
Savol: Sizningcha oila qurgandan so'ng kishi ibodati yengillashadimi yo aksincha tashvishlar yanada ortib ibodatlar avvalgisiga nisbatan og'irlashib qoladimi? Holis fikr va mulohazalaringiz...

Erkak kishi uylanar ekan, albatta mas'uliyat degan his ikki barobarga ko'payadi. Endi u bir o'zi emas, xotinini ham ta'minlashi kerak. Alloh bersa, farzand tug'ilsa ma'suliyat yanada ortadi. Topayotgan pulidan yana ham ko'proq topish zaruriyati paydo bo'la boshlaydi. Juda ko'plar shu narsadan havotir oladi, qanday qilarkinman, qanday boqarkanman deb. Alloh Taolo aytadi: "Bolalaringizni faqirlikdan qo'rqib o'ldirmang.Biz ularni ham,sizlarni ham rizqlantiramiz.Albatta ularni o'ldirish katta xatodir" degan.(Al-Isro,31-oyat)
Oilali bo'lishning o'ziga xos ma'suliyati bo'lgani bilan, bo'yqodlikdan afzalliklari bir talay. Uylangach,uyga erta borasiz,uyim-joyim deydigan bo'lasiz,kiyimlariz toza,ozodalashadi yana ham,dazmollangan....va hokazolar. Ibodat qilishiz osonlashadi. Suv isitish kerak bo'lsa isitib beradi ayoliz, uyg'otish kerak bo'lsa uyg'otadi, birga ado qilasizlar ibodatni va boshqalar.