Forumchilarga savol  ( 724801 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 ... 182 B


Y_U_R_I_S_T  11 Mart 2009, 18:05:16

J: Qisqagina "Ha" yoki "Yo'q" deb javob berish mumkin bo'lgan savollarni :7

S: Asosan bo'sh vaqtlaringizda nimalar bilan shug'ullanasiz?

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  11 Mart 2009, 18:54:51

J: Qisqagina "Ha" yoki "Yo'q" deb javob berish mumkin bo'lgan savollarni :7

S: Asosan bo'sh vaqtlaringizda nimalar bilan shug'ullanasiz?

off

Qaysi javob variantini tanlasam ekan? Ha yoki yo'q  ;)


Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  11 Mart 2009, 18:56:54


S: Asosan bo'sh vaqtlaringizda nimalar bilan shug'ullanasiz?

J:Kitob o'qiyman.

Savol qolsin.

Qayd etilgan


Munira xonim  12 Mart 2009, 09:55:30

J: Qisqagina "Ha" yoki "Yo'q" deb javob berish mumkin bo'lgan savollarni :7

S: Asosan bo'sh vaqtlaringizda nimalar bilan shug'ullanasiz?

J:Koproq kitob o'qiyman. (o'zi bo'sh vaqtim juda kam)

S: Sizningcha kibr bilan g'ururni o'rtasida qanday farq bor?
Bu savolga jiddiy javob berishingizni iltimos qilardim...

Qayd etilgan


shoir  12 Mart 2009, 15:56:02

Javob: Kibr va g'urur. Uni ikki xil tushunish mumkin.
G'ururning ham salbiy, ham ijobiy jihatlari mavjud. O'ta ketgan mag'rurlik mutakabbirlikka olib keladi. Mutakabbirlik esa faqatgina Alloh taologa yarashadigan sifat. Kibr insonni zalolatga, pastkashlikka yetaklaydi.
Endi ijobiy g'urur to'g'risida. Bunda boshqalar, masalan, zolimlar kofirlar oldida o'zini past tutmaslik tushuniladi. Yana erkak g'ururi degan narsa ham bor. Bunda o'z erkakligini unutmagan va ayolini har qanday holatda ham, har qanday holatlardan ham himoya qila olish tushuniladi.

Savol: Forum hayoti bhilan bog'liq eng xursand bo'lgan kuningiz qaysi? Nima uchun xursand bo'lgansiz o'shanda?

Qayd etilgan


Munira xonim  13 Mart 2009, 09:27:23

J:O'zimga jondan-da yaqin, har qanday holatda to'g'ri maslahat bera oladigan, o'z fikrlari va daldalari bilan mening ko'nglimni ko'tara oladigan, haqiqiy Alloh yo'lidagi birodarim bo'lgan opajonimni topgan kunim, forum hayotidagi eng baxtli kunim bo'lgan. Alloh hammaga ham shunday chin birodarlarni nasib qilsin.

S:Xolis Alloh uchun yaxshilik qilish yoki kimgadir mehr ko'rsatish deganda nimani tushunasiz?

Qayd etilgan


Abdullоh  13 Mart 2009, 17:55:17

J: Menimcha bu savolingizga o'z imzoyim orqali javob bersam durust bo'ladi: «Odamlar sababli bir ishni tark etish — riyo, odamlar sababli bir ishni qilish — shirkdir. Alloh seni shu ikkisidan omon saqlashi esa ixlosdir». (Fuzayl ibn Iyoz)

Biz har bir qilayotgan ishimizni xolis bajarishimiz lozim. Payg'ambarimiz Rasululloh SAW ham bu narsaga targ'ib qilganlar. Ayniqsa, U zot SAW ning hijrat masalasida aytgan hadislari tahsinga sazovardir.

S: Asri saodatni sog'inasizmi? U haqda qanday o'ylaysiz?

Qayd etilgan


Munira xonim  14 Mart 2009, 08:30:41

J: Albatta sog'inaman....Leki asri saodat haqidagi o'ylarim tasavvurimga sig'maydi va u haqidagi hayollarimni so'z bilan ifodalashga so'z boyligim kam deb o'ylayman...

S: Minnat haqida fikringiz qanday? Sizningcha qanday kishi minnat qiladi?

Qayd etilgan


Abdullоh  14 Mart 2009, 11:34:55

J: Minnat ham illatlardan hisoblanadi. Men ham ba'zan shu holga tushib qolaman. Ko'pchiligimiz Alloh uchun bir ishni qoyillatib qilmaymiz-u, ammo kichkinagina bir qilgan ishimizni ko'klarga ko'tarib gapirib yuramiz. Hech bo'lmaganda buni ko'ngligimizdan o'tkazamiz. Minnat bu savobning kushandasi deb o'ylayman, chunki biron savobli ishni qilib uning ortidan u haqda gapirsak, yoki minnat qilsak biz o'zimiz olmoqchi bo'lib turgan savobning yo'lini to'sgan bo'lamiz. Payg'ambarimiz SAW aytganlaridek: "O'ng qo'lingiz qilgan sadaqani, chap qo'lingiz bilmay qolsin".

S: Shu savolga boshqalar ham javob berishsa, juda ma'qul bo'lar edi.

Qayd etilgan


Hadija  14 Mart 2009, 18:22:20

 :as:

J: Abdullohning, Payg'ambarimiz  :sw: so'zlaridan olingan ushbu gapni iqtibos keltirib juda savolga qisqa lo'nda javob beribdilar. Alloh rozi bo'lsin. Inson biror insonga ba'zan o'zi bilmagan holda yoki bilgan holida yaxshilik qiladi va qaysidir ma'noda javobini kutadi. Asl ajri savobdan umid qilgan musulmon banda uchun eng afzal javobi mukofot bu Alloh taollo tamonidan kelinadigan rahmatdir... Kimgadur Islom shariyatlaridan kelib chiqqan holda m/s da'vat qilib yaxshilikka chorlanganda bandasidan shundayin javob ola olmaganimizda, unga nisbatan achinish hissi bo'ladi-yu ammo, buni minnatga yo'yishlik to'g'ri bo'lmaydi...

S: Biror bir o'ylagan niyatingiz amalga oshmay, armonga aylanganda, achinish hissini tuyganmisiz va shunday vaziyatdan qanday chiqib keta olgansiz?

Qayd etilgan