Forumchilarga savol  ( 725311 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 ... 182 B


Flower  03 Aprel 2007, 14:15:57

J: Savolingizga uncha tushunmadim. Ammo ba'zan ko'ngil "istagiga" qarshi chiqishga to'g'ri keladi.

S: Siz ko'proq ko'nglingizga quloq tutasizmi yoki aqlingizga? 

Qayd etilgan


Murod_bek  03 Aprel 2007, 21:03:33

J:Ko'proq Aqlimga quloq solaman.Chunki ko'pincha ko'ngil hato qilishim mumkin (Vallohu A'lam)

S:Siz eng sevib o'qiydigan roman?

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Aprel 2007, 22:02:29

J: "Otkan kunlar". Abdulla Qodiriy

S: Eng yaxshi ko'rgan sahobangiz kim?

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Aprel 2007, 07:24:31

J: Hamma sahobalarni,lekin hammalaridan ortig'ini aytadigan bo'lsam Umar ibn Hattob r.a.

S: Bizni ko'proq aqlimiz to'g'ri yo'lga boshlaydimi yoki qalbimiz?

Qayd etilgan


Flower  04 Aprel 2007, 09:13:09

J: Qalbidagi hislarni to'g'ri anglay olgan insonni qalbi to'g'ri yo'lga boshlaydi. Ammo ko'p hollarda aqlimizga suyanib ish yuritamiz.

S:"Uchrashdi dunyoning ikki zo'r piri,
    Ularni qiynardi dunyoning siri.
    Biri yig'lab derdi:-Uni tushundim,
    -Tushunmadim, - deya yig'lardi biri.(A.Oripov)
Ushbu satrlar haqida nima deya olasiz? Uni o'qib nimani tushundingiz?

Qayd etilgan


Laylo  05 Aprel 2007, 07:14:59

J: Ikkala pir ham dunyoni o'zining kategoriyalari bilan anglashga harakat qilgan.

S: Kulib turib ham yig'lash mumkinmi? Qanday qilib?

Qayd etilgan


Munira xonim  05 Aprel 2007, 10:26:08

J: Bu sevinch ko'z yoshlari bo'ladi, chunki inson sevinganida ham kula oladi, ham yig'laydi...

S: Sizningcha insonlarga olimni foydasi ko'proq tegadimi yoki obidni???

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Aprel 2007, 21:02:01

J:Menimcha inson obid bo'lmaguncha olim bo'lolmaydi.........

S:Baxt deganda nimani tushunasiz???

Qayd etilgan


AbdurRohman  05 Aprel 2007, 21:21:48

J:Man birinchi navbatda INSON bo'lib tug'ilganimni BAXT deb bilaman. bundan tashqari Musulmonman shuni o'zi kattga baxt. Ollohga shukur yashayapman-baxt, nafas olyapman-baxt. Ollohga shukur sog'-salomatman-baxt. qo'l-oyog'im but-baxt. Ollohga shukur baxtimga ota-onam sog'-salomat yuribdila-baxt. umuman Ollohni bandasiman, Muhammad Mustafo (sallalohu alayhi vassalam)ning ummatlarimiman-baxt. Olloh tomonidan insonlarga berilgan barcha ne'matlar man uchun baxt. SHu ne'matlarni bergan Ollohimga shukur. Olloh hammamizdan rozi bo'sin.

S:Hayotizdagi eng baxtli kunni eslab bilasimi?

Qayd etilgan


Murod_bek  05 Aprel 2007, 22:33:14

J:Umuman men uchun barcha kun bahtli kechadi.Menimcha Madrasaga o'qishga kirgan kunim bo'lsa kerak...

S:O'zingizda hech kibrni sezganmisiz?

Qayd etilgan