Forumchilarga savol  ( 724420 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 ... 182 B


Umidabonu  03 Noyabr 2008, 18:57:15

J: Juda qattiq ta'sir qildi 1, 2 soat o'zimga kelolmadim
S: Yoshingiz nechida?

Qayd etilgan


NeilaXonim  03 Noyabr 2008, 23:41:37

J:19ga to'laman
S:Din deganda nimani tushunasiz?(Umuman din haqida tushunchangiz,aynan Islom dini emas)

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Fevral 2009, 07:54:12

S:Din deganda nimani tushunasiz?(Umuman din haqida tushunchangiz,aynan Islom dini emas)

J: Din bu - e'tiqod, ishonch. Hayotda nimagadir, ishonib, e'tiqod bilan yashash.

S: Xotirjamlik deganda nimani tushunasiz? Inson qachon xotirjam bo'ladi?

Qayd etilgan


imlaah  21 Fevral 2009, 08:09:24

S:Din deganda nimani tushunasiz?(Umuman din haqida tushunchangiz,aynan Islom dini emas)

J: Din bu - e'tiqod, ishonch. Hayotda nimagadir, ishonib, e'tiqod bilan yashash.

S: Xotirjamlik deganda nimani tushunasiz? Inson qachon xotirjam bo'ladi?
J: Hotirjamlik bu so'zni asl tarifini bilmayman.Balki inson umrini yashab bitirganda o'zidan islomga zarar keltirguvchi zurriyod qolmaganini ko'rib ohirgi so'zi tavhid kalimasi bo'lganda hotirjam bo'lar demoqchi edim...
Fikrimni tugallab bo'lmay o'ylanib qoldim qabr hayoti tashvishga solmas ekanmi unga qarab yo'l olgan bandani deb..
S: Islom va iymoningiz sabab atrofingizda birodaringman deguvchi insonlarni masharali muomalasiga duch kelsangiz qanday chora ko'rasiz?

Qayd etilgan


Abdullоh  22 Fevral 2009, 10:05:11

J. Allohga shukr hozirgacha bunday holgacha tushmaganman. Lekin bir birodarimiz shunday holga tushgandi. Bir din haqida umuman tasavvurga ega bo'lmagan shaxs unga nisbatan shunaday degan ekan: "Buni qara, namoz o'qiydikan, sal madaniyatliroq bo'lishni ham bilmaydi-ya!".
Demak, namoz o'qish madaniyatsizlik ekanda, Alloh o'zi asrasin. Menga shunday deyishganda, indamagan bo'lardim, Chunki payg'ambarimiz saw aytganlar: "So'zlasangiz yaxshi so'zlardan so'zlang, aks holda sukut saqlanglar."

S. Taqdirga ishonish deganda nimani tushunsaiz? (Uzr savol qaytarilgan bo'lsa)

Qayd etilgan


Munira xonim  22 Fevral 2009, 10:39:35

Assalamu alaykum.

J: Har bir yaxshiyu yomon lahzani shukr va go'zal sabr bilan o'tkazishlik.

S: Siz bugun ishga bordingiz, oilangiz uchun farzandlaringiz uchun ko'p narsani qilishga harakat qildingiz!!!
Lekin siz bugun DIN uchun nima qildingiz?

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Fevral 2009, 15:47:14

Va alaykum assalam.

J: Savolga javob berishda riyo bo'lmasmikan degan xavfdaman. Shunga javob bermay qolay. Bugun din uchun, Islom uchun nimadir foyda qilgan barcha dindoshlarimga Allohning Rahmati bo'lsin!

S: Yoshligingizda yuz bergan, siz ko'p xotirlab turadigan eng kulgili holat qaysi edi?

Qayd etilgan


Muhseena  22 Fevral 2009, 17:36:54

Buvim yoshligimda doim she'rla etberardila:
 Oymo'ma hilla,
 Qanotlari tilla.
Subhanolloh sizga,
Umr bersin bizga...derdilar.
Yana bittasi:Oblohu,ariqlada suv
                  Bolalani yuzini toza suvga yuv...derdilar.
Alhamdulillah buvim hozir 80 yoshga kirdilar va bu she'rlarni har borganimda etadila.Man uchun bolaligimdan qolgan quvonchli onla shular.
Savol: Biror bir missioner yo'lingizdan chiqib,sizni davat qilsa unga nima der edingiz?

Qayd etilgan


Afruza  23 Fevral 2009, 20:30:20

Javob: Ko'chada begona odam biror nimada da'vat qilsa uni eshitmayman.
Savol: Universitetda domlalarga baho uchun pora berishning ziyoni bo'ladimi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Fevral 2009, 09:48:47

J: Albatta, ziyoni bor. Iloji boricha darslarda vaqtida qatnashib, peshona teri bilan baho olish kerak.

S: Haqiqiy baxt deganda nimani tushunasiz?

Qayd etilgan