Forumchilarga savol  ( 725278 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 ... 182 B


Shukurulloh  10 Oktyabr 2007, 05:10:51

J: Faqatgina Ollohdan so'rayman farzandimni haqiqiy muslim va muslima bo'lishini.Olloh mehribon va rahimlidur
S:Bir kun kelib farzandingiz balog'atga yetib uylamoqchi bo'lganizda u siz uylamoqchi bo'lgan qizga emas boshqa qizga uylanishini aytsa u aytgan qiz sizga yoqmasa nima qilasiz?

Qayd etilgan


Robiya  10 Oktyabr 2007, 13:37:59

Javob: Unga to'g'ri tushuntirishga harakat qilaman

Savol: Siz o'zingizni qanday inson deb bilasiz?

Qayd etilgan


shoir  10 Oktyabr 2007, 14:48:36

Javob: Oddiy, hammaga o'xshagan :)

Savol: Sizni eng ko'p yig'latgan asar?

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Oktyabr 2007, 06:34:43

Javob: Badiy adabiyot bilan dinni hukmlarini chiroyli qilib o'quvchiga yetkazib berish asl o'zbek adabiyotining tarixiy asosini tashkil etgan. Alisher Navoiydek buyuk zotlar Qur'oni karim oyatlari, hadisi shariflardan ta'sirlanib asarlar yozishgan.
Asrimiz boshida Abdulla Qodiriy, Fitrat, Munavvar qori, ismoilbek Gaspirali ijodida islom bilan uyg'unlik kuzatilardi.
Alixonto'ra Sog'uniyning asarlarida ham xalq va Vatan taqdiri Islomdan uzoqlashish tufayli harob ahvolga kelib qolganligi yozilgan.
Tohir Malik akaning so'nggi 10-15 yillik ijodida badiiy adabiyot bilan Islomning qorishmasi yaqqol ko'zga tashlandi. U kishining "So'nggi o'q", "Sahohil", "Ov", "Shaytanat", "Murdalar gapirmaydilar" kabi qissalari, "Mehmon tuyg'ular", "Iymonlashish umidi" kabi publitsistik asarlarida Islom ruhi sezilib turadi.

Savol: Alloh nasib qilsin! Inshaalloh, jannatga tushdingiz, Alloh va uning rasulini ko'rganingizdan so'ng, yana kimni ko'rmakni, kim bilan qo'shni bo'lmakni istardingiz?

Qayd etilgan


mansur_bek  11 Oktyabr 2007, 07:30:18

J:InshaAllah bu niyatimga Allah yetkazsa Allah va Rosulidan keyin alloma ustozlarga qo'shni bolishni orzu qilaman.Bu dunyoda ilm va tarbiyalariga ergashganim ustozlarga ohirat hayotimdayam yaqin bolishni duo qilaman.

S:Aqida sizningcha nima .Sahih aqidani qanday tushunasiz?

Qayd etilgan


shoir  11 Oktyabr 2007, 13:11:27

Javob: Aqida - balog‘atga yetgan kishi e’tiqod qilishi, imon keltirishi, islom dinining zaruratlari shaklida tasdiq qilishi, qalbiga mahkam bog‘lab olib undan ajralishi mumkin bo‘lmagan shar’iy e’tiqodiy hukmlar. Insonning ikki dunyodagi saodati aynan A.siga bog‘liq. Agar A.si pok bo‘lsa, yo‘li to‘g‘ri bo‘ladi, qilgan barcha amallari qabul bo‘ladi va bandalik b-n sodir etgan ba’zi gunohlari afv etiladi. Agar A.si sof bo‘lmasa, buzuq bo‘lsa, yo‘li noto‘g‘ri bo‘ladi, qilgan amallari behuda ketadi va oxiratda jahannam ahlidan bo‘ladi.

Savol: Mana, Ramazon ham tugab qoldi. Ramazondan qanday maza oldingiz?

Qayd etilgan


Robiya  15 Oktyabr 2007, 14:48:01

Javob: buni til bilan ta'riflash mushkul.Har bir saharlik menga olam-olam halovat bag'ishlardi.Har iftorlikdagi duoyu munojotlardan dilim taskin topardi.

Savol: Taqlidga munosabatingiz?Biror kishiga taqlid qilasizmi?

Qayd etilgan


shoir  16 Oktyabr 2007, 14:40:40

Javob: Taqlid agar ijobiy fazilatlariga taqlid bo'lsa qo'llab-quvvatlayman.

Savol: Hayotingizning eng yorqin kuni qaysi kun bo'lgan?

Qayd etilgan


AbdulAziz  16 Oktyabr 2007, 18:58:52

Javob: Ikkala jihat ham muhim. Ilmi boru, amalsiz, axloqsiz bo'lsa, uning bergan ilmidan foydasi bo'lmaydi. Ham yuksak ilmli, ham axloqli ustoz inshaalloh qiyomatlik do'st bo'ladi.

Savol: Birinchi yodlagan surangiz qaysi bo'lgan? Xotirlay olasizmi? Sizga uni kim yodlatgan?

Qayd etilgan


Robiya  17 Oktyabr 2007, 13:11:05

Javob: Birinchi yodlagan suram "Fotiha" surasi edi.Uni 5-6 yoshlarimda dadam va buvam yodlatgan edilar.

Savol: Qaysi xislatingiz o'zingizga yoqmaydi?

Qayd etilgan