Forumchilarga savol  ( 725325 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 ... 182 B


oysha  09 Mart 2008, 03:13:37

Assalomu alaykum wr wb J:albatta qaysi biri yengil va gunox bolmasa o"sha ishni  tanlash kerak  bunga esa Oysha onamizdan(olloh ulardan rozi bolsin) rivoyat qilingan ushbu hadisni misol keltirish mumkin Oysha onamiza aytadilar  "Rasululloh s.a.v. ikki ishdan birini tanlaydigan bolsalar,gunoh bolmasa albatta osonini tanlar edilar,agar gunoh ish bolsa, undan uzoqda bolar edilar"
S:Agar bir odam sizga yomonlik qilsa siz uni kechirishga qodirmisiz va sizga yomonlik qilgan insonga yahshilik qila olasizmi ?

Qayd etilgan


Abdusalom  09 Mart 2008, 17:33:09

J: Yomonlikning darajasiga bog'liq. Agar u xiyonat bo'lsa, men undan nafratlanaman va kechirmayman. Agar kichik yomonliklar bo'lsa, uni kechira olaman, va yaxshilik qilishim mumkin.

S: O'zbekistondagi qaysi oliy o'quv yurtini xavas qilasiz?

Qayd etilgan


Robiya  10 Mart 2008, 12:01:20

J: Yoshligimda O'zbekiston Milliy Universitetida o'qishni orzu qilganman. Maqsadim esa Buxoro Davlat Universitetiga kirish edi (Inshoalloh, bu maqsadimga yetdim). Havas qiladigan oliy o'quv yurtim - Toshkent Davlat Yuridik instituti

S: Ayni damda qanday ish bilan mashg'ulsiz?

Qayd etilgan


mutaallimah  10 Mart 2008, 13:58:00

J:Ayni vaqtda darsdan keyin kompyuterni oldidaman  ;)

S: Fikr nima siz uchun,insonni fikrlashi yoshiga bog'liq bo'lishi shartmi. Yaniy ba'zi narsalarni bu menig yoshimga munosib emas deb o'ylab korishdan va mulohaza  yuritishdan inson o'zini tiyishi kerakmi?

Qayd etilgan


Abdusalom  10 Mart 2008, 14:49:15

J: Ha, insonni frikrlashi yoshiga ham bog'liq. Ba'zida yoshlar fikrlashda yoshlik qilib ketib asl mohiyatidan chekinishlari ham mumkin. Fikrlashda hayotiy tajriba ham muhim hisoblanadi. Hayotiy tajribaga ega bo'lmagan yosh bola kattalar haqida har xil fikrga borishi mumkin.

S: Sizni lol qoldirgan so'nggi forumdagi so'nggi haftadagi post qaysi?

Qayd etilgan


Mahzunabonu  10 Mart 2008, 20:11:20

J: Meni internetdagi tanishuv mavzusidagi masturani yozgan,ya'ni kiritgan hikoyasi juda lol qoldirdi va  shunday ibratli narsa kiritganiga hursand bo'ldim

S: Sizningcha tanqidni chegarasi bormi, yoki  xato qilgan inson har qanday tanqidga loyiqmi?

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Mart 2008, 11:19:42

J: Albatta, bu dunyoda hamma narsani chegarasi bo'lganidek, tanqidni ham o'z chegarasi bor. Xato qilgan kishiga o'z xatosini yaxshi gap bilan va yolg'iz holatda tushuntirish sunnatga muvofiqdir.

S: "Hayo - Iymondandir" hadisi sharifini qanday tushunasiz?
Va hozirda qizlarimizni hayosizlanib ketayotganlarini sababi nimada deb o'ylaysiz?

Qayd etilgan


shoir  11 Mart 2008, 11:21:50

J: Tarbiyasizlikda. Ayniqsa ota-onalarning tarbiyasizligi va beparvoligida. Hech qaysi yaxshi ota-ona qizining behaloigiga tik qarab turolmaydi.

S: Sizningcha, jamiyatimizdagi bu muammolarning yechimi nimada?

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Mart 2008, 12:07:19

J: Albatta, buning yechimi siz aytganingizdek oilada va yaxshi tarbiyada. Bunga birinchi o'rinda ota-onalar, ayniqsa onalar sababchi...Bu muammoni hal qilish kaliti ularni qo'lida...

S: "Mustaqil bo'lishimizdan avval qizlar va ayollar ancha hayolik edi. Ularni kiyinishlari ham hozirgidek shaytoniy bo'lib ketmagan edi". (Lekin u paytda hijoblangan qizlar deyarli yo'q edi)Bu fikrlarni ko'p eshitib qolaman. Bu fikrga sizning munosabatingiz?

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Mart 2008, 20:19:23

Javob: Mustaqillik ko'p narsaga yo'l ochib berdi. Din niqobi ostida har xil guruh va toifalar ham kirib keldi.
Mashaalloh, dinimiz ham rivoj topib, haqiqiy Islomni tushunoib yetadigan musulmonlar, muslimalar paydo bo'ldi. Ular har qanday holatda ham o'zligini, iymonini yo'qotmasdan Alloh buyurgan tarzda hijoblanishni o'zlariga vazifa qildilar.
Xuddi shu bilan birgalikda har xil yomon odatlar-u, shaytoniy illatlar ham har tarafdan jamiyatimiz hayotiga singib bordi. Bu narsani maxsus targ'ib qilingan deydigan fikrlar ham bor. Bunga ommaviy axborot vositalari, ayniqsa televideniye katta turtki berdi. Meksika seriallari va undan keyingi hayosiy filmlaru, ko'rsatuvlar namoyishi jamiyatimiz, ayniqsa yoshlarimizga katta ta'sir o'rgatdi.
Eng yomon joyi shundaki, ayni paytda ko'pchilik nazdida bu muammolar odatiy holdek, oddiy bo'lib qoldi...

Savol: Tasavvur qiling, avtobusga chiqdingiz. Kecha do'stingiz proizdniyingizni so'ragan edi, berib yuborgansiz, u hali qaytarmadi. Avtobusda odam ko'p. Bir payt tushadigan bekatingizga yaqin qoldi. Cho'ntagingizga qo'l tiqib, ne ko'z bilan qarangki, 20 minut avval bo'lgan pulingiz yo'q. Tiqinda kimdir ilib ketib. Na pulingiz qoldi, na yo'l chiptangiz. Bekatingiz kelib qoldi. Nima qilasiz?

Qayd etilgan