Forumchilarga savol  ( 724409 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 ... 182 B


Muhseena  14 Mart 2009, 19:28:29

J:Niyatimga yetmay qolgan paytlarim,taqdirga tan beraman va o'ylaymanki niyatimning amalga oshmagani yaxshilikkadir,ko'p hollarda o'zimdan ahvoli battar yomon bo'lgan insonlarni eslab dalda beraman va Allohdan tezroq qalbimga sokinlik berishini so'rayman.Ba'zida Alloh taolodan najot so'rab yig'layman va keyin ko'p hollarda yaxshi bo'lib qolaman.Eng yaxshisi manimcha Allohga havola qilib qo'yish ekan,bo'lmasa inson qalbi halovat topishi qiyin.
S:Manimcha butun dunyodagi insonlar osmonga,oy-u yulduzlarga qarashni yoqtiradilar.Siz ularga qaraganingizda nimalarni o'ylaysiz,his qilasiz?

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Mart 2009, 08:40:44

Javob: Menda bunaqa holat bolalik paytlarimda ko'p bo'lardi. Tashqarida so'ri (karavot)da kechqurun osmonga qarab yotar ekanman, yulduzlarning uchishi, oyning harakatlari, bulutlarning daydib yurishi, har xil shakllarni hosil qilishini kuzatish maroqli edi. Ayniqsa, chilla paytlarida Shohimardondagi qarindoshlarnikiga borar, tog'dan esa yulduzlar xuddi judayam yaqin kelib qolgandek, aniq va yorqin va yorqin ko'rinardi. O'sha paytlarda ayamdan, buvimdan so'rardim. Bu yulduzlar nima, yerga tushib ketmaydimi? O'shanda buvim javob bergan edilar: "Yulduzlar osmonning chiroqlari"... hayron bo'lgan edim, osmondayam chiroq bo'ladimi? Keyinchalik o'qib bilsam, Qur'oni karimda ham xuddi shunday oyatlar kelgan ekan:
Biz quyi osmonni chiroqlar-yulduzlar bilan bezadik va (uni ofat-balolardan) saqladik.(Fussilat surasi, 12-oyat).
O'shanda buvimning hikoyalari asosida osmonga qarab, tafakkur qilishga urinardim... Judayam qiziq tuyulardi...
Keyinchalik bildimki, bu Alloh taoloning yuksak mo'jizalari ekan:

U zot sizlar (bekamu ko‘st hayot kechirishingiz uchun) kecha va kunduzni, quyosh va oyni (bir tartibga solib) bo‘ysundirib qo‘ydi. (Barcha) yulduz — sayyoralar ham Uning amriga bo‘yinsundirilgandir. Albatta, bu narsada aql yurgizadigan qavm uchun oyat-ibratlar bordir. (Nahl surasi, 12-oyat)

(Ey Muhammad), siz osmonlardagi va yerdagi bor jonzot, quyosh, oy, yulduzlar, tog‘lar, dov-daraxtlar va (barcha) jonivorlar hamda ko‘pdan-ko‘p insonlar (yolg‘iz) Allohga sajda qilishini ko‘rmadingizmi? Ko‘p (odamlarga esa kofir bo‘lganlari sababli) azob haq bo‘lgandir. Kimni Alloh xor qilib qo‘ysa, bas, uni (hech kim) aziz qilguvchi bo‘lmas. Albatta Alloh O’zi xohlagan narsani qilur. (Haj surasi, 18-oyat)

Tog'dagi so'rida o'sha osmonga qaraaab yotishlarni sog'indim...  : )

Savol: Yulduz uchganini ko'rganmisiz? U paytda nima hodisa yuz beradi?

Qayd etilgan


Muhseena  15 Mart 2009, 13:15:16

J:Me'roj kechasi ko'p yulduzlar uchganini ko'rganman.U paytda "o'g'ri" jinlar jazolanadi.Farishtalar ularga qarata yulduzlarni otadilar.Vallohi a'lam.
S:Islomiy to'ylarning dunyoviy to'ylardan afzalligini sharhlab bersangiz..

Qayd etilgan


imlaah  16 Mart 2009, 07:31:27


S:Islomiy to'ylarning dunyoviy to'ylardan afzalligini sharhlab bersangiz..

J:To'y chindan  Islom va shariatga munosib ravishda bo'lsa ham shaklad va ham mazmunda bu to'y sohiblarini ohirat saodati va dunyoda saodati hisoblanadi.Mening tushunchamdagi Islomiylikda mukammal islom ahkomlari va odoblari ko'rinsagina "islomiy to'y" deyilishga haqli deb o'ylayman.Yani uylanayotgan yigit nikohiga olayotgan soliha qizni faqat dini va go'zal ahloqi uchun o'ziga juftlikka tanlab "qiz uchun " beriladigan har qanday "sovg'a va hadiyalardan" voz kechgan holda o'zi tanlagan oilada saodatli hayot uchun kerakli barcha moddiy va manaviy jihozlarni g'urur va odob bilan huddi sahobalar davrilaridek er kishi zimmasiga ola bilsagina asl islomiy va shariy nikoh hisoblayman.Qolgan barcha shakllari islomiy atamasi zo'rlab taqalgan bo'lsa ham yoki to'y sohiblari shu nom ortiga har qancha berkinsalar ham asl islomiy hisoblanmaydi.
Dunyoviy to'ylarning barcha shaklini atrofi o'ralmagan devorsiz hovlida qorovulsiz qoldirilgan boylikka o'hshataman.
Savol:Sizningcha ziyo va madaniyyat nima?Diplom insondagi ziyolillik va madaniyyatlilik darajasini belgilaydimi?

