Forumchilarga savol  ( 725279 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 ... 182 B


Usmon  14 Dekabr 2007, 11:37:41

J: Umuman olganda yaxshi narsa emas. Har holda ishonch har doim gumondan ustun tursa kerak. Agar hammada bir-biriga ishonch 100 % bo'lganda gumonga umuman o'rin qolmagan bo'larmidi??...
S: Agar tavba qilgandan keyin yomon odatda bilib, bilmay davomli bo'lsa, gunohi avvalgidanda kattaroq bo'ladimi?

Qayd etilgan


Munira xonim  15 Dekabr 2007, 08:54:47

J: Avvalgilaridan kattaroq bo'ladi, deb aniq aytolmayman. Chunki buni faqat Alloh taolo biladi. Lekin meni fikrim: Tavba-bu gunohlariga tavba qilib, qayta shu ishni qilmaslik uchun Allohga berilgan va'da. Agar bu va'dani bajarmasa, albatta banda qattiq gunohkor bo'ladi. Shuning uchun tavba qilgandan keyin iloji boricha gunohlaridan tiyilish lozim. Vallohi a'lam.

S: Gumon - Iymonni yeydi, degan gapga shaxsiy fikringiz qanday?

Qayd etilgan


Robiya  15 Dekabr 2007, 13:55:32

J: Bu gapga yoshligimdan buyon jiddiy qarayman va haqiqatdan ham uni to'g'ri deb bilaman.Chindan ham , gumon qilish bu yomon.

S: Siz biror kishidan gumon qilganmisiz?

Qayd etilgan


Mahzunabonu  15 Dekabr 2007, 14:08:45

J: Gumon qilib bo'lmaydi deb eshitganan, lekin hoz hayolimga kelgani to'g'ri chiqdi ::)

S: Siz uzingizzi baxtli hisoblaysizmi?

Qayd etilgan


Munira xonim  16 Dekabr 2007, 19:08:18

J: Albatta baxtliman. Musulmon kishi baxtsizman deyishga haqqi yo'q,menimcha.

S: O'zini ilmli musulmon qilib, yolg'on gapiruvchi kishilarni qanday insonlar deb o'ylaysiz?

Qayd etilgan


Seyfullah  16 Dekabr 2007, 20:39:31

Assalomu a'leykum !

J: Bundey insonlar Xudodan qo'rqmovchi makkor va munofiqlardir

S: Bir islomiy Birodaringiz siz uchun aziz bo'lgan narsangizga muhtojligini(balki u nafsni ko'zlab etvotgandir, lekin bu sizga qarong'u) etsa, Alloh rizosi uchun shu narsadan kecha olasizmi?

Qayd etilgan


Robiya  17 Dekabr 2007, 16:11:19

J: Agar chindan ham u shunga ehtiyoj sezsa, albatta  bergan bo'lardim.

S: Siz, umuman kutilmagan vaziyatga duch kelganmisiz?

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Dekabr 2007, 11:52:42

J: Ha, bunaqa vaziyatlar bo;lib, turadi, shunday holatda avvalo Allohga tavakkul qilib, undan eng yaxshi natijani so'raganman va so'raganimdek natijani ko'rganman.

S: Hech firibgarlarga duch kelganmisiz? Natija nima bilan tugagan?

Qayd etilgan


Usmon  26 Dekabr 2007, 09:55:33

J: Bu haqda o'sha odamni o'ziga aytib, noto'g'riligini tushuntirishga o'rinib ko'rish kerak. Har xolda bu odamni bekorga hurmat qilishmasa kerak, hurmatga loyiq tomonlariyam bordir. Bu kabi nuqsonini o'ziga aytish haqiqiy do'stni ishi bo'ladi.
S: Jaxliz chiqqanda o'zingizni bosib, yaxshi, muloyim gapira olasizmi?? Yomonlikka yaxshilik bilan javob bera olasizmi??

Qayd etilgan


Muslimа  26 Dekabr 2007, 10:06:19

Javob: Jahlim tez chiqmaydiyu, lekin jahlim chiqqanda o'zimni bosishim qiyinroq. "A'uzu billahi minashshaytonir rojiym" kalimasini aytib sal o'zimga kelaman. Jahlim chiqsa hech kim yonimda bo'lmasligini istayman. To o'zimni bosib olmagunimga qadar.
Yomonlikka yaxshilik ila javob bera olaman, Alloh qodir qilganicha albatta.

Savol: O'lim bilan yuzma-yuz kelishga qanchalik tayyorsiz? O'lim farishtasi boshingizda turibdi, hosh oxirat yo'liga yetarli sarmoyam bor deb o'ylaysizmi? Sarmoyam kam deb bilsangiz, hozirdanoq sarmoya yig'ish haqida jiddiy o'ylab ko'rdizmi?

Qayd etilgan