Forumchilarga savol  ( 724230 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 ... 182 B


Robiya  23 Sentyabr 2008, 17:48:38

J:

I. Bu charxi falakning qarab pardasin,
Nazar ayla yulduzlari to’dasin.
Biri posbonu biri podshoh,
Adl der biriyu, biri tojxoh,
Biri dardmandu, biri shodmon,
Biri g’amgin afgor, biri komron.
Biri bo’yrada, par to’shakda biri,
Palosda biriyu, ipakda biri.
Biri benavoyu, biri moldor,
Biri serbaloyu, biri baxtiyor"¦
Biri ko’p salomat, biri notavon,
Biri keksa cholu biri navqiron.
Biri yaxshi xulqu biri yaxshi zot,
Birining qilmishi fisqila fasod"¦
Biri ne’mat ichra, biriga azob,
Biriga mashaqqat; biri kamyob.
Biridir buyuklik elida amir,
Biri hodisotning qo’lida asir.
Biri jonga rohat guliston aro,
Biri ranju mehnat bilan doimo.
Chechakdek kular shodligidan biri,
Birin ko’ngli singan, so’liq xotiri"¦
Charaqlar birin shodlik yulduzi,
Qaro tun kabidir birin kunduzi"¦   "œKarima" (Sa'diy Sheroziy)

II. Erlarning ko’rgazish uchun yasanmog’i — xotinlarning o’ziga zeb berish uchun bezanmog’i kabidir. Agarchi bu ish ikkoviga ham yaramaydi, ammo erlarga ko’proq rasvolik keltiradi. Barcha o’zini ko’rsatish va bezash kasali bilan og’rigan va bunday qilish esa bu ish o’z qoshlaridan yaxshi ko’rinish har kimning o’ziga yaxshi tuyulishning ochiq dalilidir.   
                                                                                              A.Navoiy ("Mahbub - ul qulub")



S: Forum.ziyouz.comdan biror marta norozi bo'lganmisiz? Ya'ni, Sizga zarari tekkanmi?

Qayd etilgan


Shukurulloh  24 Sentyabr 2008, 09:45:38

J:Assalomu ahalykum hammaga man bu forumdan hech qachon ziyon ko'rmaganman.Foydali taraflari haqida ko'p gapirish mumkin lekin zarari haqida bir narsa deya olmayman.

S:Forumni eng foydali tarafi nimada deb o'ylisiz?

Qayd etilgan


Shoxjahon12  24 Sentyabr 2008, 10:32:26

J:Assalomu ahalykum hammaga man bu forumdan hech qachon ziyon ko'rmaganman.Foydali taraflari haqida ko'p gapirish mumkin lekin zarari haqida bir narsa deya olmayman.

S:Forumni eng foydali tarafi nimada deb o'ylisiz?
J: Ziyouz forumi o'z nomiga mos ravishda barchaga ziyo, ilm, ma'rifat va bilim tarqatib kelgan va bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi, deb umid qilaman. Albatta, forumning qanchalik foydali bo'lishi va saviyasi yanada oshishi sizu bizdek forum a'zolariga ham bog'liq. Biz ham qo'limizdan kelgancha kerakli va foydali ma'lumotlardan kiritib borsak nur ustiga a'lo nur bo'ladi, menimcha.

S: Bolalar uylari yoki qariyalar uylariga borgandan ko'nglingizdan qanday o'ylar o'tadi?

Qayd etilgan


Mr.Twister  03 Oktyabr 2008, 00:26:21

Assalomu alaykum,
J: mehrga zor ko'zlarga boqib xayolimda "axir bu ko'zlarning ham quvonchli bo'lishiga haqqi borku" degan o'y o'tadi.
S: Namozni ado etganingizdan keyin nimani his qilasiz?

