Forumchilarga savol  ( 724456 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 ... 182 B


Abdullоh  17 Mart 2009, 18:03:47

Javob: Menda bunaqa holat bolalik paytlarimda ko'p bo'lardi. Tashqarida so'ri (karavot)da kechqurun osmonga qarab yotar ekanman, yulduzlarning uchishi, oyning harakatlari, bulutlarning daydib yurishi, har xil shakllarni hosil qilishini kuzatish maroqli edi. Ayniqsa, chilla paytlarida Shohimardondagi qarindoshlarnikiga borar, tog'dan esa yulduzlar xuddi judayam yaqin kelib qolgandek, aniq va yorqin va yorqin ko'rinardi. O'sha paytlarda ayamdan, buvimdan so'rardim. Bu yulduzlar nima, yerga tushib ketmaydimi? O'shanda buvim javob bergan edilar: "Yulduzlar osmonning chiroqlari"... hayron bo'lgan edim, osmondayam chiroq bo'ladimi? Keyinchalik o'qib bilsam, Qur'oni karimda ham xuddi shunday oyatlar kelgan ekan:
Biz quyi osmonni chiroqlar-yulduzlar bilan bezadik va (uni ofat-balolardan) saqladik.(Fussilat surasi, 12-oyat).
O'shanda buvimning hikoyalari asosida osmonga qarab, tafakkur qilishga urinardim... Judayam qiziq tuyulardi...
Keyinchalik bildimki, bu Alloh taoloning yuksak mo'jizalari ekan:

U zot sizlar (bekamu ko‘st hayot kechirishingiz uchun) kecha va kunduzni, quyosh va oyni (bir tartibga solib) bo‘ysundirib qo‘ydi. (Barcha) yulduz — sayyoralar ham Uning amriga bo‘yinsundirilgandir. Albatta, bu narsada aql yurgizadigan qavm uchun oyat-ibratlar bordir. (Nahl surasi, 12-oyat)

(Ey Muhammad), siz osmonlardagi va yerdagi bor jonzot, quyosh, oy, yulduzlar, tog‘lar, dov-daraxtlar va (barcha) jonivorlar hamda ko‘pdan-ko‘p insonlar (yolg‘iz) Allohga sajda qilishini ko‘rmadingizmi? Ko‘p (odamlarga esa kofir bo‘lganlari sababli) azob haq bo‘lgandir. Kimni Alloh xor qilib qo‘ysa, bas, uni (hech kim) aziz qilguvchi bo‘lmas. Albatta Alloh O’zi xohlagan narsani qilur. (Haj surasi, 18-oyat)

Tog'dagi so'rida o'sha osmonga qaraaab yotishlarni sog'indim...  : )

Savol: Yulduz uchganini ko'rganmisiz? U paytda nima hodisa yuz beradi?

Assalomu alaykum. AbdulAziz akaning postini o'qib ko'zimga yosh keldi. Bundan kulishingiz mumkin, ammo men ishonsangiz Shu bir yil ichida o'z uyimda atigi 12-13 kun bo'ldim xolos. Ilm olish tufayli musofir joylarda yuribmiz. Postni o'qigandan so'ng bu sog'inchim yana ortdi. Buning uchun sizga katta rahmat!!!

Savolingizning javobiga kelsam: Avallari yoshligimda osmonda yulduz uchsa kattalar kimningdir umri tugadi der edi. Biz ham shunga ishonar edik. Keyin bilsam bu narsa umuman noto'g'ri ekan. Bu borada to'g'ri fikr haqida gapiradigan bo'lsam, men ham Muhseena ning fikrlariga qo'shilaman.

Qayd etilgan


Muhseena  17 Mart 2009, 19:29:43

J: Mening ota-onam inshaallah mening xohishlarimga shu kungacha qarshilik bildirmagan, har qanday fikrlar, talab va takliflar oila davrasida hech kim ranjimaydigan qilib hal qilinadi. Agar siz aytgan holat bo'ladigan bo'lsa, ( tasavvur qilaylik), men albatta ota-onamni xafa qilmay, o'sha aytgan yigitga turmushga chiqardim. Undan keyin o'sha kishini iymonga yetaklashdek katta savob egasi bo'lish baxtiga muyassar qil Ollohim, deb :)
agar ilmli muttaqiy ,muhlis banda bo'lsa sizningda martabangiz ilmingiz o'sishini ham o'ylang ,kimnidir to'g'ri yo'lga boshlash albatta yahshi bu ham Allohning hohishi ,lekin bu ish un ham inson juda kuchli bo'lishi kk ,yani o'zi ham o'sha inson tomonga bilmagan tarzda og'ib ketishi mm .
savol qolsin ......
Bu dunyoda hamma narsa bo'lishi mumkin.Bir tanishim bor edi.2 opasi turmushga chiqqan,bittasi dindor qiz,bittasi dinga moyil bo'lgan qiz.Shu qizlar turmushga chiqdilar.Dindor qizning turmush o'rtog'i namoz o'qimaydigan,ammo bu haqida o'ylab yuradigan inson ekan.U qiz sababli namoz va diniy kitoblarni o'qib boradigan bo'ldi va hayotlari juda yaxshi hozir.Ikkinchi qizning turmush o'rtog'i dindor,ilmli inson edi.U qiz turmush o'rtog'i sababli Allohning ltfiga sazovor bo'ldi.Ammo dunyo bir xil emas,har kim o'z taqdiridagini ko'radi.Kechagina islomiy to'yni orzu qilgan,hijob ne'matini xohlagan dugonamning to'yi dunyoviy bo'lib o'tdi.Aslida dugonamning xohishlari boshqacha edi.InshaAlloh u turmush o'rtog'ining hidoyat yo'liga kirishiga sabachi bo'ladi-deya umid qilaman.Ammo siddiqaning gaplarida jon bor.Muhit ta'siriga tushib qolgan odam,o'sha muhitg moslashaveradi.Dindor inson bilan turmush qurgan yaxshi.Ota-ona majburlab turmushga bersa,ko'proq duo qilish kerak-da...juda qiyin masala  :-[

