Forumchilarga savol  ( 724503 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 ... 182 B


registan  24 Iyul 2008, 09:36:06

J: Bir kuni 4 yoshli jiyanimga "qannaysan" (qandaysan) desam, u bo'lsa "qannamayman" (qatnamayman) deydi. Qiziq-a? Yosh bolani miyasiga qanaqa qilib keladi bunaqa fikrlar, hayron qolasiz...

S: Sizlarga sal qaltisroq savol bermoqchiman. Alloh asrasin-u, turmush o'rtog'ingiz xiyonatini ustidan chiqib qoldingiz, shu vaziyatda nima qilgan bo'lardingiz? Alloh barchamizga ikkala dunyomiz uchun foydali bo'lgan, xiyonatni hayoliga ham keltirmaydigan turmush o'rtog'i nasib etsin.

Qayd etilgan


shoir  24 Iyul 2008, 13:54:35

J: Alloh saqlasin, agar jahlimdan tushmasam, har tomonlaman umuman bahridan o'tardim.

S: Menimcha avvalgi savol-javob yaxshi ketayotgandi. Agar qarshi bo'lmasangiz o'sha savolni yana qoldirsam:

Hayotingizda kichkina bolalar bilan bog'liq qanday qiziqarli voqea yuz bergan?

Qayd etilgan


Munavvara  24 Iyul 2008, 15:33:31

Assalomu alaykum
J:O'tgan hafta qo'shnimizni bolasi padezda yig'lab chiqib ketayotgan ekan hozir zinadan yiqilib tushadi bu dib yur sani uyinga olib chiqaman desam injiqligi tutib qoldi keyin yur deb deb ko'targandim  baqirib padezni boshiga ko'tarib olibti keyin tushirasam yugurib 2 etajga kirib ketdi orqasidan borsam buvisini oldiga bormoqchi bo'lgan ekan qo'shnisi bilan gaplashib turgan ekan u bolacha mani op ketib qoladi dib o'ylabti buvisi eshitib rosa kulib yubordi
S:Oxiratda berildigan savollarni o'ylab hech yig'laganmisiz?

Qayd etilgan


registan  26 Iyul 2008, 14:29:19

J: Oxiratdagi savol-javobni to'g'risi unchalik tasavvur etolmayman, lekin oxirat daxshatlari haqida eshitgan yoki o'qigan vaqtda beixtiyor ko'zdan yosh chiqadi.

S: Savol qolaqolsin.

Qayd etilgan


Mars  26 Iyul 2008, 23:28:20

Yo'q men yig'lamaganman.
Savol:Ohiratga aniq ishonasizmi va nimaga?

Qayd etilgan


shoir  28 Iyul 2008, 12:03:46

Javob: Savol g'alati. Albatta, ishonaman, va iymon keltiraman.

Savol: Sevib taomlanadigan maskaningiz?

Qayd etilgan


Fahita Honiy  28 Iyul 2008, 13:51:01

Javob:Sevimli maskan bu oila a'zolariz yashaydigan xonadon, eng shirin ovqat ham shu yerda bo'ladi.                           
Savol:Insonlarni qaysi amalini qadrlaysiz?

Qayd etilgan


Fatima  28 Iyul 2008, 14:13:53

J: Eng qadrlisi bu ulardagi samimiylik.

S: Shu savol qola qolsin.

Qayd etilgan


shoir  28 Iyul 2008, 14:21:47

J: Eng qadrli amal, Alloh rasuli yo'lida qilingan sitalgan hayrli amaldir.

S: Agar sizga ko'cha-ko'yda tanimagan odam, masalan, transportda, magazinda, bozorda sizga yomon muomala qilsa qanday javob berasiz?

Qayd etilgan


Robiya  28 Iyul 2008, 14:37:15

J: yomon muomala qilsa, unga shunday gapiramanki, tanbeh masalan,o'zi uyalib qoladi, bunaqa holga duch kelganman ham.

S: Sizga yomonlik qilgan kishiga ham yaxshilik bilan javob bera olasizmi?

Qayd etilgan