Forumchilarga savol  ( 724532 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 ... 182 B


Y_U_R_I_S_T  25 May 2008, 19:37:03

J: Ko'zimni yumamanu qaytib ochmayman.
Nafas olamanu qaytib chiqarolmayman.
Og'zimga taom olib chaynaymanu, lekin yutolmayman.

S: Sizga to'satdan qopag'on it hujum qilib qoldi...

Qayd etilgan


shoir  26 May 2008, 16:19:57

J: yagona umid Allohdan...

S: Oxirgi marta qachon abr ziyoratiga bordingiz?

Qayd etilgan


Muzayyana  26 May 2008, 17:11:23

J: MAn to'g'risi oxirgi marta qachon borganimni eslolmayman, lekin o'tgan avlodlar va qarindoshlar xaqqiga uyda, duo qilaman, manga shundey qilsa xam bo'ladi deyishgan. lekin qabr ziyorati xam, ko'p ibratli narsa.Bir kun man xam shu axvolga tushaman degan narsani chunish uchun, yaxshi intar....


S: Shoirni savollari qoldirildi.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  26 May 2008, 18:01:46

J: Men yaqinda Yangiyo'l tumaniga xizmat safari bilan borganimda, qaytishda "Zangiota" ziyoratgohiga to'xtadim. Bu aprel oyining oxirlarida edi.

S: Yuqoridagi savol qolsin

Qayd etilgan


saraton07  26 May 2008, 21:03:17

Assalomu-alaykum va rahmatullohu va barakotuhu azizlar.
 Javob: Man  bultur,2007 yilda uyga borganimda  ,9 mayda  oxirgi marta   qishlog'imizdagi qabristonga Otam bilan  borib  fotiha o'qib kelgandik.
 Savol: Juda yaxshi savol, qolaqolsin.

Qayd etilgan


Robiya  28 May 2008, 10:12:28

Assalomu alaykum!

Javob: bizning o'qishga borish yo'limizda 2 qabriston bor. Har kun shu qabriston yonidan o'tganimizda u yerda yotgan arvohlar ruhi pokiga duo qilib o'taman. Hozircha qabr ziyoratiga bormaganman (islomda ayollarning qabristonga borishlari joiz emas deb o'qigandim)

Savol: biz bilamizki taqdir Alloh taolo tomonidan inson tug'ilmasdan yozib, belgilab qo'yiladi. Xo'sh, insonlarda taqdirini o'zgartirish imkoniyati bormi ya'ni ular o'z taqdirlarini yaxshi yoki yomon tomonga burishlari mumkinmi?

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  28 May 2008, 11:06:50

Assalomu alaykum!

Hozircha qabr ziyoratiga bormaganman (islomda ayollarning qabristonga borishlari joiz emas deb o'qigandim)

     Мани фикри ожизимча аёлларнинг Жанозада қабристонга боришлари мумкин смас. Бошқа вақтда бориб дуойи фотиҳа сқишлари мумкин.

     Лекин қабр зиёратида аёлларнинг баланд овоз билан йиғлашларини ксрамиз. Бу асло мумкин смас. Бунда марҳум қийналади деб сқиганман ҳадисларда. Яна Оллоҳ билгувчи.
     
p.s. Муҳтарама А обисни фикрларига изоҳ бериш учун озроқ мавзудан четга чиқдим. Маъзур тутасиз.

Savol: biz bilamizki taqdir Alloh taolo tomonidan inson tug'ilmasdan yozib, belgilab qo'yiladi.
Аниқроғи Лавҳул-Маҳфузга демоқчисизда?

Xo'sh, insonlarda taqdirini o'zgartirish imkoniyati bormi ya'ni ular o'z taqdirlarini yaxshi yoki yomon tomonga burishlari mumkinmi?

    Қийин савол. Исломий билимлари кучли бслган форумдошларимиздан аниқ далилларга асосланган жавоб кутиб қоламиз.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  28 May 2008, 11:50:54

Assalomu alaykum!

