Bismillohir rohmanir rohim!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!
Savol: Baxt nima? Baxtlimisiz?
Javobim: Baxt men uchun visoldir. Umumiy olganda visol baxt emasdir, ammo shaxsan men uchun baxt bu - visoldir. Bir necha oylar, yillar yoki yuz yillar, ming yillar ko'rmagan, orziqib ko'tayotgan visol onlari meningcha baxt bo'lsa kerak. Buning ustiga u o'zingiz sevgan, tunu-kun u tomon intilgan, bir daqiqa bo'lsinkim yodingizdan chiqarmagan, husnda tengsiz yoringiz bo'lsa, o'sha baxt bo'lsa kerak. Visol va'dasini olgandan keyin, uni intizorlik bilan kutish baxt bo'lsa kerak.
Hali visolga yetganimiz yo'q, visol lazzatini totganimiz yo'q, demak hali baxtlimiz deyishga erta.
Savol: Sevganingiz bormi?
Javobim: Sevganim bor. Yashirib nima qildim. Sevganim yakka-yu yagona Ollohdir.
Savol qolsin, chiroyli savol berilgan.
Kuningiz xayrli bo'lsin!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!