Forumchilarga savol  ( 725303 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 ... 182 B


Abdusalom  07 Mart 2008, 10:11:45

S: O'g'ri molingni o'g'rilaydi, hasadchi baxtingni o'g'rilaydi, do'sting esa vaqtingni o'g'rilaydi...
Bu gapni siz qanday tushunasiz?

J: Bu yomon do'stlar haqida aytilgan fikrdir.

S: Kutishni yomon ko'rasizmi? Nima uchun?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  07 Mart 2008, 10:41:35

J: Kutishni yomon ko'raman, chunki ichim juda tor. Sabrsizman. Lekin eng yomon odatim, o'zim ham ko'p kechikib boraman. Xozir shu odatimga qarshi "kurash" boshlaganman.

S: Jaxlingiz chiqsa, o'zingizni qanday tutasiz? O'zingizni tinchlantirish uchun nima yo'llarni qilasiz?

Qayd etilgan


Mubashshir Muhammad  07 Mart 2008, 11:58:49

assalamu alaykum

sizlardan bir savolim bor edi.

Qur'onni tahorat bilan o'qish shartmi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Mart 2008, 12:08:06

assalamu alaykum

sizlardan bir savolim bor edi.

Qur'onni tahorat bilan o'qish shartmi?

Va alaykum assalom!
Hurmatli Mubash!

Islom haqidagi savollaringizni Islom bo'limidagi Savollar bo'limchasida qoldirishingiz mumkin.

Avvalgi savollaringizni ham o'sha yerga ko'chirdim:
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2283.0

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Mart 2008, 12:14:08

Iqtibos
S: Jaxlingiz chiqsa, o'zingizni qanday tutasiz? O'zingizni tinchlantirish uchun nima yo'llarni qilasiz?

J: Istig'for aytaman.

S: Agar domla dahriy bo'lsayu, har xo\il bo'lmagan narsalarni gapisa, uunga qarshi gapira olasizmi? Agar shunday qilsangiz, sizga umuman baho qo'ymasa ham?

Qayd etilgan


Robiya  07 Mart 2008, 14:37:52

Javob: ha, men unga qarshi gapira olaman, hatto baho qo'ymasa ham. Bunaqa holat bir marta bo'lgandi menda. Allohga shukr, hammasi iziga tushib ketdi.

Savol: Islomiy mavzuda gaplashganda suhbatdoshingizning xatolarini tuzatasizmi?

Qayd etilgan


oysha  07 Mart 2008, 16:55:29

J:Assalomu alaykum wr wb ha albatta {Musulmon musulmonning  ko"zgusidir unda biror kamchilik yoki nuqsonni ko"rsa darhol tuzatib qo"yad} S:Msr arab respublekasining eng mashhur joylari?                                                                     

Qayd etilgan


mutaallimah  08 Mart 2008, 02:03:37

Assalomu alaykum.
To'g'risi savolga unchalik tushunmadim...
J: Misr arab respublikasida uchta millionlar shahri mavjud ular:
1.Qohira.
2.Giza.
3.Iskandariyya.  (bu geografiya darsidan olganlarimiz.. Dunyo miqiyosida eng mashhur joylarini bilmayman.)

S:Siz uchun eng sevimli makon qayer?

Qayd etilgan


Muhammad Amin  08 Mart 2008, 17:23:22

J: Men uchun eng sevimli makon bu o'z ona yurtim va tug'ilib o'sgan joyim. O'z ona erim.

S: Kimlar bilan do'st bo'lishni xohlaysiz?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  08 Mart 2008, 21:39:10

J: O'zimdan ko'proq bilimga ega bo'lgan insonlar bilan: Ulardan yanada bilimimni oshirishim uchun;
Diyonatli insonlar bilan: Ulardan to'g'ri ish qilishni o'rganish uchun;
Jonkuyar insonlar bilan: Ulardan qiyin vaziyatga tushganimda yordam olishim uchun;

S: Ba'zida o'ylagan fikringiz boshqacha-yu, qiladigan ishingiz boshqa bo'lsa, ya'ni siz o'zingiz xoxlamagan ishingizni qilishga majbur bo'lib qolsangiz nima qilgan bo'lardingiz?

Qayd etilgan