Forumchilarga savol  ( 724339 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 ... 182 B


mutaallimah  13 Mart 2007, 12:00:02

J: Sabr qilaman,baribir bir kun qarimni biladi.

S: Dushman deganda nimani yoki kimni tushunasiz?
J:Men haqiqiy dushman yoki do'st deganda aniq bir narsani his qilmayman chunki men hali kichkina bo'lganim uchun bo'lsa kerak.
S:Sizningcha siz uchun do'st bo'lgan insonlar dushman bo'lganlaridan ko'pmi yoki aksincha..................

Qayd etilgan


Munira xonim  13 Mart 2007, 12:27:48

J: Albatta do'stlarim ko'p. Dushmanlarim borligini bilmayman ham. Chunki hali menga astoydil va jiddiy tarzda dushmanlik qilishganini eslolmayman.(Dushmanim faqat NAFSIM)

S: Sizga eng yoqqan kitobni bir necha martalab o'qiysizmi yoki bir martaga qoniqasizmi?

Qayd etilgan


Shoxjahon12  13 Mart 2007, 13:32:27

J: Albatta do'stlarim ko'p. Dushmanlarim borligini bilmayman ham. Chunki hali menga astoydil va jiddiy tarzda dushmanlik qilishganini eslolmayman.(Dushmanim faqat NAFSIM)

S: Sizga eng yoqqan kitobni bir necha martalab o'qiysizmi yoki bir martaga qoniqasizmi?
J:Albatta,qayta-qayta o'qiyveraman.Bolaligimda "Sariq devni minib" asarini 10martalab qayta o'qib ciqardim. Keyin uning qatoriga "Ikki eshik orasi","Dunyoning ishlari"(O'.Hoshimov),"O'tgan kunlar","Mehrobdan chayon"(A.Qodiriy),"Asrga tatigulik kun"(CH.Aytmatov) kabilar qo'shildi.

S:Dunoyoda qaysi millat sizga yoqadi?

Qayd etilgan


ikbaljohn  13 Mart 2007, 13:45:15

J:Nimagadir nemislar yoqadi.Keyingi o'rinda mexnatkash yaponlar, cho'ta keyingi paytlarda koreyslaram yoqishni boshladi.
S:Yolg'onni ko'p gapirasizmi?

Qayd etilgan


Munira xonim  13 Mart 2007, 13:50:40

J: Iloji boricha gapirmaslikka harakat qilaman. Bir kishini jahlidan tushirish uchun yoki urushganlarni yana yarashtirib qo'yish uchun gapirishim mumkin.

S: Bu savol mahsus Ikabljohnga, avataringizdagi mushukchani almashtirish niyatingiz bormi? Bu Islimakhanimni iltimoslari edi agar adashmasam.

Qayd etilgan


ikbaljohn  13 Mart 2007, 14:01:41

J:Bir haftacha almashtirmayman.Yaxshiroq gif formatdegi avator topguncha.
S:Yana kim mushukdan qorqadi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Mart 2007, 14:06:35

J: Tabiiy mushukdan beozor jonivor bo'lmasa kerak. Hatto Abu Hurayradek zot ham yenglaridek, jajji musukchalarni olib yurgan ekanlar.
Bu jonivordan man umuman qo'rqmayman.

S. Uyingizda qanday jonivor boqasiz?

Qayd etilgan


Munira xonim  13 Mart 2007, 14:15:16

J: Hech qanday jonivor boqmaymiz. Ho'jayinim mushukni yahshi ko'radilar, men esa uni ko'zidan qo'rqaman. Men esa qushlarni yahshi ko'raman. Men mushuk boqishga ko'nmaganim uchun, ho'jayinim qush boqishimga ko'nmaydi.

S: Yovvoyi hayvonlardan qaysinisi yoqadi?

Qayd etilgan


Muslimа  13 Mart 2007, 14:20:18

Javob: Yo'lbarsni yaxshi ko'raman, yana sher va oq ayiq ham yoqadi.

Savol: Forumda eng sizga ma'qul bo'lmagan fikr qaysi va u qaysi bo'limda bo'lgan?

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Mart 2007, 14:22:08

J. Yoshligimda Lolo va Pepe nomli ikki pingvin bolasi haqidagi multfilmni juda miriqib ko'rardim. Ular ham odamlarga o'xshashardi... Ayniqsa, yurishlari... Shunda pingvinlarni yoqtirib qolganman - ayniqsa yurishlarini...

S. Qushlardan qaysi turi sizga yoqadi?

Qayd etilgan