayd etilgan


Muzayyana  18 Aprel 2008, 15:06:03

Assalomu alekum!
Ajoyib savol......
J: Manga ko'proq ikinchi xil insonlar yoqadi, sababi ko'p gapiradiganlarni jinim suymaydi. Ko'p gapiradigan qizlarniku tushunsa bo'ladi, "xa endi qiz bolada" deysiz, lekin o'g'il bola vaysaqi bo'sa bundan xunugi bo'lmasa kerak. Manga sirli insonlar yoqadi, ular bilan yashash qiziq bo'ladi, mani fikrimcha....


S: Nima deb o'ylaysiz, hijobdegi muslima uchun pardoznig axamiyati. Hijobdegi muslimaga aslini olganda shu narsa keremi?  Iltimos to'liq izoxlashga xarakat qiling.....

Qayd etilgan


shoir  18 Aprel 2008, 19:00:24

J: Pardozni kim uchun qilishiga bog'liq. Eri uchun bo'lsa, istaganicha o'zini go'zal qilsin! Boshqalar uchun esa umuman keragi yo'q.

S: "Soxta hijobli oliftalar" deganda nimani tushunasiz? Ularga munosabatingiz?

Qayd etilgan