Forumchilarga savol  ( 725328 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 ... 182 B


Munira xonim  02 Oktyabr 2007, 11:58:37

Javob: Zam-zam suvisiz va xurmosiz...

Savol: Sizga eng ishongan kishingiz xiyonat qildi. Yolg'onchiligini va munofiqligini bildingiz.
Unga qanday jazo berardingiz?

Qayd etilgan


Fatima  02 Oktyabr 2007, 12:11:42

Javob: Hech qanday jazo bermasdim. Chunki  kun kelib o`zi shu qilgan xiyonatiga yarasha jazo oladi. Mandan bo`lmasa boshqadan, yoki Yaratgandan.

Savol: Hayotda nimadan cho`chib yashaysiz?

Qayd etilgan


Munira xonim  02 Oktyabr 2007, 12:26:03

Javob: Qalbimga kibr o'rnashib olishidan cho'chib yashayman.

Savol: Siz bir narsadan juda hafa bo'ldingiz. O'zingizni qanday his qilasiz. Yig'laysizmi yoki buni yashira qolasizmi? Yoki biror kishiga shikoyat qilasizmi?

Qayd etilgan


shoir  02 Oktyabr 2007, 15:35:04

Javob: Bunday hollarda men ko'proq kitob o'qiyman, hadis va qur'oni karim oyatlarini o'qib tasalli olaman. Lekin ko'pincha hech kimga aytmayman...

Savol: Bir yil ichida siz eng xursand bo'ladigan kun qaysi?

Qayd etilgan


Shukurulloh  03 Oktyabr 2007, 06:31:56

J:Mani eng hursand bo'ladigan kunim 2 hayit.Shu kunlarda man juda hursand bo'laman.
S:Hyit kuni siz ota-onagizdan keyin kimni ziyorat qilgan bo'lardiz?

Qayd etilgan


Farida  03 Oktyabr 2007, 11:58:45

J: Afsus biz hayit namoziga choqmiymiz. Lekin adamla, okamlarni kelishsa ziyorat qilamiz.

S: Sizningcha, ko'ngilochar bo'lim yopilgani yaxshi bo'ladimi?

Qayd etilgan


Shukurulloh  03 Oktyabr 2007, 12:06:13

J:manimcha ko'ngil ochar bo'limini yopilgan yahshi bo'lmadi.Nimagaki man endi o'rganib qolgandim bu forumdan faqat ko'ngil ocharda post qoldirardim endi postlarim kamayib keyapti.
S:biror ayib ish qilsangiz kimga ayta olasiz

Qayd etilgan


Shukurulloh  04 Oktyabr 2007, 07:33:55

J:unutmoqlik bu juda ham og'ir jazo lekin hammasiga vaqt davo bo'ladi
S:Pulni deb do'stingiz bilan o'rtangizga sovuqchilik tushsa u sizdan hafa bo'lsa  lekin siz haqsiz unda nima qilasiz?

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Oktyabr 2007, 07:48:10

J: Agar u haqiqiy do'st bo'lsa, pul bilan bog'liq muammo chiqmaydi. Qaysidir o'rtog'im bilan chiqasa, deylik, man tushuntirishga harakat qilardim. Agar haq meniki bo'lsa, kechib yuborardim...

S: Hayotda baribir, kimdir, sizga albatta yaxshilik qiladi. Yaxshilik ko'rmay o'tgan inson bor desa, ishoinmayman, men. ba'zi yaxshiliklar esa insonning hayot yo'lini, fikrlarini o'zgartirib yuboradi.
Kimningdir sizga qilgan eng katta yaxshiligi nima edi?

Qayd etilgan


Robiya  04 Oktyabr 2007, 14:53:32

Javob:Hozirgi kunim uchun ammam Feruza Muxitdinovadan juda minnatdorman.Sababi,aynan u kishi menga Buxoroga o'qishga topshirgin,albatta kirasan,deb maslahat bergandilar.Men o'zim Toshkentda o'qimoqchi edim.Ammam menga sharoitni tushuntirib,Buxoroda o'qish afzalligini aytgandilar.Keyin Buxoroga topshirib,grant bilan o'qishga kirdim.Buning uchun u kishidan minnatdorman.Hozir ham u kishidan maslahatlar olib turaman.

Savol: Laylatul-qadr kunidagi rejalaringiz qanday.Bu muqaddas kechani qanday o'tkazmoqchisiz?

Qayd etilgan