Qayd etilgan


Hadija  20 Mart 2009, 12:37:16

 :as:

S: Agarda biror mahramingiz masalan (m/s: akangiz, ukangiz yoki otangiz)ni Jum'a namoziga majburlab chiqarish m-nmi? Jum'aga chiqishlik farzligini yaxshilikcha tushuntira olmasangiz?

Qayd etilgan


shoir  26 Mart 2009, 11:56:56

:as:

S: Agarda biror mahramingiz masalan (m/s: akangiz, ukangiz yoki otangiz)ni Jum'a namoziga majburlab chiqarish m-nmi? Jum'aga chiqishlik farzligini yaxshilikcha tushuntira olmasangiz?

Javob: Jasonnur aytgandek, avval yaxshi tushuntiriladi, jannatdagi ne'matlar eslatilib, yaxshi da'vat qilinadi. Shunda ham sho'xlik qilsa, unda farz amal bo'lganligi uchun qattiqqo'llik qilish mumkin.

Savol: Maktabdagi eng qiziqarli voqealardan birini eslay olasizmi?

Qayd etilgan


Afruza  26 Mart 2009, 21:42:43

J: Maktabda telefon ishlatishga ruxsat berilmasdi. Mani buvimlar shu maktabda zavuch bo'lib ishlardilar. Bir kuni o'qituvchilirdan shikoyat tushgani sababli ular tekshirishga kirishmoqchi bo'lganlarini eshitib sinfdoshlarim "sandan so'ramiydila, ishonadilaku" deb telafonlarini mani sumkamga solib qo'yishdi. Yo'q diyolmadim. Hammani tekshirib, endi gapirvotganlarida telefon jiringlab qoldi! Bitta bola shoshganidan tel.ini muzikasini o'chirmaganakan. :) Keyin xammasini bitta qilib 12 ta telefonni direktorga topshirishgan. Qaytarib olish uchun 2 kun ovora bo'lishgan. Hozir yig'ilganimizda eslab kulib yuramiz.

S: Sizni eng o'ylashga majbur qiladigan dolzarb holat. 

Qayd etilgan


Muhseena  27 Mart 2009, 06:40:57

 :as: Mani eng qiynagan holatlardan biri ahli Islomda bo'lib turib,o'zlari sezmagan holda unga qarshi yashayotgan insonlardir.Amal qilish tugul,boshqalarni ham yo'ldan urishni,qaytarishni targ'ib qilishlariga chidolmayman,lekin o'zlarini musulmonman deya baralla aytaveradilar.Munofiq bo'lishlikdan saqlasin ilohim!
Savol qoldi...

Qayd etilgan


Munavvara  30 Mart 2009, 14:01:28

 :as: Javob:

Nega degan so'roqlarni yechimi qachon topilishi  :3

Savol:

Sizni vijdon azobi qiynagan holatlar bo'lganmi va u qanday ish sodir qilganizda..?

Qayd etilgan


Afruza  04 Aprel 2009, 06:07:46

J: Insonda qalb bor ekan albatta biror yomon amalidan vijdoni qiynlaladi. Menda ham bunday holat bo'lib turadi. Hozirda biror ish qilganimdanmas, bir ikta ishni qilolmayotganimdan, o'zimda bunga yetarlicha iroda topolmayotganimdan vijdonim qiynalyapti...
Savol qolsin

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Aprel 2009, 10:13:44

J: Bundan ancha yil oldin, ko'nglimni qattiq og'ritgan qaynonamga qatti gapirib yuborganman. Bunga ancha yillar bo'ldi, u kishidan kechirim so'rab roziliklarini olgan bo'lsam ham, hozirgacha esimga tushib qolsa juda qiynalaman. Alloh meni mag'firat qilsin.

S: Nafsni jilovlash uchun sizningcha ko'proq nima qilish yoki qanday amal qilish lozim?

Qayd etilgan


Hadija  05 Aprel 2009, 18:25:05

J: Bundan ancha yil oldin, ko'nglimni qattiq og'ritgan qaynonamga qatti gapirib yuborganman. Bunga ancha yillar bo'ldi, u kishidan kechirim so'rab roziliklarini olgan bo'lsam ham, hozirgacha esimga tushib qolsa juda qiynalaman. Alloh meni mag'firat qilsin.

S: Nafsni jilovlash uchun sizningcha ko'proq nima qilish yoki qanday amal qilish lozim?

 :as:

J: Asosan duolarda doimiy so'ramoqlik va jiddu jaht bilan harakat qilmoqlik.
Savol qolsin.

Qayd etilgan