J: Hadisi sharifda «Har kishi o’z nafsini tanisa, batahqiq, Parvardigorini tanigay» deb marhamat qilinadi. Ishni avval nafsni tanishdan boshlash lozim bo’ladi.
«Nafs vujudni, insonning moddiy borlig’ini, manfaatlarini ta’minlashga harakat qiladi, zero uning vazifasi shudir. Yaratilishi ham o’z o’rnidadir, to’g’ridir, yaxshidir, yaxshi yaratilgandir. Chunki inson nafsi yaratilmasaydi, inson och qolganini, charchaganini, dam olishi kerak bo’lgan paytini bilmasdi. O’z vujudini idora qiluvchi bir boshliqqa ehtiyoji bordir. Bu idora qiluvchi nafsdir» Shayx As’ad Jo’shon "œIslom, tasavvuf va axloq"
Haqiqatdan ham nafsni haddan tashqari bo’sh qo’yilsa, nasihat qilinmasa inson hayotini izdan chiqarishi ham ehtimoldan xoli emas. Uning itoatli bo’lishini Yaratgandan so’raymiz, «...chunki Nafs — agar Parvardigorimning o’zi rahm qilmasa - albatta barcha yomonliklarga buyuruvchidir...» (Yusuf, 53).
Qisqasini aytganda, nafs tarbiyasiga oid asarlarni o’qib o’rganishimiz va bilganlarimizga amal qilishimiz lozim bo’ladi.
S: Qalbni (dilni) poklash uchun nima qilmoq lozim, deb o'ylaysiz?