Forumchilarga savol  ( 724789 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150 151 ... 182 B


Ansora  29 Yanvar 2010, 19:24:38

Savol: Tasavvur qiling: do'stingiz sizdan katta miqdorda pul qarz oldi va qaytarib bermadi. Bir qancha marta eslatgan bo'lsangiz-da u qaytarmadi. Siz esa pulga juda muhtojsiz. Qanday yo'l tutasiz?

Javob: Bugun Juma bo'lgani uchun Din domlalaridan biri aynan shu mavzu haqida to'htaldilar, agar unchalik ehtiyojingiz bo'lmasa qarzingizdan voz keching. Alloh yengillik berganlarga yengillik beradi, dedi....

Men ham do'stimni sharoitiga qarab yo'l tutgan bo'lardim. Qolaversa unga "do'st" degan ekanman, bu nomga sazovor bo'lish osonmas, insonlar do'stlari uchun bir narsalardan kechmasalar bu do'stlik davom etmaydi....

Savol yaxshi ekan, davom etsin....

Qayd etilgan


Akbarjоn  29 Yanvar 2010, 20:05:53

Iqtibos
Tasavvur qiling: do'stingiz sizdan katta miqdorda pul qarz oldi va qaytarib bermadi. Bir qancha marta eslatgan bo'lsangiz-da u qaytarmadi. Siz esa pulga juda muhtojsiz. Qanday yo'l tutasiz?

Shunday holat bo'lgan, insof yuzasidan so'rab ko'rardim, chunki agar kishi qarz olsayu uni so'rab bormasa qarz bergan kishi xam teng manoda gunohkor bo'lar ekan deb aytgandi juma hutbasida  imom. Undan keyin qarzni qaytarib berishni niyat qilgan kishiga Alloh madad berarkan, va bunday kishiga muhlat berish savob bo'ladi, inshaAlloh
ammo qaytarib berish imkonibo'la turib sababsiz vaqtni orqaga solib yurish esa bu zulmdir, zulmkorlardan bo'lishda Alloh saqlasin

Men ham so'rab ko'rdim imkon berdim, vaqt berdim, ammo ancha aqt bo'ldi xaligacha olaolmadim, olishdan umidimni xam uzdim, agar Alloh insof berib qaytarib bersa mayli, agar qaytarmasa men roziman

savol qolsin, adashmasam ko'pchilik shu savolga javob berishni xoxlasa kerak :)

Qayd etilgan


Hadija  29 Yanvar 2010, 22:50:15

Savol: Tasavvur qiling: do'stingiz sizdan katta miqdorda pul qarz oldi va qaytarib bermadi. Bir qancha marta eslatgan bo'lsangiz-da u qaytarmadi. Siz esa pulga juda muhtojsiz. Qanday yo'l tutasiz?

Javob: 3 marotaba so'rash lozimligi haqida Xolislik sari dasturida eshitgandim, juda qaytarishga imkonlari bo'lmasa o'sha pulni boshqa so'ramay puldan voz kechaman va unutaman. O'zim o'sha pulga muhtoj bo'lib turgan bo'lsam bunday holatdan chiqish uchun avvalo Allohdan madad so'rab sabr bilan harakat qilardim qo'shimcha ish qilishga.

Savol: Siz uchun qadrli bo'lgan insoningiz sizdan o'zini olib qochyapti. Sababini bilmaysiz. Uni siz bilgan joydan topa olmayapsiz, shunday holatda qanday yo'l tutasiz?

Qayd etilgan


Sadulla  07 Fevral 2010, 07:21:04



Savol: Siz uchun qadrli bo'lgan insoningiz sizdan o'zini olib qochyapti. Sababini bilmaysiz. Uni siz bilgan joydan topa olmayapsiz, shunday holatda qanday yo'l tutasiz?
[/quote]

Ozgina muddat sabr qilib kutardim,chunki har xil muammolar girdobiga tushib qolgan inson nima qilishni bilmay qoladi.Agar shunday bo'lgan bo'lsa u baribir mendan yordam so'raydi.Agar meni yonimga kelmasa surishtirib nima bo'lganini bilishga harakat qilaman va shunga qarab ish tutaman....

Savol davom etadi...

