Yuqoridagi savolga javob:
Masalan men Turkiyadaman, Turk qardoshlar O'zbeklarni asosan "chekik go'zlu" yani ko'zlari qisiq, deb o'ylashadi. Meni oilamdagilarni hammasi har xil, ko'rib hayron qolishgan. Shoxsanamni (ashulachi) umuman O'zbekka o'hshatishmaydi:) ko'zlari katta katta deb:)
Keyin rangimizni ham asosan bug'doy rang deb o'ylashadi. Rangli ko'z umuman yo'q deyishadi...Aslida esa har xil inson bor deb rasmlar bilan isbot qilsam Allah Allah deb qo'yishadi:)
Savol davom etsin:)
Bismillohir rohmanir rohim!
Kapalak opa, javobingizdan juda ham xursand bo'ldim. Katta rahmat!
To'g'ri gapirdingiz, gapingizga qo'shilaman. O'zbeklarda har xil, bir birlariga uxshamaydiganlari ham bor, ammo har bir halqqa xos bo'lgan hususiyatlar bo'ladi.
Javobingiz shu ko'rsatayapdiki, men o'zbekka o'xshar ekanman, chunki turk qardoshlar aytganiday, ko'zim qisiqroqdan kelgan. Shundan bo'lsa kerak, bu yerda ko'pchilik, mo'g'ulmisan, xtitoylikmisan deb murojat qiladi. Unchalik , mo'g'ullarchalik yoki bo'lmasa xitoyliklarchalik ko'zim qisiq emas.
Yana bir bora javobingiz uchun katta rahmat! Salomat bo'ling!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!