Forumchilarga savol  ( 725407 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 ... 182 B


topsync  26 May 2007, 16:45:29

O`zbekistonni tanlagan  bo`lar edim.

S:Ziyouz.com nega  ziyouz  nomi bilan

topsync savol berishni unutgan ekanlar. Oldingi sahifada Abu Abdullohning javob berilmagan savolini joyladim.

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 May 2007, 18:42:58

Javob: Ziyo.uz saytini tashkil etishdan maqsad insonlarga haqiqiy ma'noda ziyo ulashishdir. Zero, ziyo deb jismning o`zidan chiqqan yorug`likka aytiladi. Ilm ziyodir, ma'rifat ziyodir, iymon ziyodir, sabr ziyodir. Bekorga xalqimiz ilm-ma'rifatli, iymon-e'tiqodli insonlarni ziyoli deb atamaydi. Ular ilm-ma'rifat orqali insonlarga ziyo ulashadilar va ikki dunyo saodatiga erishadilar. Jamiyatni faqat ma'rifat ziyosigina zalolatdan saqlab qoladi. Haqiqatni anglash, bilish va uni tarqatish bilan inson ziyoga erishadi. Qalbida ziyo bo`lgan zotlar hech nimadan qo`rqishmaydi. Ularning yo`llarini ziyo yoritadi. Ziyo ularni ulug`likka yetaklaydi. davomi...

Savol: O'zbekistondagi qaysi gazetani eng o'qishli gazeta deb bilasiz?

Qayd etilgan


mutaallimah  27 May 2007, 12:40:54

Assalomu alaykum.
J:Bundan ikki yil avval faqatgina "Hordiq plus" gazetasini o'qir edim hozir eng yaxshi gazeta "odamlar orasida" gazetasi bo'lsa kerak deb o'ylayman.

S:Bu forumda ishtirok etadigan hamma hamma insonlarni siz haqingizda nima deb o'ylashlarini bilishga qiziqasizmi?

Qayd etilgan


Mohinur  28 May 2007, 09:51:12

J: Bu forumda hammani tanimayman. Lekin taniganlarimning men haqimdagi fikrlari men uchun qadrli.

S: Forumdagilardan kimlarni ko'rgansiz?

Qayd etilgan


Muslimа  28 May 2007, 11:28:26

Javob: O’zim yaxshi ko’radigan userlarni deyarli hammasini ko’rganman!

Savol: Siz anchadan beri taniydigan, unga ishonaman deb yurgan insonni qilayotgan ishlarini tushunmayotgandek bo’lgan holatlariz bo’lganmi? Bu holda nima qilgansiz?


Qayd etilgan


Mahzunabonu  28 May 2007, 12:08:39

Ha,bulgan.Unga qulimdan kelgancha tugri maslahatla berganman

Xayotda eng yaqin,sirdosh bulgan dustingiz sizni aldaganmi?

Qayd etilgan


Dilnura  28 May 2007, 12:42:27

Yo'k hali,lekin doim uni dushman bo'lib kolishini hisobga olgan holda sirlashaman....

Savol: Agar 2 ta erkak kishini o'rtasidan 1 ta ayol kishi o'tsa,ularni orasidan shayton o'tgan bo'ladi.Agar buni aksi bo'lsachi???

Qayd etilgan


Laylo  29 May 2007, 17:48:38

Javob: Bu haqda o'qimaganman. Lekin, ikkita ayolning o'rtasidan erkak kishining ataylab o'tishi ham shar'an mumkin emas.

Savol: Yaxshi ko'rgan do'stingizni ko'rganingizda qanday holga tushasiz?

Qayd etilgan


Muslimа  30 May 2007, 08:49:44

Javob: Ich-ichimdan juda hursand bo'laman va bizlarga ko'rishishni nasib qilgani uchun Allohga hamd aytaman!

Savol: Ayol kishi uchun oliy ma'lumotga ega bo'lish shartmi?
Ha bo'lsa nima uchun? Yo'q bo'lsa nima uchun?

Qayd etilgan


Laylo  31 May 2007, 00:37:27

Javob: davlat tomonidan ta'min etilgan oliy ma'lumot bo'lsa yaxshi, lekin shart emas. Ammo har bir ayol hayotda o'zi uchun, oilasi uchun kerak bo'ladigan har qanday ma'lumotni bilishi shart!

Savol: Ayol kishi uchun hayotda diniy ilm va ahkomlardan so'ng kerak bo'ladigan narsa nima?

Qayd etilgan