Qayd etilgan


siddiqa  07 Fevral 2010, 13:25:36


 Siz uchun qadrli bo'lgan insoningiz sizdan o'zini olib qochyapti. Sababini bilmaysiz. Uni siz bilgan joydan topa olmayapsiz, shunday holatda qanday yo'l tutasiz?


:as:
insonlar gohida insondan bezib qoladi ,bu ayni haqiqat hattoki yaqinlaringizni  ham ko'rgingiz kelmay qolgan paytlar bo'ladi,

men o'ylaymanki u insonni bir oz vaqtga bo'lsa ham yolg'iz qoldirardim o'ziga kelib olishlari un .


insonda o'z o'zi bn jiddiy suhbat qilib oladigan paytlari bo'ladi shunda halaqit bermaslik kk .

savol qolsin

Qayd etilgan


JaviK  19 Fevral 2010, 09:17:04

Siz uchun qadrli bo'lgan insoningiz sizdan o'zini olib qochyapti. Sababini bilmaysiz. Uni siz bilgan joydan topa olmayapsiz, shunday holatda qanday yo'l tutasiz?

Javob: men bu payt uni tushunaman chunki menda ham ba`zida shunday bo`lib turadi hech qaysi yaqin insonimni ko`rgim kelmay qoladi o`zim yolg`iz o`tkizgan vaqtlarimi sarxisob qilib olishim uchun ulardan uzoqroqqa ketaman

SAVOL QOLSIN

Qayd etilgan


lolo  19 Fevral 2010, 12:52:32

Savol: Siz uchun qadrli bo'lgan insoningiz sizdan o'zini olib qochyapti. Sababini bilmaysiz. Uni siz bilgan joydan topa olmayapsiz, shunday holatda qanday yo'l tutasiz?
Javob: Sabr qilish kerak, deb o'ylayman. Tez orada sababi ayon bo'ladi. Sabrsizlik esa vaziyatni battar chigallashtirishi mumkin.

Savol: Ko'chaga chiqqanizda ko'chada (yurgan yoki turgan) odamlardan qaysilariga (yoki qandaylariga) havas qilasiz?

Qayd etilgan


Akbarjоn  19 Fevral 2010, 13:55:40

Iqtibos
Savol: Ko'chaga chiqqanizda ko'chada (yurgan yoki turgan) odamlardan qaysilariga (yoki qandaylariga) havas qilasiz?

Umuman hayotda biron kishiga nazar solgan vaqtda agar yoshi katta kishi bo'ladigan bo'lsa, bu kishi mendan oldin keldi va harli ishlarni mendan ko'ra ko'proq qilgandirlar, shu sababli xam Allohga mendan ko'ra yaqinroqdir deb,
agar yoshi kichik bo'lsa bu kishi mendan keyn kelgan va gunohlarni xam mendan kamroq qilgandir, shu sababli xam Allohga mendan ko'ra yaqinroqdir deb fikr qilish va gunohlarni kamaytirishga savob olishda jiddi-jaxd bilan xarakat qilishga intilishimiz kerak bo'ladi


savol qolsin

Qayd etilgan


siddiqa  19 Fevral 2010, 17:27:48

Savol: Ko'chaga chiqqanizda ko'chada (yurgan yoki turgan) odamlardan qaysilariga (yoki qandaylariga) havas qilasiz?


savol qoldi

namoz hali farz bo'lmasada  masjidga shoshgan bolalarni ko'rsam judayam havasim ortadi ,

salom bersam alik olganlarni yahshi ko'rib ketaman .

bobomni doimo eslatuvchi insonlarni duo qilishlarini ko'rib o'sha damlarga qaytaman
.

savol qolsin .

Qayd etilgan


Habib  19 Fevral 2010, 18:11:49

Uyiga shoshilayotganlarga havas qilaman. Uyim-joyim deydiganlar ko'paysin deyman.. Ota-onasi bag'riga, farzandlari bag'riga shoshayotganlarni ko'rsam quvonaman. Keyin magazindan, bozordan uyiga narsa sotib olayotganlarni ko'rsam havasim kelib men ham narsalar sotib olaman. Oilasiga sarflaydiganlarni yahshi ko'raman.
Savol qoldi

Qayd etilgan