Forumchilarga savol  ( 725032 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 ... 182 B


Ahmadiy  13 May 2008, 18:17:10

J: Allohga tavakkul qilib urunib ko'raman... Ketganiga achinmayman.... kelganiga sabrda bo'laman...

S: Siz umurni o'lchoviga qanday qaraysiz... Tushunarliroq qilish uchun umrni o'lchovini qanday ko'rasiz?

Qayd etilgan


shoir  15 May 2008, 17:41:30

J: Umrning o'lchovi - ko'zni bir yumib ochgunchalik lahza. O'ylab ko'ring: Shu lahzada necha kishi tug'ilib, yana nechatsi bu dunyoni tark etadi. Shular orasida siz bilan bizning ham nasibamiz bor-yo'qligi yolg'iz Yaratganga ayon.

S: Hayotning har lahzasi go'zal.
    Umrning har dami g'animat. (Anvar Obidjon)

Shu baytni qanday sharhlaysiz?

Qayd etilgan


gayrat17  15 May 2008, 20:44:49

Hayotni o'zi lag'zaku, lag'zadan o'tib ketsa tarix, lag'zadan oldinlab ketsa kelajak.

S. Lag'zani eng kichik o'lchov  etalonni bormi?

Qayd etilgan


shoir  17 May 2008, 09:35:38

J: Uzr, lag'za nimaligini bilmayman. Agar lahza haqida so'rayotgan bo'lsangiz, uning fizik hodislareini bilmadim-u, lekin lug'atda oniy bir holatni ifodalaydi.

S: So'nggi marta eshitgan, o'qigan ertagingiz qaysi?

Qayd etilgan


Robiya  19 May 2008, 15:39:10

Assalomu alaykum, Malika opa! Sizni yana forumda ko'rib turganimdan juda xursandman.

J: qalbim ozor chekkan vaqtlar InshoAlloh hali bo'lmagan va umid qilaman bo'lmaydi ham. Agar shunday hol yuz berganda ham menga ozor bergan kishidan xafa bo'lmasdan aybni o'zimdan qidiraman, balki men unga noto'g'ri gapirib qo'ygandirman, deb.

S: shu savol qola qolsin.


Qayd etilgan


saraton07  19 May 2008, 21:26:02

Assalomu -alaykum Xonimlar va Janoblar.  Ruxsatingiz ila, suhbatingizga  qo'shilishga jur'at etdim. 
Manda  dilim og'rigan damlar juda ko'p bo'lgan,sababi man  og'irlikni, keyinchalik   nima bo'lishi mumkinligini o'ylab ish qilganim uchun. Bu og'zi bo'shlikmas.Man   shunday  tarbiya va  fe'lga egaman. Va albatta, dilimni og'ritgan odamni xafa qilmay, Allohga "unga nohaq ekanligini  tushunib yetsin,qalbiga sol" deb dilimdan o'tkazaman. Va ko'p hollarda, bunga amin bo'laman.
 Bu holatim  dahanaki janglardan holi  damlarda.Yigitchilik deganday, begona yurtda.
Savolim:Siz qanday fikrdasiz,nega  Evropa odatlari,  musulmonlar orasiga shunchalik tez  singimoqda?

Qayd etilgan


Muzayyana  22 May 2008, 13:34:02

Assalomu alekum, avvalambor forumga xush kelibsiz!
 
Javob: Bunga sabab, mani fikri ojizimcha, odamlarni(yani o'sha Yevropa odatlariga qiziquvchilar) o'z o'zligini anglab yetmaganligi va "millat, an'ana" degan narsalarni to'liq chunmasligi. kiyin yana bunga sabab, asosan yoshlar deb o'yleman, yana bilmadim....

Savol: yuqoridagi savol qoldi.

Qayd etilgan


Furqat_Hasanovich  23 May 2008, 20:53:22

man hech nimaga qiziqmiman

Qayd etilgan


saraton07  23 May 2008, 22:51:34

Unda  qanday yashayapsiz,janob  Furqat Hasanovich?Insonda maqsad bo'lmasa yashashning  ma'nisi ne?

Qayd etilgan


Ahmadiy  23 May 2008, 23:03:27

Assalomu alekum, avvalambor forumga xush kelibsiz!
 
Javob: Bunga sabab, mani fikri ojizimcha, odamlarni(yani o'sha Yevropa odatlariga qiziquvchilar) o'z o'zligini anglab yetmaganligi va "millat, an'ana" degan narsalarni to'liq chunmasligi. kiyin yana bunga sabab, asosan yoshlar deb o'yleman, yana bilmadim....

Savol: yuqoridagi savol qoldi.

J: Manimcha bu telvizor tasirida...

S: Siz urini muddatini va ajalni tezligini qanday baholaysiz?

Qayd etilgan