Forumchilarga savol  ( 725255 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 ... 182 B


AL_laziz87  27 Dekabr 2007, 05:18:21

Javob: Bech kunli dunyo oltinchisi bo'lganmas. O'lim xaq. Xammamiz vaqti kelib bu yolg'onchi dunyoni tark etamiz. Xar soniyada qalbimiz to'la iymon yuragimiz  esa Olloxga bo'lgan muxabbat bilan o'limga tayor bo'lishi kerak. Ilimsiz Iymonsiz o'lib ketishdan qo'rqish kerak. Be ayib Parvardigor. Ollox oxiratimizni obod qilsin.
Savol: Siz nima diysiz

Qayd etilgan


Shukurulloh  31 Dekabr 2007, 09:05:02

J: siz aytganizdek besh kunlik unyo.Hech kim o'zini o'lim kelganda u dunyoga ketishga tayyor deb bilmasa kere.Ohirat yo'liga qanchalik sarmoya yig'dik Ollohni o'zi bilguchidir.Olloh o'zi suygan bandalari qatoriga qo'shsin.
S:Yangi yil nomli bayram kelbdimish shu bayram sizni oilangizda qanday kutvolinyapti boshqa kunlardan farqi bilindimi yoki yo'q .

Qayd etilgan


Mahzunabonu  31 Dekabr 2007, 16:11:07

J: Shu kungacha bugungi kun bilan boshqa kunlar farq qilmagan, lekin juma kunlari mazza qilib sayrga ruhsat bor.

S: Yengi yil haqida savol berishdan qachon to'xtarkinsila?

Qayd etilgan


Salmoni Forsiy  31 Dekabr 2007, 16:57:45

J:  "Bilmaganni so'rab o'rgangan olim, orlanib so'ramagan o'ziga zolim.

S: "Sizning fikringizcha eng  avzal mo'min insonlar, qanday hulqlilar"

Qayd etilgan


shoir  02 Yanvar 2008, 09:11:39

J: Payg'ambarimiz SAV xulqlari bilan xulqlangan mo'minlar.

S: Siz uchun eng yaxshi kun qaysi?

Qayd etilgan


AL_laziz87  05 Yanvar 2008, 02:20:27

 Javob: Olloxning xar bir yetkizgan kuniga shukuronalar aytaman. Yaratganinga shukur Olloxim.
 Savol: Xayotingizdagi eng katta yutug'ingiz

Qayd etilgan


Rukhiya  05 Yanvar 2008, 15:40:00

J: Hayotimdagi eng katta yutug'im.Alloh,so'ragan niyatimga etishtirgani.Mani hayotimga osoyishtalik olib kelgan,sabrli,shirinso'z eng muhimi iymonli  umr yuldoshimni topganim."Alhamdulillah",Allohga hamdlar bo'lsin.

S:Inson hayotda o'z fe'lini o'zgartiraolishi mumkinmi,iloji bormikin?Siz o'zgartiraolasizmi?

Qayd etilgan


Intizor  05 Yanvar 2008, 15:47:58

  J:Yo'q hayotda insonni fe'li o'zgarmaydi bu hadislarda isbotlangan haqiqat.Iymon va islom sabab biroz o'zini tartibga solishi mumkin inson lekin fe'lini umuman o'zgartira olamydi.

S: Hayotda yaqin insoningiz bilan arazlashib qolsangiz, va uch kun ichida kechrim so'rasangiz ham arazlagan inson sizga uzringizni qabul qilganini bildirmasa qanday yo'l tutasiz?

Qayd etilgan


Mahzunabonu  05 Yanvar 2008, 23:21:15

J: U holda man ham muomalani to'xtataman va uni insofga kelishini kutaman
S: Hayotda kimdir sizga foydali maslahatlar bersa siz uni tushunmiy yomon gumonga borib nohaqlik qilganmisiz?

Qayd etilgan


Intizor  06 Yanvar 2008, 01:32:52

  J: Ha bunday holat bo'ladi.CHunki hayotda koproq o'z fikrimni tog'ri deb yashashga odatlanganim uchun birovni fikriga kam e'tibor beraman.Va albatta yahshimi yoki yomon hatolarimni o'zim qilganim uchun boshqalardan hafa bo'lmayman.Gumonlarim nohaq bo'lib chiqsa o'sha insonga siz haqingizda shunday gumon qilgandim uzr deyishni unutmayman.

S:Inson musofir yurtda bo'lganda eng avval kimga ehtiyoj sezadi turmush o'rtog'igami yoki ota -ona va yaqinlariga?

Qayd etilgan