Forumchilarga savol  ( 725244 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 ... 182 B


lolo  30 Aprel 2007, 11:49:09

J:
Abu hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladilar:
"Patir yemay va harir kiymay yurgan kezlarimda hamda g'ulom yoki cho'ri xizmatimni qilmagan chog'larida men qornimni to'g'azish uchun Rosululloh sollollohu alayhi vasallamning ortlaridan ergashib yurar edim.
O'shanda ochlikdan qornim umurtqamga yopishib qolgan bo'lib, qornim och ekanligini sezarmikin degan maqsadda o'zim yaxshi bilsam ham uchragan odamdan miskinlarni to'y'agzish lozimligi haqidagi oyatni o'qib bermog'ini iltimos qilar edim.
Eng miskinparvar odam Jafar ibn Tolib bizga qiyo boqib uyida bor narsani olib chiqib qornimizni to'yg'azar va agar u bo'm-bo'sh yog' idishni olib chiqsa ham, biz uning yuqini yalab qo'yar edik."
Buxoriy, sahih.

S: Qanday odamlar eng qattiq sinaladi?

Qayd etilgan


Munira xonim  01 May 2007, 06:55:46

J: Haqiqiy mo'min kishilar qattiq sinaladi!

S: Sizni eng yaqin kishingiz nimadandir juda hafa, siz esa o'sha kuni juda xursandsiz. ikkingiz uchrashib qoldingiz. Shunda qanday yo'l tutasiz?

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 May 2007, 07:16:01

J: Agar u mening yaqin kishim bo'lsa, unda u kayfiyati yomonligini yashirishga harakat qiladi. Lekin men bilib olaman. Kayfiyatini ko'tarishga va hech bo'lmasa men bilan gaplashganda o'sha muammosini unuttirishga harakat qilaman.

S: Tushkunlikka tushganmisiz? Bunday payt nima qilasiz?

Qayd etilgan


lolo  01 May 2007, 10:38:43

J: Odamni tushkunlikka tushishiga faqat o'zi aybdor, ya'ni masalan "Allohga tavakkal", "Sabr", "Shukur", "Taqdirga rozi bo'lish" kabi barchasini tan oldim, juda to'g'ri deb aytamiz, lekin buni ihlos bilan etmaymiz. Yuqorida sanalganla faqatgina qalb amali hisoblanadi, biz esa qalbimizda tasdiqlamaymiz. Agar qalbimizda ham tasdiqlasak hech qachon tushkunlikka tushmaymiz, inshaalloh.

S: Bugin Alloh uchun nima qildingiz?

Qayd etilgan


Muslimа  01 May 2007, 13:22:06

Javob: Juda ham yaxshi savol! Bu savolni har bir inson har kuni o'ziga berishi lozim! Bugun Alloh uchun nima qilganimni yozishim shartmas! Qilgan ishlarimni Alloh taoloni O'zi bilsa bo'ldi!

Savol: Alloh uchun yomon ko'rish deganda nimani tushunasiz?

Qayd etilgan


mutaallimah  02 May 2007, 03:51:16

J:Alloh uchun yomon ko'rmak Alloh yomon ko'rgan sifatlarga befarq bo'lganlarga qarshi bo'lmak.
S:Onangizni ko'z oldingizda nohaq ayblasalar qanday harakat qilgan bo'lardiz?

Qayd etilgan


Laylo  03 May 2007, 10:03:15

J: Bilmadim, chidab tura olmasdim, lekin... Alloh saqlasin...

S: Kuniga qancha vaqtingizni ilm olish uchun sarflaysiz?

Qayd etilgan


Muslimа  03 May 2007, 10:12:04

Javob: Kuniga qancha vaqt sarflashimni aniq bilmayman. Man uchun kitob o'qish, forumga va boshqa islomiy saytlarga kirish ham ilmimni ko'paytirishga kiradi. Albatta o'zimga kerakli narsalarni olaman. Va Allohi alam!

Savol: Ko'nlingiz bir nimadan g'ash, lekin sababini bilmaysiz? Bunday vaziyatda nima qilasiz?

Qayd etilgan


Laylo  03 May 2007, 10:16:31

J: Allohga istig'for aytaman.

S: Kunlik vaqtingizning qanchasi uyquga ketadi?

Qayd etilgan


gayrat17  03 May 2007, 12:46:05

8 soatdan kam emas.
S.  Tralebus Avtobusni ukasimi, tranvayni ukasimikan a?

Qayd etilgan