Javob: bizning o'qishga borish yo'limizda 2 qabriston bor. Har kun shu qabriston yonidan o'tganimizda u yerda yotgan arvohlar ruhi pokiga duo qilib o'taman. Hozircha qabr ziyoratiga bormaganman (islomda ayollarning qabristonga borishlari joiz emas deb o'qigandim)

Savol: biz bilamizki taqdir Alloh taolo tomonidan inson tug'ilmasdan yozib, belgilab qo'yiladi. Xo'sh, insonlarda taqdirini o'zgartirish imkoniyati bormi ya'ni ular o'z taqdirlarini yaxshi yoki yomon tomonga burishlari mumkinmi?

Ulugbek-Uz ning fikrlariga qo'shilaman. Haqiqatdan islomiy ilmdan xabardor (savolga to'liq va aniq javob bera oladigan) birodarlarimizdan javobni intizorlik bilan kutib qolamiz.

Qayd etilgan


shoir  28 May 2008, 12:16:33

Bu haqda AbdulAziz yaxshi fikrlarni aytgan ekanlar:

"Avvalo savol uchun katta tashakkur!
Azaldan ushbu mavzu bilan bog`liq tortishuvlar odamlarda katta qiziqishlarga sabab bo`lgan. Buning oqibatida esa bir qancha ixtiloflar, bo`linishlar yuzaga kelgan. Islom aqidasiga ko`ra qadarga ishonish ham iymonning shartlaridan hisoblanadi. Chunki biz Amantu billahi va malaikatihi va kutubihi va rusulihi val yavmil oxiri valqodari xoyrihi va sharrihi minallohi taolo val ba'si ba'dal mavt, ya'ni Allohga, maloikalariga, kitoblariga, payg`ambarlariga, qiyomat kuniga, yaxshi va yomon ishlarning allohdanligi - qadarga Va o`lgandan keyin qayta tirilishga iymon keltirdim. Bizning aqidamiz shunday.
Bir kuni sahobalar taqdir haqida suhbatlashayotgan paytda payg`ambarimiz SAV kelib qoldilar va ularning suhbatlarini eshitib qizarib ketdilar, jahllari chiqdi. U zot ustilariga axlatlar tashlab ketishganda ham, o`ldirmoqchi bo`lishganda ham jahllari chiqmagan sahobalarning qadar haqidagi suhbatlaridan ranjidilar, hatto qizarib ketdilar. Sahobalar ham qo`rqib ketishdi va shunda payg`ambar alayhissalom dedilar: "Hali amalga oshirmagn shuncha ko`p ishlar, ibodatlar turib nega endi sizlar Allohning ishiga ralashasizlar?"
Demak qadarni Alloh yaratgan va uni tartibga tushirish yolg`iz O`zining ishi. Alloh taolo bizni garchi taqdirida avvaldan bo`lsa-da, jazolashi mumkin. Chunki almisoqda Alloh har bir bandadan ahd olgan va hamma Allohning ahdiga rozi bo`lgan. yana hadislarda aytiladiki, duo, yaxshi amallar qadarni o`zgartiradi.
Shuning uchun ham bunday hayollarga bormasdan duoni, zikrni ko`paytiraylik. Shundagina asl maqsadga erishamiz.
Assalamu alaykum wa rahmatullohi va barakatuhu."
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=831.msg17613#msg17613

Yanada muakkammalroq javob Domla Hindistoniyning ma'ruzalarida bor ekan. Hammamiz uchun juda katta foydasi bor. Albatta eshitib ko'ringlar:

Qazoi qadar va tarbiyat haqida.mp3 (19,4 Mb)

Qayd etilgan


shoir  28 May 2008, 12:18:00

Savol: Odatda sutkaning qancha soatini uxlash uchun sarflaysiz?

Qayd etilgan