Forumchilarga savol  ( 725286 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 ... 182 B


Farida  07 Avgust 2007, 16:49:22

J: Onajonim.

S: Onajoningiz bilan bog'liq qiziq holat bo'lganmi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Avgust 2007, 10:27:17

J: Bir kuni ishdan qaytayotib qornim siqib og'rib qoldi. Yurishga ham biroz qiynalib qoldim. Qirnim judayam og'rir, boshim ham aylanardi. Shu payt o'ylab qoldim, hozir o'z shahrimda, uyimda bo'lganimdami, onajonim asal choy qilib, qornimni bog'lab qo'yardilar. Bunaqa azob chekmasdim. Mashaallah, onamni o'ylashim bilan, mani qiynayotgan darddan asar ham qolmadi. Biroz oldin hatto yurishga ham qo'ymayotgan dard qanday yo'q bo'lganiga hayron qoldim...

S: Onajoningizni qachon judayam xursand qilgansiz? O'shanda qanday voqea yuz bergandi?

Qayd etilgan


mutaallimah  08 Avgust 2007, 20:18:37

Birinchi marta 9 yoshligimda ayamla zarur ish bilan ketgandila,shunda uyimizda opg'dadam  bor edila.Ular ayamlar kelganlaridan keyin Qoqonga qaytishlari kerak edi,o'zim mustaqil osh pishirganman,Va  bu osh haqiqiy vodiycha palov bo'lgan opog'dadamla va ayam,to'galarim juda hursand bo'lishgan. :)( lekin alam qiladigani boshqa hech qachon o'sha birinchi galdek palov tayyorlay olmayapman ???)

Hayotda har doim afsus bilan eslaydiganiz onangiz bilan bo'lgan voq'ea qaysi?

Qayd etilgan


Farida  10 Avgust 2007, 11:45:00

J: Bunaqa holat kam bo'lgan... Oyijonimni vafotlari kuni onamlaning holatlari juda mahzun edi. Ular bir-birovlarini judayam yaxshi ko'rardilar...

S: Birinchi farzandingizning og'il bo'lishini hohlarmidingiz yoki qiz?

Qayd etilgan


Mahdiyah  10 Avgust 2007, 12:04:24

J: Qiz. Lekin egizaklar bo'lsa, ya'ni ham qiz ham o'g'il juda ham zo'r bo'lardi Inshaolloh.

S: Birinchi farzandingizning ismini nima qo'yish niyatingiz bor?

Qayd etilgan


Robiya  11 Avgust 2007, 12:01:27

J:Avvalo bunday bo'lishidan Ollohning o'zi asrasin.Hech qachon bunaqa noma'qul ishni qilmasdim.Bu holga tushmaslikka harakat qilardim.

S:Kuningizni qanday tashkil etasiz - rejalashtirasizmi yoki tavakkaliga bajaraverasizmi?

Qayd etilgan


Robiya  13 Avgust 2007, 12:33:57

J:Bu savolga javob berish qiyin.Men shunday deb javob berardim:O'zga yurtda shoh bo'lguncha, o'z yurtingda gado bo'l.Agar ikkalasidan birini tanlash kerak bo'lsa, Saudiyadagi ilm maskanini tanlardim.

S:YAxshi tashvish iborasiga qaysi so'z sinonim bo'lishi mumkin?

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Avgust 2007, 18:59:02

J: Oila tashvishlari, farzand...

S: O'zbekistondagi islomiy obidalardan qaysi birini siz 1-o'ringa qo['yardingiz?

Qayd etilgan


Muslimа  14 Avgust 2007, 07:42:57

Javob: Hasta Imom majmuasini...

Savol: Sizningcha ayol kishi uchun ilm muhimmi, yoki oila? Deylik ayol ikki yo'l orasida turibdi, yoki ilm olishi yoki oila qurishi zarur? Ayol qaysi birini tanlagan ma'qul?

Qayd etilgan


Farida  14 Avgust 2007, 11:34:54

Javob: Menimcha agar oila qurishga hamma imkoniyati bo'lsa, oila muhim, ilmni keyin ham olsa bo'ladi.

Savol: Ba'zilar oilada erkak kishi ustun bo'lishi kerak degan fikrga qarshi chiqishadi. Siz bunga qanday qaraysiz?

Qayd etilgan