Forumchilarga savol  ( 725284 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 ... 182 B


Mahzunabonu  22 Fevral 2008, 16:57:43

J: Salbiy fikr bildiraman,Allox harom qilgan narsalardan tiyilmoq kerak

S: O'zingizni yolg'iz his etgan vaqtlarizda nima bilan ovunasiz?

Qayd etilgan


ikbaljohn  22 Fevral 2008, 17:13:41

Ж:Шеър ёзаман. Аки скинларимга тел киламан,смс ёзаман
С: Яхши савол бупти.Кайтарилади.

Qayd etilgan


shoir  22 Fevral 2008, 18:19:14

J: Kitob o'qiyman. Asosan "O'tkan kunlar"ni. Qayta-qayta o'qiyman.

S: Ba'zida shunaqa kayfiyat bo'ladimi: hamma narsadan ko'nglingiz qolib ketadi. Kimgadir dardizi to'kib solgingizi keladi. Lekin o'sha insonni topolmaysiz...

Qayd etilgan


Muslimа  23 Fevral 2008, 11:50:44

Javob: Bo'ladi :)

Savol: Insonni inson qiladigan narsa nima sizningcha?

Qayd etilgan


Mahzunabonu  23 Fevral 2008, 16:26:27

J: Manimcha odob axloq,vijdon bo'lsa kerak..

S: Doimiy tanqid eshitish yoqadimi sizga?

Qayd etilgan


shoir  23 Fevral 2008, 20:53:29

J: O'rinli bo'lsa quvonch bilan qabul qilaman.

S: Hayotda sizga o'zini juda yaqin deb ko'rsatayotgan kishi aslida g'irt bezori bo'lib chiqsa nima qilasiz?

Qayd etilgan


mutaallimah  23 Fevral 2008, 21:13:36

J:Alloh bir insonga do'st yoki birodarni bersa bekorga emas deb o'ylayman.Aslida suhbatdoshimizni fe'lida bizning fe'limizdagi qaysidir sifatga munosib keladigan sifat borligi uchun hamsuhbat va hatto yaqinmiz deb o'ylashlik darajasiga boramiz.Demak bunday holatda o'zimning nuqsonlarimni fikrlab ko'raman.

S: Qiziqarli kitob o'qish afazlimi siz uchun,yoki biror inson bilan suhbat qilishlikmi?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  25 Fevral 2008, 10:39:33

J: Men uchun kitob o'qish afzalroq. Sababi o'sha kitobni yozgan muallifni o'zi bilan suhbat qilsangiz ham baribir kitobda yozilgan ma'naviy ozuqani berolmaydi. Kitob yozilayotgan vaqtda muallif umuman o'zga dunyoda bo'ladi. Suhbat vaqtida esa boshqacha.


S: Siz do'kon aylanib yuribsiz. Yaqin insoningizga sovg'a olish uchun. Lekin o'sha vaqti sizning ko'zingiz anchadan buyon qidirib yurgan bir kitobga tushdi. Bor-yo'g'i bir dona qolgan. Agar siz kitobni olsangiz sovg'ani umuman ololmaysiz. Sovg'a olsangiz kitobni...... Xo'sh......

Qayd etilgan


mutaallimah  25 Fevral 2008, 11:04:20

J:Juda qiziq savol, men kitobni olgan bo'lardim.CHunki barcha yaqin insonlarim kitobga qiziqadilar.Kitob yaqinlarim bilan hammani orasida talashib o'qiladi,shu sabab sovg'aga ham kitob koproq ma'qul bo'lishi mumkin.

S: Yozgan asarini o'qiganimizda barcha adiblarga hurmatimiz boshqacha bo'ladi.Hayotda eng yahshi ko'rib o'qigan asaringizni yozgan adib bilan uchrashsangiz o'sha asarda sizni hayratga qoygan qaysidir qahramondagi ba'zi sifatlarni qidirasizmi?

Ps :Men "Saodat asri qissalari" ni o'qiyotganimda adibni ashobi kiromlarga o'hshash sifatlar bilan koz oldimga keltiraman.

Qayd etilgan


shoir  26 Fevral 2008, 19:29:48

J: Men Abdulla Qodiriyni ko'p o'qiyman. Uz otni iymonli, o'sha davrning eng ziyoli insoni sifatida tasavvur qilaman.

S:
Iqtibos
S: Ba'zida shunaqa kayfiyat bo'ladimi: hamma narsadan ko'nglingiz qolib ketadi. Kimgadir dardizi to'kib solgingizi keladi. Lekin o'sha insonni topolmaysiz...

Shu paytda nima qilasiz?

Qayd etilgan