Forumchilarga savol  ( 725221 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 ... 182 B


lolo  23 Aprel 2007, 12:47:29

J: mani chaqirganilada yozishga oson bo'sin deb klaviaturadagi bir-biriga yaqin knopkalarni tanlaganman.

S: Tavfiq so'zining ma'nosi nima? (Albatta shunaqa ism ham bor)

Qayd etilgan


Salohiddin  23 Aprel 2007, 14:54:10

J : Tavfiq  -manosini aniq keltirolmayman ,Ollohim insof-tavfiq bersin deydilarku..albatta Ollohning yahshiki bolsa kerak
S :Toqat  deganda nimani tushunasiz?

Qayd etilgan


lolo  23 Aprel 2007, 16:12:10

J: Toqatni man chegara deb chunaman.

-= agar javobni bilmasa bilmayman demasdan biladiganla javob yozishini kutgan yaxshiroq, shunda odam u bu narsani o'rganadi. =-

Tavfiq "favq" so'zidan olingan bo'lib, bir narsaga ustun bo'lish, erishish, muvaffaq bo'lish ma'nolarini anglatadi. Islomda esa buni Alloh nasib qilibdi, marhamat qilibdi, inoyat etibdi deb tushunamiz. Alloh barchamizga tavfiq bersin.

S: Shirk nima?

Qayd etilgan


Abu Abdulloh  23 Aprel 2007, 19:41:11

j Allohdan boshqaga ibodat qilishni SHIRK, deyiladi.
S Mo’min va musulmon, deb kimga aytiladi? Kofir, mushrik, shirk, bid’at nima degani?

Qayd etilgan


lolo  24 Aprel 2007, 14:25:01

J: Mo'min degani bu iymon keltirgan degani. Musulmon deb Islomga kirgan va Alloh diniga taslim bo'lganga aytiladi. Kofir deb Alloh dinini yoki dindagi biror narsani inkor etgan kishiga aytiladi (kofir - "inkorchi" degani). Mushrik deb shirk keltirgan insonga aytiladi. Shirk bu Allohga sherik keltirish, bid'at esa dinda yangi o'ylab topilgan barcha narsalardir.

S: Hidoyat nima degani?

Qayd etilgan


Laylo  25 Aprel 2007, 04:53:04

J: Alloh taolo buyurgan haqiqiy yo'lni topish.

S: Siz doimo o'qiganingizda, eshitganingizda maza qiladigan, rohatlanadigan hikoyat qaysi?

Qayd etilgan


Abu Abdulloh  25 Aprel 2007, 09:12:52

J:  JUDA  KO'P
S: URL  MA'NOSI NIMA

Qayd etilgan


ikbaljohn  25 Aprel 2007, 10:10:07

J:URL - bu internettegi sahifa adresi.
S:Ishingiz bitishi uchun birovlarga xushomad qilish qo'lizdan keladimi?

Qayd etilgan


Muslimа  25 Aprel 2007, 12:01:27

Javob: Yo'q. Lekin ko'pincha bu manga zarar keltiradi. Yonimdagilar bu sani kamchiliging deyishadi, balki. Lekin qo'limdan kemaydi.

Savol: Kuniga nechchi marta o'lim haqida o'ylaysiz? O'lim haqida o'ylaysizmi o'zi?

Qayd etilgan


lolo  25 Aprel 2007, 12:43:44

J: Juda ko'p o'ylayman, ayniqsa bunda tayyorgarchilikni nimadan boshlash kerakligiga bosh qotip qoladi ba'zan...

S: O'limga qanday tayyorlanish kerak?

Qayd etilgan