Forumchilarga savol  ( 691698 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 ... 182 B


Munira xonim  24 Fevral 2009, 09:56:27

Assalamu alaykum.
J: Haq ilmidan ozgina bo'lsa ham bahramand bo'lish, shu ilmga amal qilib yashash va oxirida go'zal o'lim topish.

S: Siz biror kishini badduo qilganmisiz? (Ya'ni qarg'aganmisiz)

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Fevral 2009, 10:08:28

S: Haqiqiy baxt deganda nimani tushunasiz?

Agar qarshi bo'lmasangizlar bu savolimga o'zim ham javob bersam. Kecha bir ta'sirli oyat o'qib qolgan edim. Unda shunday marhamat qilinadi:

 :bs1:

رَبَّنَا وَأَدْخِلْهُمْ جَنَّاتِ عَدْنٍ الَّتِي وَعَدْتَهُمْ وَمَنْ صَلَحَ مِنْ آبَائِهِمْ وَأَزْوَاجِهِمْ وَذُرِّيَّاتِهِمْ إِنَّكَ أَنْتَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ وَقِهِمُ السَّيِّئَاتِ وَمَنْ تَقِ السَّيِّئَاتِ يَوْمَئِذٍ فَقَدْ رَحِمْتَهُ وَذَلِكَ هُوَ الْفَوْزُ الْعَظِيمُ

Parvardigoro, ularni ham, ularning ota-bobolari, jufti halollari va zurriyotlari orasidagi solih-mo‘min bo‘lgan kishilarni ham O’zing ularga va’da qilgan mangu jannatlarga dohil qilgin. Albatta Sening O’zinggina qudrat va hikmat sohibidirsan. O’zing ularni barcha yomonliklardan asragin. Kimni o‘sha Kundagi (qiyomatdagi) yomonliklardan asrasang, bas haqiqatan unga rahm-shafqat qilibsan. Mana shu buyuk baxtdir. (G’ofir surasi, 8-9-oyatlar)

S: Siz biror kishini badduo qilganmisiz? (Ya'ni qarg'aganmisiz)

Javob: Ha, duoibad qilganman, kufr ahlini. Musulmonlarga ozor bergan kofirlarni. Ularga Allohning la'nati bo'lsin!

Savol: Sevib o'qiydigan duoingiz?

Qayd etilgan


Abdullоh  24 Fevral 2009, 15:09:30

Savol: Sevib o'qiydigan duoingiz?

Har doim ovqatdan so'ng omin qilayotganda "Bizlarga rizq bergan va bizlarni musulmonlardan qilgan Allohga hamd-u sanolar bo'lsin. Alloh hammamizning gunohlarimizni o'zi mag'firat qilgan bo'lsin" deyman. Alloh xohlasa arabchasini ham yodlab olmoqchiman.

Savol: Sababsiz namoz vaqtini o'tkazib yuborgan paytingiz bo'lganmi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  25 Fevral 2009, 09:18:08

Javob: Ha, bo'lgan. Alloh kechirsin...

Savol: Oxirgi o'qigan hikoyangiz qaysi? Hikoya haqida fikrlaringiz?

Qayd etilgan


Zamiraxon  25 Fevral 2009, 09:35:37

J: Kichik bir hikoyacha o'qigandim, nomi esimdan chiqibdi. Bir ishi yurishmagan, omadsiz, Ollohga tavba qilmaydigan, ichadigan bola bo'ladi. U ko'chada xuddi shu sifatlarning teskarisiga ega bo'lgan yigit bilan uchrashib, tanishsib qolishadi. "Qozonga yaqin yursang qorasi yuqadi" maqoli shu hikoyaga mos tushadi. Ikkinchi yigitniyam o'ziga o'xshab qolishiga sababchi bo'lib qoladi. Shuning do'st tanlash juda nozik masala.

S: Dajjol kim yoki nima? U haqida qanaqa tushunchalaringiz bor?

Qayd etilgan



Abdullоh  26 Fevral 2009, 17:31:33

J. O'zim iqtisodchi bo'lganim uchun shu haqda yozmoqchiman. Iqtisodiyotda mashhur bo'lgan Robert Solow o'zining iqtisodiy o'sishga bag'ishlangan modeli uchun 1987-yilda nobel mukofotini olgan ekan. Qizig'i u bu modelni insoniyatga 1950-60-yillarda tanishtirgan ekan.

S. Qachondir kimdandir hafa bo'lganmisiz?

Qayd etilgan


Abdullоh  26 Fevral 2009, 17:35:09

Javob: Ha, bo'lgan. Alloh kechirsin...

Menda ham bo'lgan. Ko'p marta namoz vaqtini o'tkazib yuborganman. Buni qilmaslikka astoydil harakt qilyapman. Bu mening iymonim naqadar sust ekanligini ko'rsatadi. Alloh o'zi kechirsin va har bir ishni o'z vaqtida ado etmog'imizni o'zi nasib aylasin. Chunki Payg'ambarimiz SAW ham aytgan ekanlar: "Eng yaxshi amal - bu o'z vaqtida o'qilgan namozdir."(Hadisni to'g'ri yetkaza olmagan bo'lsam, Alloh o'zi kechirsin)

Qayd etilgan


Zamiraxon  26 Fevral 2009, 18:12:46

S. Qachondir kimdandir hafa bo'lganmisiz?
:as:
Ha hafa bo'lganman, lekin juda tez unutib yuborganman. Olloh uchun kechirdim deb aytganman.
S: "Tezkor javob" dagi eng tepadagi va undan pastdagi qatorlardagi har bir belgini tushuntirib berolasizmi? Plz :)

Qayd etilgan


Muhseena  26 Fevral 2009, 21:42:06

J:Fikr va mulohazalar bo'limida bor edi adashmasam,AbdulAziz aka yozgan bo'lishlari kere,o'sha bo'limmi qarab ko'rish kere. :)
S:O'zbek jurnalistikasi haqida fikringiz?

Qayd etilgan