Forumchilarga savol  ( 725327 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 ... 182 B


otabek80  17 Yanvar 2008, 08:47:54

J: Yo'q. Hamma narsada hikmat bor. Hayotimda nimaiki bo'lgan bo'lsa hammasi yahshilikkadir. Har doim bunaqa vaziyatlada faqat yahshi tomonini o'yliman. Allohga hamdlar bo'lsin.

S: Allohni chin qalbdan tanish uchun ko'proq nima qilish kerak?

Qayd etilgan


Shukurulloh  17 Yanvar 2008, 09:10:00

J:Allohni chin qalbdan tanish uchun mani fikrimcha doim Ollohni sikr qilib  yurish ham til bilan ham dil bilan Ollohni eslab yurish kere deb o'yliman.Yana Olloh bilguvchidur.
S:savol manga yoqdi chiroylik savol bo'libdi yana qaytarildi.

Qayd etilgan


qaysar  21 Yanvar 2008, 15:07:12

J: Ko'proq uni yod qilish kerak.

S: Qishning bu yilgi qironli kelishi sizga qanday kayfiyat taqdim etdi?

Qayd etilgan


qaysar  21 Yanvar 2008, 15:34:38

J. To'g'ri. Hatto poytaxtda ham gaz va elektr muammo bo'lib qoldi. Kvartira isimiydi. Elektr isitkichlar qo'ysak, uchetchik tutab ketadi. O'zi elektr narhiyam oshvotti... Nima qilamiza: 2-3 qavat ko'rpani orasiga kirvolib, taqdirga tan bervommiza  :9

S. Sizningcha odam tabiati issiqqa ko'proq chidamsiz bo'ladimi yoki sovuqqa?

Qayd etilgan


Farida  03 Fevral 2008, 16:53:13

J: U har qanday, moddiy va ma'naviy omonat bo'lishi mumkin.

S: Omonatingizga xiyonat qilgan do'stingizni kechira olasizmi?

Qayd etilgan


Odila  04 Fevral 2008, 12:43:36

J: yo'q, lekin baribir kechiraman, faqat unga ishonmayman.

S: Kelinlarning qarindoshlarga, yaqinlariga ta'zim qilib egilishi mumkinmi? Axir, Ta'zim faqat Ollohga qilinishi kerakku.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  04 Fevral 2008, 16:08:55

J: Agar kelinni ta'zimi faqat hurmat yuzasidan bo'lsa uning yomon joyi yo'q, agarda irimmi yoki shunga o'xshash narsa bo'lsa unda gunoh hisoblanadi.

S: Hozirgi vaqatdagi salomlashishlarga qanday qaraysiz?

Qayd etilgan


Farida  04 Fevral 2008, 19:27:49

J: Har xil bachkana salomlashishlarni xush ko'rmayman, masalan, hello, privet...

S: Ba'zi erkaklarning o'pishib so'rashishlariga munosabatingiz?

Qayd etilgan


Usmon  04 Fevral 2008, 19:52:40

J: Mutlaqo salbiy! Islomiy nuqtai nazardan bexabarman, lekin etik jihatdan xunuk manzara.

S: Erkak kishining hazilkash bo'lishiga munosabatingiz?

Qayd etilgan


dilshodnod  05 Fevral 2008, 10:25:38

J:  Har bir narsaning o'z vaqti yaxshi shunday ekan erkak kishi vaqtida xazilkash ham bo'lishi kerak va shu bilan birag jiddiy ham  demak salbiy ham emas ijobiy ham emas
S:  Ayolsifat erkaklarga munosabatingiz qanday ?

Qayd etilgan