Qayd etilgan


shoir  16 Mart 2009, 10:37:04

Javob: Ziyo - avvalo Allohni tanish, u farz qilgan iolmlarni egallash. Asl madaniyyat - Alloh va rasuli ta'lim bergan yo'ldan yurioshlikdir. Ilm va fan mana shu madanbiyatning bir bo'lagidir. Diplom hech narsani belgilamaydi.

Savol: Sizningcha,m hozirgi paytda uylanish yoki turmushga chiqish uchun nima eng muhim?
- Yosh
- Boylik
- Ilm
- Martaba
- Nasab va h.

Qayd etilgan


imlaah  16 Mart 2009, 11:18:20



Savol: Sizningcha,m hozirgi paytda uylanish yoki turmushga chiqish uchun nima eng muhim?
- Yosh
- Boylik
- Ilm
- Martaba
- Nasab va h.
Yuqoridagi javobingiz uchun Alloh rozi bo'lsin.
J:Mening fikrimcha Ilm yani diniy va dunyoviy ilm amali bilan bo'lsagina ilmga sifatlanadi.Nasab ,chunki nasabi pokiza insonda haromga miyillik yoq yoki kamroq bo'ladi.

Savol qolsa boshqalarni ham javoblarini eshitsak.

Qayd etilgan


Hadija  16 Mart 2009, 13:48:40

Javob: Ziyo - avvalo Allohni tanish, u farz qilgan iolmlarni egallash. Asl madaniyyat - Alloh va rasuli ta'lim bergan yo'ldan yurioshlikdir. Ilm va fan mana shu madanbiyatning bir bo'lagidir. Diplom hech narsani belgilamaydi.

Savol: Sizningcha,m hozirgi paytda uylanish yoki turmushga chiqish uchun nima eng muhim?
- Yosh
- Boylik
- Ilm
- Martaba
- Nasab va h.

 :as:

J:Hammasi o'z o'rnida muhim-u, ammo eng afzali diniy ilm va unga amal eng afzali...

S:Kelajakda diniy ilmdan habari bor, amallari shariyatga muvofiq tarzda bo'ladigan, insonga turmushga chiqishni yoki uylanishni hohlaysiz, ammo ota-onangiz, o'zlari hohlagan, diniy ilmdan habari yo'q, ammo martabali, dunyoviy ilmlarni egallagan hozirgi tilda aytganda juda sovremenniy insonni mos ko'rishni, qanday yo'l tutardingiz, ota-onangizni ranjitmasdlik u-n?

P.S: Savol juda cho'zilib ketdi...  :-[

Qayd etilgan


Zamiraxon  16 Mart 2009, 21:45:27

J: Mening ota-onam inshaallah mening xohishlarimga shu kungacha qarshilik bildirmagan, har qanday fikrlar, talab va takliflar oila davrasida hech kim ranjimaydigan qilib hal qilinadi. Agar siz aytgan holat bo'ladigan bo'lsa, ( tasavvur qilaylik), men albatta ota-onamni xafa qilmay, o'sha aytgan yigitga turmushga chiqardim. Undan keyin o'sha kishini iymonga yetaklashdek katta savob egasi bo'lish baxtiga muyassar qil Ollohim, deb :)

Qayd etilgan


Zamiraxon  16 Mart 2009, 21:45:45

Savol: Qaytarilsin

Qayd etilgan


siddiqa  17 Mart 2009, 07:38:34

J: Mening ota-onam inshaallah mening xohishlarimga shu kungacha qarshilik bildirmagan, har qanday fikrlar, talab va takliflar oila davrasida hech kim ranjimaydigan qilib hal qilinadi. Agar siz aytgan holat bo'ladigan bo'lsa, ( tasavvur qilaylik), men albatta ota-onamni xafa qilmay, o'sha aytgan yigitga turmushga chiqardim. Undan keyin o'sha kishini iymonga yetaklashdek katta savob egasi bo'lish baxtiga muyassar qil Ollohim, deb :)
agar ilmli muttaqiy ,muhlis banda bo'lsa sizningda martabangiz ilmingiz o'sishini ham o'ylang ,kimnidir to'g'ri yo'lga boshlash albatta yahshi bu ham Allohning hohishi ,lekin bu ish un ham inson juda kuchli bo'lishi kk ,yani o'zi ham o'sha inson tomonga bilmagan tarzda og'ib ketishi mm .
savol qolsin ......

Qayd etilgan