Forumchilarga savol  ( 725358 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 ... 182 B


AbdulAziz  04 Iyun 2007, 22:27:16

Assalamu alaykum!

Javob: Shaxsan men ayol kishining pul topish uchun kasb qilishiga munosabatim yaxshi emas. Nargiza opaning gaplariga qo'shilaman: Ko'p ayollarda pul topganlaridan kyin erlariga nisbatan munosabatlari o'zgaradi. hatto ba'zilari erning-da vazifasini bajarishga o'tib olishadi, astag'firulloh.
Savolga yaxshilab e'tibor berishingizni so'rayman. Unda ayol kishining pul topish uchun, mol topish uchun ishlashi haqida so'ralyapti. Bir birodarimiz aytgandilar. Bu tajribadan o'tgan ekan: ayol kishi ro'zg'orni ut qilishga, pul topishga qanchalik urinmasin, baribir erining topganidek baraka bo'lmas ekan. Oilada er ham xotin ham ishlayapti deylik. Oldin ayoli ishlamagan. Lekin, baraka, mol oldingidek qolaverarkan. Ko'pincha, ayol kishi nikoh paytida erining topganiga rozi bo'lishini ta'kidlaydi. Hayot davomida ham shunday qolsa, baraka bo'ladi. Ayol kishining mol to'plashga intilishi - eng buyuk musibatdir. Chunki ko'pincha ayol kishining mol-dunyo topishga intilishi uning ko'zini ko'r qiladi.

Savol: Qur'oni karimdagi qaysi qissa sizga eng ko'p ta'sir qilgan.
(Hammasi ham ta'sir qiladi. Lekin, eng katta ta'sir qilganini topishga urining.)

Qayd etilgan


Mahzunabonu  04 Iyun 2007, 22:50:09

J: Asxobi Kahf qissasi

S: Paygambarimiz(sav) bilan bir davrda yashagan,lekin ularni ruhsorlarini kurish nasib etmagan inson kim? (Uinson paygambarimiz ziyoratiga kelganida sarvari olamning vafotlariga uch kun bulgan edi)

Qayd etilgan


Munira xonim  05 Iyun 2007, 22:02:55

J: Agar adashmasam Uvays Qoroniy...

S: Yuqoridagi men bargan savolga Abdulazizni bergan javoblarini o'qing.
Unda keltirilishicha:"Ayol kishini topgan pulida erkak kishini topgan pulida bo'ladigan baraka bo'lmaydi". Bu gapga sizning munosabatingiz qanday? Faqat rostini ayting,iltimos...

Qayd etilgan


Munira xonim  06 Iyun 2007, 09:08:17

J: To'g'risini aytsam, Yo'q. Men qaynonamni turmush o'rtog'imni onasi sifatida yahshi ko'raman, xizmatini ham hurmatini ham qo'limdan kelganicha qilaman,lekin o'z onam darajasida seva olmayman.

S: Farzandga ko'rsatilgangan ortiqcha muhabbat, unga qilingan dushmanlik.
Shu gapni qanday izohlaysiz???

Qayd etilgan


Muhammad  06 Iyun 2007, 09:38:25

J: Hamma narsaning ham chegarasi bor. Farzandga nisbatan ortiqcha muhabbat ham uning tarbiyasiga ta'sir ko'rsatadi. Chunki farzand xuddi o'shanday muhabbatni boshqa yerda ko'ra olmaydi.

S: Hech o'limni orzu qilganmisiz? (Jiddiy savolga jiddiy javob bering)

Qayd etilgan


Munira xonim  06 Iyun 2007, 18:01:55

J: Taqvoni ma'nosi juda keng, meni fikrimcha TAQVO - ALLOHdan qo'rqish va Uni Sevish...

S: Sizga hiyonat qilishganmi? Hiyonat qilishgandan keyin uzr so'rashganmi va siz uni kechirganmisiz?

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Iyun 2007, 10:12:30

J: Ishonch, bu sizning omonatlaringizni saqlay biladigan, har qanday vaziyatda sizni sotmaydigan, sizni har xil gap so'zlardan himoya qiladigan inson borligiga umid qilish, niyat qilish, ishonish. Lekin bu narsa ko'pchilikka ham nasib qilmaydi. Siz kimgadir ishonishingiz mumkin, lekin o'sha kimdir sizning omonatingizni yaxshi saqlay bilmasligi mumkin.
Kimga ko'proq ishonish kerak? Avvalo, to'kis iymonli, Allohning omonatlarini saqlay olgan insonga ko'proq ishonish kerak. Odatda bunaqa insonlar ham kam bo'ladi. Shuning uchun ham siringni do'stim bilganingga ham aytaverma, vaqti kelib u ham sotishi mumkin, deyiladi. Kimga ishoniladi? Qattiq sevgan insonlarga. Masalan, men onamga ishonaman. Qiyomatlik birodarim bor, unga ishonaman. Chunki bilaman, qalbidagi iymoni hech qachon menining ishonchimni suiiste'mol qilmaydi. Boshqalarga ham ishonish mumkin. Lekin bu qadar emas, chuqur emas.

S: Ilmsiz odam o'z bilmagan narsalar haqida sizga aql o'rgatsa qanday munosabatda bo'lasiz?

Qayd etilgan


Munira xonim  07 Iyun 2007, 20:04:28

J: Menimcha, sizni kelishingiz munosabati bilan qiladigan uchrashuvimiz eng KATTA sovg'a bo'lsa kerak....

S: G'urur deganda nimani tushunasiz? Kibr deganda-chi?

Qayd etilgan


Murod_bek  08 Iyun 2007, 09:36:50

J:G'urur insonning haqiqat oldida egiladigan, nohaqlikda egilymaydigan gardani, sabri...
Kibr - O'zini boshqalardan ustun bilishlik, o'zidagi ba'zi sifatlar tufayli boshqalarno ijiz bilishlikdir...Kibr banda uchun emas!Kibr faqatgina Allohga hosdir...

S:Kayfiyatiz yo'q vaqtda nima qilasiz?

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Iyun 2007, 10:06:37

Javob: Onamga telefon qilaman. Lekin kayfiyatim yo'qligini bildirmayman. Onam bilan gaplashganimdan so'ng yana kayfiyat a'lo bo'ladi.

Savol: Hayotda nimani yo'qotishdan qo'rqasiz? (Nisbiylikdan qochib, konkret javob bering)

Qayd etilgan