Forumchilarga savol  ( 725275 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 ... 182 B


sevar  06 Sentyabr 2007, 18:49:42

J:  Assalomu alaykum.
Avvalo ota ona farzandni fikri bilan ish tutishi shart emas. Lekin ba'zan maslahatli ish bo'lishi mumkin.Olilaviy yani birgalikda xal qilinadigan.
S: Ayol uchun bu dunyoda xaqiqiy baht kim tomonidan bo'ladi?........ Va nima uchun?...

Qayd etilgan


mutaallimah  06 Sentyabr 2007, 19:01:43

J:  Assalomu alaykum.
Avvalo ota ona farzandni fikri bilan ish tutishi shart emas. Lekin ba'zan maslahatli ish bo'lishi mumkin.Olilaviy yani birgalikda xal qilinadigan.
S: Ayol uchun bu dunyoda xaqiqiy baht kim tomonidan bo'ladi?........ Va nima uchun?...
Avvalo insonga u erkakmi yoki ayolmi bahtni Alloh beradi.Lekin kop holatda o'sha bahtni qadrlash yoki qadrlamaslik ayollarga bog'liq deb o'ylayman,(bu meni fikrim hali yoshman balki noto'g'ri o'ylarman)

Qayd etilgan


Farida  13 Sentyabr 2007, 14:03:37

Iyi Masturaxon savol bermabsizku. Mayli man ham sizning javobingizga qo'shilaman.

Savol: Ramazonning birinchi kuni qanday o'tayapti?

Qayd etilgan


mutaallimah  13 Sentyabr 2007, 17:14:34

J: Alhamdulillah juda mazmunli atrofimizdan miskinlarga ramazon dasturhoni tarqatadigan masjidlardagi iftorlikka tarqatiladigan taomlarni hidi, va inshaolloh hufton namozidan keyin hamma masjidlarda hatmi qur'on davom etadi,qisqasi ramazon haqiqiy bayramligi his qilinadi.

S: O'limdan boshqa sabab namoz o'qishdan qolishiga sabab bo'lgan birodaringizga qanday maslahat berasiz?

Qayd etilgan


Farida  14 Sentyabr 2007, 16:29:07

J: Bu degani inson istaganicha shariatdan aylanib o'tish degani. Chunki sharoit har qachon o'zgarishi mumkin. Sharoitni deb shariatdan kechish yaxshi emas.

S: Forumda Noza va Rohatoy opa-ukalar ekan. Yana shunaqa qarindoshlar bormi?

Qayd etilgan


Robiya  15 Sentyabr 2007, 11:08:13

J:bu savolga javob berilgan edi menimcha:Nozli va Mahzunabonu opa-singillar adsashmasam

S:Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v. hazratlarining Xonai Ka'baga qarab o'qigan birinchi namozlari qaysi namoz edi?(vaqti nazarda tutilyapti)

Qayd etilgan


Mohinur  17 Sentyabr 2007, 06:00:11

J: Bomdod namozi bo'lsa kerak.

S: Siz baxtlimisiz? Nima uchun?

Qayd etilgan


Farida  17 Sentyabr 2007, 14:36:53

Javob: Bu savolga Munira opa judayam chiroyli javob beribdilar:
Munira xonimga savol: Baxt siz uchun nima? Siz baxtlimisiz?

Assalamu alaykum.
Insonligim, iymonim, islomim,musulmonligim, Muhammad sav ga ummatligim baxtim.
Oz bo'lsada ibodatdaligim, Qur'on tilovat qila olishim, oilam, farzandlarim, onamni borligi baxtim.
Salomatligim, birodarlarim borligi, dardimni tinglaydigan do'stlarim borligi baxtim.
Alloh taolo menga bergan ne'matlarni sanayversam hech tugamaydi...
Albatta baxtliman. Alhamdulillah.
Alloh shuncha ne'matlarni hadya qilgan inson baxtsizman deyishga haqqi yo'q...

Savol: Siz yaqinlaringiz bilan borishni hohlagan eng yaxshi joy qayer? (bu dunyoda)

Qayd etilgan


Robiya  17 Sentyabr 2007, 16:41:06

Javob: Men yaqinlarim bilan borishni xohlagan eng yaxshi joy - Bahovuddin Naqshband ziyoratgohi

Savol: Boshqa din vakiliga islom dinidagi kishi qanday salom berishi kerak?

Qayd etilgan


Robiya  17 Sentyabr 2007, 16:47:23

J: Bomdod namozi bo'lsa kerak.

To'g'ri javob Asr namozi edi

Qayd etilgan