Forumchilarga savol  ( 724374 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 ... 182 B


Farida  10 Fevral 2008, 21:15:46

J: Tasavvur qilish qo'limdan kelmiydi. Alloh nimani ravo ko'rgan bo'lsa shunga roziman.

S: So'nggi o'qigan dostoningiz?

Qayd etilgan


Robiya  12 Fevral 2008, 16:31:22

J: "Malikai ayyor"

S: Eng yomon ko'rgan kishingiz bilan ham bemalol gaplasha olasizmi?

Qayd etilgan


AL_laziz87  12 Fevral 2008, 19:33:10

J: Yomon ko'rgan insonim bilan iloji boricha uchrashmaslikka xarakat qilaman suxbat qurganda esa sukut saqlagan avzalroq manimcha
S: Axmoq inson bilan Aqlsiz insonni farqi bormi

Qayd etilgan


dilshodnod  13 Fevral 2008, 01:38:47

J:  Axmoq inson o'zini nima qilishini biladi  hatto qilmoqchi bo'lgan ishining noto'g'riligini ham biladi lekin shu noto'g'ri ishni qiladi  qilgan ishi esa kimgadir zarar tegadi.  Endi aqlsiz kishi  esa nima qilishini bilmaydi yani ko'p naqsaga aqli yetmaydi.Axmoq bilan aqlsizning farqi shuki axmoqning aqli ko'p narsaga yetadi lekin u baribir axmoq aqlsiz esa uni ko'p narsaga aqli yetmaydi shuning uchun u ko'p narsani bilmaydi
S:  Avvalom bor uzr sizlardan aziz fo'rumdosh ananani ozgina buzaman yani  quyidagi bermoqchi bo'lgan savol sizlarga qayerda berishni bilmasdan shu yerda berishga axd qildim  Demak savol :

 TOSHKENTDA CHET ELGA O'QISHGA YUBORADIGAN TASHKILOTKLARNI QAYERDAN   TOPSAM BO'LADI  (mas.  Green Card)  ?  oldindan rahmat


   

Qayd etilgan


shoir  13 Fevral 2008, 18:00:09

J: www.study.uz

S: Vayron qilingan Qalbni yana zabt etsa bo'ladimi?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  13 Fevral 2008, 18:26:13

J:  Shunday o'xshatish bor. Qalb ham nozik shisha idishga o'xshaydi. U sinsa qaytib tuzatib bo'lmaydi. Tuzatsangiz ham baribir kemtiklari bo'ladi va yamog'i ko'rinib turadi. Lekin inson Qalbi vayron qilingan bo'lsa, insonni xatosi uchun kechirish kerak. Faqat bir xolatdagina, u inson qilgan xatoni siz umuman qaytarmasligingizga to'liq ishonsangizgina uni kechirmasligingiz mumkin. Lekin "beayb Parvardigor"

S: Siz muhim bir majlis, yig'ilish, konferensiya yoki anjumanda (albatta o'ta muhim bo'lsa) nutq so'zlash sizga topshirilgan. Siz ma'ruzaga chiqdingiz. Boshladingiz ham. Ammo to'satdan.... To'satdan sizni hiqqichoq tutib qoldi. Hiq, hiq, hiq.....
Aziz forumdosh siz bundan qanday chiqib ketasiz?

Qayd etilgan


shoir  14 Fevral 2008, 09:50:08

J: Ajoyib savol... Sekin orqaga o'tib, hiqichoq tugashini kutaman, yoki biron dori qabul qilaman. So'ng uzr aytib, ma'ruzani davom ettiraman.

S: Hiyla bilan baho olishga qanday qaraysiz?

Qayd etilgan


Shoxjahon12  14 Fevral 2008, 10:45:34

J: Ajoyib savol... Sekin orqaga o'tib, hiqichoq tugashini kutaman, yoki biron dori qabul qilaman. So'ng uzr aytib, ma'ruzani davom ettiraman.

S: Hiyla bilan baho olishga qanday qaraysiz?
J: Xiyla bilan baho olgan odam baho qo'yuvchini emas, o'zini aldaydi.
S: Tili boshqa, dili boshqa odamlarga nima degan bo'lardingiz?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  14 Fevral 2008, 11:42:54

J: Ko'zgu yoniga borib yaxshilab tikiling,  e'tibor beryapsizmi sizda insoniylik jihatlari umuman ko'rinmayapti.

S: Sizni bir ishni qilganlikda ayblashayapti, Lekin siz uni qilmagansiz. Demak tuhmat qilishayapti. Afsus hech qanday yo'l bilan o'zingizni oqlolmaysiz. Hamma narsa sizga qarshi. Shunaqa vaqti siz.........

Qayd etilgan


mutaallimah  14 Fevral 2008, 14:25:01

J: Bunday holatda hech narsa qilmaslik kerakligini o'rgandim.Yaniy indamay sukut saqlash afzallgini...

S: Savol juda hayotiy va hozirgi kunda juda kop uchraydigan holat bo'lgani uchun qaytarilsa .

Qayd etilgan