Forumchilarga savol  ( 726446 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 ... 182 B


Muzayyana  09 Aprel 2009, 10:48:31

J: Mani fikrimcha bu paytda, albatta ikkilanish bo'ladi, bu tabiiy. Mana shundey paytlarda, sunnatga amal qilgan holda, Sarvari Koinot(s.a.v.)ning aytganlariga amal qilib, bo'ladigan ishning Alloh tomonidan hayrli qilinishini, hayrlisini anglatishini so'rab "Istihora" namozini o'qigan ma'qul!

S: Shu yuqoridagi savol qola qolsin, boshqalarni ham fikrlarini bilaylik!

Qayd etilgan


Murod_bek  14 May 2009, 22:06:29

 :as:

Javob: Hislar ko'pincha pand berib qo'yadi. Manimcha aql bilan ish qilgan afzalroq...

Savol: Bugungi kundagi millatimizdagi, davoga muhtoj qalb kasalligi sizningcha nima?

Qayd etilgan


Shokir63  15 May 2009, 17:32:17

Javob: Islomni bilmaslik.

Savol: Murod_bekning savollari qolsin.

Qayd etilgan


siddiqa  16 May 2009, 05:28:16

Hotirijamlikni yo'qotgamniz ,hotirijamlikka esa imon orqali erishiladi .

savol qolsin .

Qayd etilgan


Muzayyana  16 May 2009, 13:45:47

Javob: Bilamizki, qalb kasallilaridan faqat Allohga b'lgan taqvo va Uning zikrini ziyoda qilish bilan qutulish mimkin. Inson agar bitta gunoh qilsa qalbiga bitta qora nuqta tushadi, gunohlari ko'paygani sari qalbdagi qora nuqtalar soni ortib boraveradi, bora-bora qalb qop-qora qurumga aylanadi, Alloh saqlasin.
Rasululloh  :sw: aytadilar: "Ogoh bo'lingkim, tanangizda bir parcha go'sht bordir, agar u sog' bo'lsa butun tana sog'lomdir, agar u xastalansa butun tana xastalanibdi, ogoh bo'lingki, u qalbdir."


Savol: Sizningcha kishi ruhiy tinchlini, hotirjamlikni qanday topadi?

Qayd etilgan


mutaallimah  16 May 2009, 14:12:49

Assalamu alaykum.
Umuman olganda oxirgi vaqtda berilayotgan savollarning hammasi bir savol lekin har xil ko'rinishda.. Bu savolning javobi esa bundan 14 asr avval Qur'onda aytib qo'yilgan...

124. Kim Mening eslatmamdan yuz o‘girsa, bas, albatta uning uchun tang — baxtsiz hayot bo‘lur va Biz uni qiyomat kunida ko‘r holda tiriltirurmiz».

125. U: «Parvardigorim, nega meni ko‘r qilib tiriltirding, axir ko‘rar edim-ku», degan edi,



<a href="http://www.youtube.com/watch?v=Kq_pUT3UGn0" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=Kq_pUT3UGn0</a>

Qayd etilgan


Murod_bek  16 May 2009, 21:02:36

 :as:
Hurmatli Mutaallimah... Javob yozibsizku ammo savol yo'q!? Iltimos hurmatli forumdoshlar mavzu qoidalariga rioya qiling!

Javob: Ruhiy hotirjamlik iymon, manfaatli ilm, taqvo orqali hosil bo'ladi...

Javob:O'tkazgan umringizning qancha qismini manfaatli o'tgazdim deb hisoblaysiz?

Qayd etilgan


Shokir63  17 May 2009, 18:05:47

Javob: Hozir 26 yoshdaman. 22 yoshda Allohning cheksiz marhamati bilan Ahmad Lutfiy Qozonchining "Saodat asri qissalari" kitobini o'qib, Islomni angladim (o'zimcha) va islomiy hayot kechirishga hafakat qilib kelyapman (o'zimcha), shu to'rt yilning 1 yili uyqu bilan o'tgan bo'lsa, yana kim biladi qanchasi Televizor ko'rish va boshqa bekorchi ishlar bilan o'gandir. Sar hisob qiladigan bo'lsam qo'limda hech narsa yo'q, afsus. 4 yil ichida atigi 1 oy juma maruzalarida o'tgan. Mp3 dan eshitganlarim ham 1 oy atrofida. Yaxshilik yo'lida gapirgan vaqtimham 1 hafta bo'lsa bordir, hisoblasangiz undan ham kam chiqishi mumkin, kitob o'qigan vaqtimni hisobladim u ham 30.4 kun bo'ldi.

Lekin menga berilgan imkonlarning, ne'matlarning sarhisobi yo'q.

Yo Rabbim, men bir bechora, purqusur, gunohkor, nonko'r bandangman. Manfaatlar yo'lida cho'loq, gunohlarga botgan bir bechora, faqir bandangman. Sening huzuringga Sening marhamatingga sig'inib keldim, qo'limda azobingdan qutulish yo'lida hech bir sarmoya yo'q, Sening huzuringga hech narsa bilan keldim, ammo Sen g'anilarning g'anisisan, marhamatlilarning marhamatlisi, meni avf ayla yo Rabbim. Gunohlarim ko'p amma Sendan o'zgaga sajda qilmadim, menga shu lutfni bergan Sen, umidim Sensan yo Rabbim, yo G'affor, yo Sattor. Meni Seni tanimaydigan, bilmaydigan qilishing mumkin edi, lekin sen menga behisob ne'matlar berib Seni, janob Rasululloh s.a.v. ni bilguvchilardan qilding. Sendan gunohimni kechirishingni so'rayman, ammo bir gunohkorman, gunohkorlarning duosi ijobat bo'lishi qiyin dedi bir do'stim, ammo nima qilay Sendan o'zga kimim bor, kimga yolvoray, boshqa boradigan joyim yo'q, Sen dan o'zga tayanchim, madadkorim yo'q. Ammo men g'aflatda qoldim yo Rabbim, shayton bilan bo'lgan urushlarda yengildim Rabbim, gunohga bottim Rabbim, ammo Mutlaq G'olib Sensan yo Rabbim, shar, zulm, yomonlik uzra musulmonlarni g'olib ayla yo Rabbim, ularga izzatlarini qaytarib ber yo Rabbim, Sen bizni isloh ayma Rabbim.

Savol: Nega Jadidchilar ishni Jadid maktablari ochishdan boshlashdi deb hisoblaysiz?


Qayd etilgan


Muzayyana  22 May 2009, 11:35:10

Javob: O'z bilganimcha, va Albatta Alloh qodir qilganicha javob berishga xarakat qilib ko'rsam...
Manimcha, yangilikni yosh avlodga beriladigan bilim va ilmdan boshlashni maqul ko'rishgan. mamlakatni kelajagini mana shu yosh avlodda ko'rishgan, sababi yosh bola bir nihol misloli u qaysi tomonga egilsa, o'sha tomonga qarab o'sa beradi.

Savol: Savol qola qolsin!

Qayd etilgan


muxbir  20 Iyul 2009, 09:44:17

Javob: Chunki o'sha paytlarda maktab, ta'lim jarayoni juda sust, uni isloh etish kerak edi. Millatimizdan buyuk olimlar chiqmayotganining sababi ham aynan ta'lim tizimining o'sha paytda yaxshi yo'lga qo'yilmagani edi.

Savol: Qaysi o'zbek jadid namoyondasini hurmat qilib, qalbingizga yaqin olasiz? Nima uchun?

Qayd etilgan