Forumchilarga savol  ( 725302 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 ... 182 B


Robiya  03 Sentyabr 2007, 17:04:27

Javob: Qanday javob bersam...Ramazon oyini kelishini intizorlik bilan kutyapman.Iloji boricha boshqalarni kayfiyatini ko'taray degan maqsadda doim yaxshi gaplarni gapirib,savob ish qilishga harakat qilyapman.

Savol:Sizni eng hayratga solgan narsa,voqea nima?(butun hayotingiz davomida)

Qayd etilgan


esCape  03 Sentyabr 2007, 18:05:56

жавоб: иАетда бир киз билан танишганим, кизиги шуки нега бирга булмаса танишамиза сни куришамиза.

Савол:  Мобилникиз борми ?

Qayd etilgan


Muhammadali  04 Sentyabr 2007, 17:30:59

Javob: hudo hohlasa boradi.
savol: Qiyomat kuni sur chaladigan farishtani nomi?

Qayd etilgan


Munira xonim  05 Sentyabr 2007, 12:58:08

Javob: Isrofil a.s.

Savol: Restaran va kafelarda harom ichimliklar tanavvul qilinadi. U yerlarda ichkilik berib to'y qilinsa-da, ertasiga Islomiy to'ylarni o'tkazilishiga va u yerda otin va qorilarimizning Qur'on tilovat qilishlariga qanday qaraysiz?

Qayd etilgan


Farida  05 Sentyabr 2007, 16:12:43

Javob: Hmm, bu juda og'riqli savol. Menimcha bu mantiqqa to'g'ri kelmaydi.

Savol: Tasavvur qiling: yaqiningiz vafot etdi (Alloh saqlasin). Agar 7, qirq, yil, hayit va yana  boshqa marosimlar bid'atligini bilasiz. Qilgingiz yo'q. Lekin qilmasangiz odamlar gapiradi. Yana qarindoshlaringiz qilamiz deb turib olishdi. Shunda nima qilasiz?

Qayd etilgan


Muhammad Amin  05 Sentyabr 2007, 18:09:06

Javob: Avvalambor bundan Allohning o'zi asrasin.
Men Alloh nimani buyurgan bo'lsa shuni qilardim. Garchi boshqalar norozi bo'lsa ham.

Savol: Misol siz umuman ichmaydigan odamsiz? Shunday sizning tug'ilgan kuningizda sizga o'zingning sog'liging uchun ich deb yaqinlaringiz rosa qo'ymasa siz nima qilardingiz?
Modomiki aroq ichish islomda taqiqlangan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Sentyabr 2007, 18:14:15

Javob: Birinchidan bunaqa holat, inshaalloh menda bo'lmaydi. Har qanday holatda ham insonning axlati bilan bir tarkibga ega bo'lgan ichimlikni ichmayman.

Savol: Yaqinlaringiz tomonidan qilingan qanday ishni siz umuman kechira olmaysiz?

Qayd etilgan


Robiya  06 Sentyabr 2007, 09:25:55

Javob:bunaqa holat bir marta bo'lgandi.Hozir eslashni xohlamayman.Eng yaqin qarindoshimiz oyimni ko'ngilarini og'ritgandi.U mishini hech qachon kechira olmasam kerak.

Savol: Siz odobli deb tasavvur qilgan kishi haqida yomon gap eshitdingiz.Unga nisbatan bo'lgan munosabatingiz o'zgaradimi?

Qayd etilgan


Munira xonim  06 Sentyabr 2007, 18:31:44

Javob: Yo'q, o'zgarmaydi.  Men uning yomon tomonlariga o'zim guvoh bo'lmagaunimcha munosabatim o'zgarmaydi. Guvoh bo'lganimdan keyin ham iloji boricha munosabatimni o'zgartirmay, uni to'g'ri yo'lga boshlashga harakat qilardim.

Savol: Insonning sabr qilishi qiyin bo'lgan eng og'ir musibat nima deb o'ylaysiz?

Qayd etilgan


mutaallimah  06 Sentyabr 2007, 18:41:07

J: Menimcha har qanday musibat kelgan vaqtida eng og'iri bo'lib ko'rinadi,hatto o'sha musibat yetgan vaqtda inson bu hayotimdagi eng og'ir musibat deb o'ylaydi,Lekin vaqt o'tgach yana boshqa musibat bilan sinalganda avvalgisi yengil ko'rinadi.

S: Hayotda ota-ona oilaviy ishlarda  farzandlar fikriga quloq solishlari kerak deb o'ylaysizmi? (Agar shundy o'ylasangiz "Qiyomat yaqinlashganda qul o'z hojasini tarbiya qiladi"bu hadisi sharifni qanday tushunasiz?)


Qayd etilgan