Forumchilarga savol  ( 725410 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 ... 182 B


saraton07  10 Iyun 2008, 23:35:09

Assalomu-alaykum va rahmatullohu va barakotuhu!

J: Juda ko'p,men hech qachon sirimni aytmayman,ayniqsa rejalarimni,shunday bo'lib qolganman,ko'pdan beri.
S: Shu savol qoldi.....

Qayd etilgan


Shukurulloh  11 Iyun 2008, 06:17:14

J:bunday narsalar ko'p bo'ladi lekin  qaysi birini aytishga hayronman.
S:Insonlarni qaysi hislati yoqadi sizga?

Qayd etilgan


sayfulloh07  11 Iyun 2008, 06:30:58

J: Insonlarning eng men uchun eng yoqadigan hislati bu to'g'riso'zlik va samimiylik.
S: Siz uchun baxt nima?

Qayd etilgan


Robiya  14 Iyun 2008, 15:32:07

J: Baxt - insonning o'z maqsadlariga erishib, o'zi xohlaganiday yashashi. Allohga shukr, men o'zimni baxtli deya olaman (harqalay hozircha :))

S: "Baxt va baxtsizlik birga yuradi" fikriga hayotda guvoh bo'lganmisiz (o'zingiz,tanishlaringiz hayotida)?

Qayd etilgan


shoir  15 Iyun 2008, 09:18:44

J: Albatta, bunday holatni juda ko'p marta guvohi bo'lganman. Hayot charxpalak. Bugun baxtli bo'lib o'ziga sig'may yurgan insonni ertada g'amdan boshi xam bo'lishi hech gap emas.

S: Yaqin odamlaringizdan biri siz ishoni topshirgan omonatni saqlay olmadi. Sizning munosabatingiz? Nima qilasiz?

Qayd etilgan


Muslimа  16 Iyun 2008, 15:35:23

Assalamu alaykum!

Javob: Bunday baxt nasib etgan kundan boshlab eng avvalo farzandni qulog'iga a'zon aytish (uni dunyoga kelib ilk eshitgani Alloh taoloni buyukligi, bo'lishi uchun), hayrli va go'zal ism qo'yish va uni sof Islom fitratida katta qilish zarur. Tili chiqa boshlashi bilan unga La ilaha illalloh, Assalamu alaykum! va Bismillahir rohmani rohiym kalimalarini o'rgatish joiz.
Nima uchun? Chunki bu shariatga mos keladigan va Rasululloh sallalohu alayhi vassallam bizga ta'lim berib ketgan ishlardir, vallohi a'lam...

Savol: Farzandidan voz kechgan, ularni tashlab ketgan onalarga (agar ularni ona dib atash mumkin bo'lsa...) munosabatingiz?

Qayd etilgan


Muhammad Amin  16 Iyun 2008, 18:01:51

Javob: Bunday hodisalar hayotda ko'plab bo'lishi mumkin. Lekin hammasi ham bir-biriga o'xshamaydi. Ba'zilar nochorlikdan shunday qilsa yana boshqalar esa bila turib tash;ab ketadi. Nima bo'lganda ham o'z farzandidan voz kechish bu juda ham og'ir gunoh hisoblanadi. Shuning uchun bunday insonlarni ona bo'lishga noloyiq kishilar deb hisoblayman. Alloh taoloning ato qilgan bir kichkina jonni tashlab jetishga botina olgan inson allbatta bir kun o'z jazosini olishi muqarrar.

Savol: Agar farzabdingiz sizga kimdir urganligi haqida kelib arz qilsa siz nima qilgan bo'larfingiz?

Qayd etilgan


shoir  18 Iyun 2008, 16:50:51

Javob: Avvalo sababini surishtirardim, agar fazrzandimga zulm qilishgan bo'lsa, albatta jazolardim.

Savol: Shu savolga yaqin savol.
Agar farzandingiz birovni urganligi haqida mazlum bolaning ota-onasi shikoyat qilib kelsa, qanday yo'l tutasiz?

Qayd etilgan


Muzayyana  19 Iyun 2008, 11:37:47

J: Xm, agar mani farzandim biror bolani urgani xaqisa u bolani ota-onasi shikoyit qilib uyimga kelsa, avvalambor albatta sababini, mani farzandimni qp'l ko'tarishga nima majbur qilganini so'rab surishtirgan bo'lardim. Agar mani farzandim xaq qo'l ko'targan bo'lsa xam, o'z farzandimni oqlamagan bo'lardim. Va oldimga kelgan insonlar bilan albatta yaxshi muomalada bo'lardim, chunki bola bolada, bir kun urishdai bir kun albatta yarashadi. Lekin mana bu yerda "bolalarini o'rtasiga tushib" bir biriga yomon ko'ringan ota-ona qoladi.

Savol: Shoirni savollari qoldi.......

Qayd etilgan


mutaallimah  19 Iyun 2008, 13:03:01

J:  Insondagi g'ururni yengmaslikka harakat qilishni oqibatli deb bilardim.Lekin kibr va manmansirashni tavoze' bilan yengsa bo'ladi.

S: Yuqoridagi savol qolsa....

Qayd etilgan