Forumchilarga savol  ( 724717 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 ... 182 B


islimakhanim  01 Mart 2007, 09:48:26

      Assalamu alaykum!
J: hmmm, maktabda rosa to'polonchibo'lganmiz, deyarli har kuni qiziq voqea bo'lgan, qaysi birini yozsam ekan...Bir kuni komissiya kelgan edi. Direktorimiz komissiyani "qornini to'ydirish" uchun o'zini kabinetiga olib kiribdiyu, kalit eshikda qopketibdi. Biz sekin borib eshikni qulflab qo'yganmiz, ula avvaliga qorin g'ami bilan bo'lib sezishmagan,  hammasi ertasi kuni ertalab yig'ilishda boshlangan...  Direktor hammani urushgan,"man aniq bilan 9 A dan boshqa hech kim bunaqa bemazagarchilik qilmayd, kim shu ishni qilgan bo'lsamani yonimga kelsin" degan, boshlab biz chiqqanmiz (chunki mandan chiqqan fikr edida, agar o'zimchiqmasam butun sinf jazolanardi...)... qarasam ortimdan butun sinf kelyapti,xullas osha ishni butun sinf bo'yniga olgan, direktor hech nima deyolmay qolgan... Ehhh sinfdoshlarimni sog'indim...
 S: birinchi marta kimga nima sovg'a qilgansiz?

Qayd etilgan


ikbaljohn  01 Mart 2007, 10:21:49

J:Bo'lgan bo'lgan bunaqasi. :-[ 2-sinfda o'qib yurganimizda Rashida degan sinfdoshim manga 23-fevral munosabati bilan rasm daftar va rangli qalam sovg'a qilgan edi.Keyin manam 8-martta gul va kitob sovg'a qilganman.Bolaligim seni sog'indim!
S:Har bir o'tayotgan kuningizdan ko'nglingiz to'lyaptimi?

Qayd etilgan


Muslimа  01 Mart 2007, 10:56:02

Javob: Alhamdullilah, ko'nglim to'lyapti. Faqat ikkita narsadan, ba'zan dunyo ishlari uchun kuyinib, oxirat ishlarida sust bo'layotganimdan va bir insonni hamon ko'ngli ranjiyotganidangina ko'nglim to'lmayapti.

Savol: Hiyonatni kechirish mumkinmi?

Qayd etilgan


Munira xonim  01 Mart 2007, 14:50:24

J:Qanday hiyonatligiga bog'liq. Men shahsan hiyoinatni kechirolmayman. Balki bu yomondir. Hamma narsani kechiraman,lekin hiyonatni,aslo. Vallohi a'lam.

S:Sizni qattiq aldashganmi?

Qayd etilgan


islimakhanim  01 Mart 2007, 16:24:12

J: Ishonuvchan bo'lganim uchun juda ko'p aldanib qolaman. juda yomon aldangan vaqtlarim ham bo'lgan ...
S: Sizni dilizda og'ir iz qoldirgan kun qays? Agar mumkin bo'sa sababi bilan...

Qayd etilgan


Iroda  01 Mart 2007, 18:55:59

J: Buvijonmining qazo qilganlari. Hmm Ular biz uchun judayam qadrli inson edilar. Judayam mehribon va oqko'ngil edilar. Inshaolloh joylari jannatlarda va go'rlari nurlarga to'lsin.
S: Siz uchun eng quvonchli kunni yozing va nima uchun???

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Mart 2007, 06:27:24

J. Aslida har bir kun quvonchli. Aniq bir kunni aytadigan bo'lsak, uzoq kanikuldan keyin ota-onamni ziyorat qilgan kunim. Mening muvaffaqiyatimni ko'rib quvongan onamning yuzini tomosha qilgan kunim...

S. Iymon lazzatidan birinchi marta qachon bahramand bo'lgansiz. Bu hayajonli dam qanday kechgan?

Qayd etilgan


mutaallimah  02 Mart 2007, 21:20:32

J. Aslida har bir kun quvonchli. Aniq bir kunni aytadigan bo'lsak, uzoq kanikuldan keyin ota-onamni ziyorat qilgan kunim. Mening muvaffaqiyatimni ko'rib quvongan onamning yuzini tomosha qilgan kunim...

S. Iymon lazzatidan birinchi marta qachon bahramand bo'lgansiz. Bu hayajonli dam qanday kechgan?
Assalomu alaykum.
J:Bunday  holat aslida ko'p bo'ladi. Menga qarshi bo'lgan har bir kofir-u zolimdan qo'rqmaganim meni iymonim lazzatini his etganimdir. Bunday holat ayniqsa maktabda juda ko'p bo'lardi......
S: Sinfdoshlaringizni so'g'inasizmi?

Qayd etilgan


Shahina  02 Mart 2007, 22:23:20

J. Ha, albatta sog'inaman.

S. Yoqtirgan 3 ta mamlakatingiz? Va nima uchun?

Qayd etilgan


Munira xonim  03 Mart 2007, 07:04:30

J: Saudiya Arabistoni,Turkiya va Iroq.
Saudiya Arabistoni,hamma musulmonlar diydorini orzu qilgan mamlakat.
Turkiya, turk tilini juda yahshi ko'raman,shuning uchun bo'lsa kerak.
Iroq, Islom dinini rivojlanishiga juda katta hissa qo'shgan mamlakat.

S: Hijobga o'ranganmisiz?
Yigitlarimizga, hijobdagi qizlarni yoqtirasizmi yoki...?
Faqat haqiqatni aytish...

Qayd etilgan