Forumchilarga savol  ( 700220 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 ... 182 B


Zamiraxon  06 Aprel 2009, 11:41:16

J: Bundan ancha yil oldin, ko'nglimni qattiq og'ritgan qaynonamga qatti gapirib yuborganman. Bunga ancha yillar bo'ldi, u kishidan kechirim so'rab roziliklarini olgan bo'lsam ham, hozirgacha esimga tushib qolsa juda qiynalaman. Alloh meni mag'firat qilsin.

S: Nafsni jilovlash uchun sizningcha ko'proq nima qilish yoki qanday amal qilish lozim?

J: Ollohni ko'proq eslash lozim. Nafs buyurgan ishni qilaytogan paytda bir zumgina o'z-o'zimizga: "To'xta!!! Bu yo'l seni yaxshilikka, hidoyatga yo'llamaydi, Ollohning sevimli bandasi bo'lishni xohlasang bu ishdan qayt!!!" deb yo'ldan qaytarishimiz kerak, Vallohu A'lam. Olloh barchamizning nafsimizni o'zimizga qul qilib bersin, amin.
S: Takror

Qayd etilgan


Muzayyana  06 Aprel 2009, 11:50:39

J: Faqatgina bunda zikr bizga yordam beradi, qalblarning faqat zikr bilan, va undan bo'lgan qo'rquv bilan bundan himoyalanishimiz mumkin. Yana bizga "Astag'firullo" kalimasi yordam beradi.

S: Oldingi savol qoldirildi!

Qayd etilgan


Abdullоh  06 Aprel 2009, 15:45:18

J: Dastlab bir hikoyani aytib bersam. Bir kuni bir mamlakatning xasis podshosi o'zini ko'rsatib qo'ymoqchi bo'libdi va o'z yurtidagi bir donishmandni chaqirtiribdi. Donishmandning xalq orasida obro'si baland ekan. Shoh unga debdi: "Ey donishmand chol, mendan sadaqa so'ra, men senga sadaqa beraman" - debdi. Donishmand esa unga shunday javob bergan ekan: "Men o'z qulimning qulidan hech qachon sadaqa so'ramayman". Bundan shohning g'azabi kelib, undan so'rabdi: "Qanday qilib men sening qulingning quli bo'lishim mumkin?". Chol javob beribdi: "Nafs - mening qulim, sen esa nafsning qulisan"...

Har birimiz shu hikoyadan ibrat olib, duo qilayotganimizda Allohdan nafsimizni o'zimizga qul qilib berishini so'rashimiz kerak. O'z nafsining quliga aylanib qolishdan-da harobroq amal bo'lmasa kerak...

S: Savol qola qolsin.

Qayd etilgan


Muhyiddin  06 Aprel 2009, 16:46:04

J: Hadisi sharifda «Har kishi o’z nafsini tanisa, batahqiq, Parvardigorini tanigay» deb marhamat qilinadi. Ishni avval nafsni tanishdan boshlash lozim bo’ladi.
«Nafs vujudni, insonning moddiy borlig’ini, manfaatlarini ta’minlashga harakat qiladi, zero uning vazifasi shudir. Yaratilishi ham o’z o’rnidadir, to’g’ridir, yaxshidir, yaxshi yaratilgandir. Chunki inson nafsi yaratilmasaydi, inson och qolganini, charchaganini, dam olishi kerak bo’lgan paytini bilmasdi. O’z vujudini idora qiluvchi bir boshliqqa ehtiyoji bordir. Bu idora qiluvchi nafsdir» Shayx As’ad Jo’shon "œIslom, tasavvuf va axloq"
Haqiqatdan ham nafsni haddan tashqari bo’sh qo’yilsa, nasihat qilinmasa inson hayotini izdan chiqarishi ham ehtimoldan xoli emas. Uning itoatli bo’lishini Yaratgandan so’raymiz, «...chunki Nafs — agar Parvardigorimning o’zi rahm qilmasa - albatta barcha yomonliklarga buyuruvchidir...» (Yusuf, 53).
Qisqasini aytganda, nafs tarbiyasiga oid asarlarni o’qib o’rganishimiz va bilganlarimizga amal qilishimiz lozim bo’ladi.

S: Qalbni (dilni) poklash uchun nima qilmoq lozim, deb o'ylaysiz?


Qayd etilgan


siddiqa  07 Aprel 2009, 06:00:50

J:Qalb o'zgaruvchidir ,uni Robbimizdan islomda sobit qilishini so'raymiz.Har bir qalb egasi  o'z yaratuvchisi, Holiqi ,Robbisi ,Allohni zikr etsa orom oladi va shu zikrlar bilan qalb ham poklanib borsa kerak.

S:sizningcha ihlos nima?

Qayd etilgan


Munira xonim  07 Aprel 2009, 11:59:33

J: "Ixlos" bu - Ishonch, ixlos bu - iymon, ixlos bu ibodat, ixlos bu -sadoqat. Ixlos mo'minlarning Yaratganini tanishi va Unga e'tiqod qilishidir. Mo'minda nimayiki yaxshi fazilatlar bo'lsa hammasi uning ixlosini belgilaydi.

S: Savol qolsin.....

Qayd etilgan


Munira xonim  07 Aprel 2009, 13:15:13

J:  Ixlosni man, barcha amallarni fisabilillah qilinishini, tushunaman.

S: Ayol kishini ishlashiga qanday qaraysiz? Iloji bo'lsa qisqagina javobingiz izohi.

J: Agar ayol kishi ishlab DIN uchun, muslimalar uchun foydasi tegsa ishlagani ma'qul. Bundan boshqa holatlarda men umuman qarshiman.
CHunki, ayol kishi qancha ko'chaga ko'p chiqsa, yuzidan nur, ilmiga amal, gaplarida va turishlarida salobat yo'qolib boradi. Undan hayo, ko'tarilib, nomahramlar bilan ham bemalol suhbatlashadigan darajaga chiqishi mumkin.

S: Savol qolsin....

Qayd etilgan


Hadija  07 Aprel 2009, 15:16:18

J:  Ixlosni man, barcha amallarni fisabilillah qilinishini, tushunaman.

S: Ayol kishini ishlashiga qanday qaraysiz? Iloji bo'lsa qisqagina javobingiz izohi.

J: Har kimning dunyo qarashi har hil. Bugun ayni shu savolni o'zimga berdim. Ishimni juda yaxshi ko'raman. O'rganib o'z hohishim b-n bir ayol ustozim b-n ishlayman. Ammo ayol bo'lgan joyda g'iybat ham bo'lmasdan iloji yo'q ekan, ayni shuning u-n ham, ishlashga qarshiman. (Hozirgi kun ba'zi erkaklari ham bundan mustasno emas)
Fikrimcha ayolning eng asosiy vazifalari ko'chadagi ishda emas, ayni uyida.

Qayd etilgan


Afruza  09 Aprel 2009, 08:45:48

S: Hissiyot deganda nimani tushunasiz?

Qayd etilgan


Usmon  09 Aprel 2009, 09:23:44

J: Alloh tomonidan in'om etilgan oliy ne'mat. Insonning borliqqa, undagi hodisalarga, bir-biriga bo'lgan munosabatining o'ziga xos ifodasi bo'lsa kerak. Boshqa jonzotlardan ajratib turuvchi eng asosiy element.

S: Ko'pincha inson aqlga yoki hissiyotlarga qarab qaror qabul qilishi kerakligi va bularning qay biri to'g'riligi haqida bahs yuritiladi. Bu ikkisini bir-biridan ajratish shartmi? Ha yoki yo'q bo'lsa, Nega?

Qayd etilgan