Forumchilarga savol  ( 725270 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 ... 182 B


Robiya  22 Avgust 2007, 10:58:40

J:Kayfiyatim yo'q paytida o'zimga yoqqan qo'shiqni aytaman

S:Ertalab soat nechada turasiz?

Qayd etilgan


Farida  25 Avgust 2007, 07:53:32

J: 5.00 da

S: Profildagi tagso'zni nima uchun shunday tanlagansiz?

Qayd etilgan


Robiya  25 Avgust 2007, 14:07:35

J:Chunki hozir shunaqa toifadagi kishilar ko'payib ketyapti.Ko'pchilik o'zining hayotidan ko'ra boshqalarning hayoti haqida qayg'uradi.(ya'ni,boshqalarning ishi qanday ketyapti,qancha oylik oladi,uyi qanaqa va h.k.)

S:Og'ir vaziyatlarda kimga suyanasiz?

Qayd etilgan


Abdulholiq  25 Avgust 2007, 16:36:01

J: Allohdan ko'ra suyanishga munosibroq zot ham bormi!?

S:Biror ishni qilib qo'yib so'ngra qattiq afsus chekkan holatlaringiz ham bo'lganmi(agar bo'lgan bo'lsa,tushuntirsangiz)?

Qayd etilgan


Munira xonim  25 Avgust 2007, 20:38:55

J: ALbatta bo'lgan bunaqa holat. Bunga 3-4 yil bo'lyapti, lekin hali ham pushaymon bo'laman. Alloh taologa tavba qilaman. Alloh o'zi mag'firat qilsin. O'shanda boshqa ayollarni gapiga kirib gunoh qilib qo'yganman. Alloh taolo 15-20 daqiqani ichida bunga jazoni bergan. Shunisiga ham shukr qilaman. Alloh taolo barcha gunohlarimizni jazosini bu dunyoda bersin va o'zimizni ham buni anglab yetib, tavba qilishga imkon va aql bersin...
Bundan ortig'ini tushuntira olmayman.

S: Sizni boshqa kishidan uzr so'rashingiz osonmi yoki bunga qiynalasizmi?

Qayd etilgan


esCape  26 Avgust 2007, 00:59:09

Жавоб: Кандай вазистда булмай. Узр сурай оламан, Тилим билан айта олмасам хам бир когозга ёзиб берман, агар Мобилники булса СМС ёзиб юбораман.

Савол: Сизга Инет нима берди ?

Qayd etilgan


CHAT_QIROLI  26 Avgust 2007, 11:38:25

Menga internet judayam avvalambor judayam ko'p do'stlar berdi. Undan tashqari o'zimga kerakli judayam ko'p narsani bildim va bilyapman.
S: Birovga savol berish imkoniyati tug'ilganda qaysi savolni brishni yahshi ko'rasiz  ;)

Qayd etilgan


Munira xonim  26 Avgust 2007, 18:02:09

J: Deyarli hamma tanishlarimga birinchi bo'lib namoz o'qiysizmi? degan savolni beraman...

S: Siz namoz o'qiysizmi?

Qayd etilgan


Robiya  27 Avgust 2007, 12:06:04

J: Ollohga shukr o'qiyman.

S:Sizga qaysi mavzuda gaplashish yoqadi?

Qayd etilgan


esCape  27 Avgust 2007, 12:18:57

Жавоб: Фарки йук хохлаган темада гаплашурамиз.

Савол: Сизга ёкадими Инетдан танишиш ?

Qayd etilgan