Forumchilarga savol  ( 725411 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 ... 182 B


mutaallimah  13 May 2007, 12:54:43

Assalomu alaykum.
J:O'zbekcha islomiy saytlardan eng yaxshi ko'rganim islomnuri.com umumiylaridan ziyouz.com.

S:Bir kunda qancha vaqtizni qur'on yodlashga ishlatasiz?

Qayd etilgan


Munira xonim  16 May 2007, 23:00:14

J: O'rtacha olganda bir-biryarim soat, lekin ba'zida bundan kam yoki ko'p bo'lishi ham mumkin.

S: O'zingizda qaysi sahobiyni hislatlaridan zarra bo'lsa ham mujassam bo'lishi hohlaysiz? Va bunga harakat qilib ko'rganmisiz?

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 May 2007, 10:04:01

J: Abu Bakr Siddiqning sidqu halimliklari, Hazrati Umarning adolatlari, Hazrati Usmonning ilmlari, Hazrati Alining mardliklari va boshqa barcha sahobalarning hislatlariga xavas qilaman.

S: Alloh uchun birinchi marta yig'lagan kuningizni eslay olasizmi?

Qayd etilgan


Muhammad Amin  17 May 2007, 16:37:27

Men bu kunni eslay olmasamda lekin olloh uchun birinchi marta ilk dunyoga kelgan kunim yig'laganman.

S: Siz qanday inson bo'lishni xohlaysiz?

Qayd etilgan


SHahinur  18 May 2007, 00:02:34

Assalomu alaykum.
J.Mani fikrim boyicha albatta kechirish mumkun,chunki biza oddiy insonlar togrirogi Allohni ojiz,gunohkor bandalarimiza bizani kechirmaslikka ichimizda saqlab alamda yurishga haqqimiz yoq biza nima gunoh ish qilsak ham Allohim kechirib turibdiku nimaga endi biza kechirmasligimiza kerak.

S.Siz qattiq hurmat qilgan yahshi korgan do'stiz yoki yaqin insonizni kimdir yomonlasa indami qarab turasizmi yoki yahshilab javob qaytarasizmi?

Qayd etilgan


Muslimа  18 May 2007, 10:31:46

Javob: O'tayotgan umrimga achinib yig'laydigan vaqtim ko'p bo'ladi. Masalan mani hozirgi holatim ham mani yig'latadi, Alloh sabr bersin! Vaqtim ko'p narsaga etmayotganidan va ibodatni yanaham oldinroq boshlamaganimdan achinaman.


Savol: Yaxshi ko'rgan insoningiz sizga nisbatan iliq munosabatda bo'lmasa, munosabatini o'zgartirgan bo'lsa nima qilasiz?

Qayd etilgan


Abu Abdulloh  18 May 2007, 15:31:24

J:orani uzaman ko'p kutishni yoqtirmiman
S:Qasida ma'nosini nima degani

Qayd etilgan


Abdusalom  19 May 2007, 16:27:20

J: Qasida degani kimnidir qasd qilib, o'shanga yozilgan maqtov she'ri.

S: Bu forumda sevishganlar bormi?

Qayd etilgan


Mahdiyah  20 May 2007, 12:40:46

J: Manimcha yoq. Yana bilmadim...

S: Deylik siz bir inson bilan do'stsiz? Uning ota-onasi, yaqinlari yonom bo'lsa ham siz uchun do'stingiz o'zgarmaydimi, ya'ni unga munosabat? 

Qayd etilgan


Laylo  22 May 2007, 09:54:48

J: Adashsish insonga xos xususiyat. Hamma ham adashadi. Adashish degani bilib bilmay bir yomon ishni qilish va afsus chekishdir.

S: Siz qalbingizga ko'proq ishonasizmi yoki aqlingizga?

Qayd etilgan