Qayd etilgan


Munavvara  05 Oktyabr 2008, 12:37:45

Va alaykum assalom
J:Namozdan keyin ichimdagi bor g'uborlarim alamlarim yo'qolib ketadi hammaga iloji boricha yaxshiroq muomala qilsam deb o'tiraman hech kimni ko'nglini og'ritmasdan garchi mani ko'nglimni og'ritishsayam
S:Sizni g'iybat qilishayotganini eshitib qolsangiz qay ahvolga tushasiz?

Qayd etilgan


Mr.Twister  05 Oktyabr 2008, 17:04:24

J: Alloh taolo tomonidan insonga berilgan ne'matlardan biri bo'lgan sabr bunday vaqtda yordamga keladi. Olloh sabrli, irodali bandasini har qanday g'am-tashvishdan omon asraydi.
S: Eshitgan amru Maruflaringizdan eng ta'sirli qaysi mavzuda edi?

Qayd etilgan


Hadija  23 Oktyabr 2008, 09:59:54

J:Eshitgan amru ma'rufarimdan eng ta'sirlanganim, Qiyomat haqidagi, Abduvali Qorini amru ma'ruflari edi.
S: Oila a'zolaringiz, yoki tanish yor-u, do'stlaringiz, namozingizga, taqvoyingizga qarshilik bildirishganida, qanday yo'l tutgansiz?

Qayd etilgan


ZUBAIR  23 Oktyabr 2008, 10:54:51

J: Alhamdulillah, oila a'zolarim, yor-u do'stlarim hech qachon namozimga, taqvoimga qarshilik ko'rsatishmagan. Balki ota-onam kichik yoshligimdan boshlab namozni farz amal ekanini, Alloh taolo benamozlarni jazolashini ta'lim berishgan.
S: Bomdod namoziga uxlab qolgan kuningiz qanday kayfiyatda tong ottirasiz?

Qayd etilgan


Oynur  24 Oktyabr 2008, 17:14:29

Assalamu aleykum!
J: Allohdan har namazlarimizda surab duo qilamiz g'aflat uyqusida qo'ymagin deb,bundey holat hammamizda ham bo'lib turadi, shundey vaqtlardegi holatimni tarif qilib berolmiyman, Alloh barchamizni gunohlarimizni mahfirat qilsin, ikki dunyo saodatiga erishtirsin.

Sizlarga bermoqchi bo'lgan savolim avvalida  hammangizdan uzr so'reyman, sal noquleyroq savol bo'lishi mumkin.
Forumlarda hammamiz ham mana shundey holatlarda ya'ni hammani ko'z oldida savol-javob qilamiz, bilmaganimizni so'rab o'rganamiz yoki aksi eshitgan bilganimizni birodarlarimizga ham yetkazgimiz keladi, bu ham aslini olganda bir suhbat, lekin bundey suhbatlardan tashqari özel(shahsiy habarlar bilan) suhbat ham qilib turiladi, balki bunga ham kim bilar ruhsat bordir,lekin ikki xil jinsdegi bir-birlariga nomahram bo'lgan insonlarni bir honada yolg'iz bo'lishi shatiatga to'gri kelmasligini hammamiz yaxshi bilamiz, biz aytyotgan shahsiy habarlar honasi ham huddi shundey hech kim guvoh bo'la olmaydigan yozishma honasi, kim bilir nelar yozib nelar so'zlaymiz. Ho'p sizga bermoqchi bo'lgan savolim:

S: Forumdoshlardan qaysi biringiz hech qachon nafaqat bu forumda umuman forumlarda o'zingizni jinsingizdan bo'lmagan ya'ni sizga nomahram bo'lgan inson bilan qaysi mavzuda bo'lishinidan qattiy nazar özel ya'ni guvohlarsiz suhbat qilmaganman deb javob bera olasiz?

Qayd etilgan


registan  24 Oktyabr 2008, 18:20:27

Aleykum selam!

J: Haa rostdan ham noqulay savol berdingiz. Agar siz faqat forumlarni nazarda tutayotgan bo'lsangiz, man o'zimni ayta olaman, shunaqaman deb. O'ylaymanki, bu forumda bunday insonlar ko'p.

S: Savol qoladi.

Qayd etilgan