Forumchilarga savol  ( 724407 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 ... 182 B

Ansora  13 Noyabr 2009, 14:09:14

Javob: Men birinchi marta O'tkir Hoshimovning "İkki eshik orasi" romanini o'qigandim. U payt roman hali chop etilmagandi. "Sharq yulduzi" jurnalining har sonida berib borilar edi. Shunaqangi qiziqib ketdim-ki asar tugaguncha doimo pochtani kutardim...İlk marta o'qiganimda 8 yoshda edim. Asarning ko'p joyini tushunmaganman. Lekin meni g'am boshgan uydagilardan yashirincha rosa yig'lagandim. Ayam bir kuni sezib qolib, jurnalni yashirib qo'ya boshladilar.
2 chi marta esa oradan bir necha yil keyin kitob holida o'qigandim. Mudhish asar....

Savol: Sizga eng ta'sir qilgan asar qahramon kim?

Qayd etilgan

imlaah  13 Noyabr 2009, 14:15:04

Iqtibos
Savol: Sizga eng ta'sir qilgan asar qahramon kim?
 
Javob:
Juda ko'p kitob qahramonlari ta'sir qilgan.Qo'limga sirlashib o'qigan har bir asarni qahramonlaridan har hil tasirlanaman.Eng tasirlilarini o'zini sanashga hayronman ular judayam kopligidan.

Savol: Farzandingizga eng sodda tarzda hayotni qanday tasvirlab bera olasiz?

Qayd etilgan

Hadija  25 Noyabr 2009, 21:01:38

Bu savolga javob berishga aaaaaancha tajribasiz bo'lsam-daaa savol juda yoqqani uchun javob berishni istadim...

InshaAlloh, shunday baxtga erishganimda, Bu hayot juda go'zal ammo bu go'zallik sinovlari bilan yoriqlashadi, ammo bolajonim unutmagin bundan ham chiroyli hayot va dunyo bizni kutyapti... :)) (o'hshamadi-a?  ::))

Savol qolsin...

Qayd etilgan

Abdusalom  30 Noyabr 2009, 11:43:11

Javob: Qiyin savol bo'pti. Hayotni birdaniga farzandga mana bundoq deb tasvirlab bo'lmaydi. Farzand ulg'ayar ekan, o'z oiladagi hayot tarzini ko'rib, haqiqiy hayot haqida tasavvur olaveradi. Man eng sodda tarzda hayotni tasvirlay olmayman.

Savol: Hayvonlarning ov yoki ovqatlanish, hayot uchun kurashish, insonlarga munosabatini ko'rib, ba'zilar hayvonda ham aql bor deydilar. Masalan, ot va itni aqlli hayvon deyishadi. Siz shunga qanday qaraysiz?

Qayd etilgan

Ansora  01 Dekabr 2009, 14:02:04

Savol: Hayvonlarning ov yoki ovqatlanish, hayot uchun kurashish, insonlarga munosabatini ko'rib, ba'zilar hayvonda ham aql bor deydilar. Masalan, ot va itni aqlli hayvon deyishadi. Siz shunga qanday qaraysiz?

Javob: -Aslida bu savolga uzundan-uzun javob berish mumkin....Hatto diniy-ilmiy maqolalar yozish mumkin. Qisqa qilib aytganda, Alloh bu dunyoni o'z shafqat marhamati bilan yaratgan, yaratgan jonzotlarida ham bu mehr-shafqat mujassam, Hadisi Shariflardan birida otning endigina tug'ilgan bolasini ezmaslik uchun juda ehtiyotkorona harakat etishi aytib o'tiladi.
Bir inson uyidagi itiga, otiga mehr-shafqat bilan muomala qilsa jonzot ham shunga qarab juda sadoqatli va mehribon bo'ladi. "Oq Bim, qora quloq" filmi bunga eng yorqin misol....
Yo'q, agar siz, sizga omonat qilib berilgan hayvonga davomli aziyat bersangiz, ham gunoga kirasiz, ham bir kuni hayvon sizdan o'chini oladi....
Hayonlarda aql bizdagiday bo'lmasligi mumkin, lekin his-tuyg'ular bizdan kam emas, deb o'ylayman....

Savol qolsin

Qayd etilgan

JaviK  01 Dekabr 2009, 16:34:27

Javob: Hayvonlarni o`zini olamida yashashi uchun yetarlicha aqli bor deb o`ylayman. hayvon o`z bolasiga qilgan mehr oqibatni hozir ayrim ota onalar berisha olmayapti. Inson oilasida 3 ta farzand birin ketin  qiz tug`ilsa 4-chi qiz bo`lishini bilishsa uni "Abort" qildirish payiga tushishadi.

Qayd etilgan

JaviK  01 Dekabr 2009, 17:04:12

savol shunday qolsin

Qayd etilgan

siddiqa  02 Dekabr 2009, 06:21:59

Savol: Hayvonlarning ov yoki ovqatlanish, hayot uchun kurashish, insonlarga munosabatini ko'rib, ba'zilar hayvonda ham aql bor deydilar. Masalan, ot va itni aqlli hayvon deyishadi. Siz shunga qanday qaraysiz?
 
insonlarning ham olim va avomi bo'lganidek ,hayvonlar ham Alloh bergan farosat jihatidan bir birlaridan ajralib turadi ,masalan ot va eshshakni solishtirsak  ,ular insonlardek ongli ravishda o'ylamaslarda lekin yashash sharoitlarini hisobga olish hislatlari berilgan ,masalan qorinlari ochsa albatta ovqat hohlashadi ,instinkt rivojlangan .ular ham tasbeh ayturlar lekin insonlar buni fahmlamaslar degan ma'noda oyatlar ham bor .
Savol qolsin .
 
Qayd etilgan

Muhammad Amin  02 Dekabr 2009, 06:33:10

Ha haqiqatdan bu ikki jonivor aqilli hayvonlar hisoblanadi. Buning ko'p guvohi bo'lganman. Ayniqsa itlar o'z egasi uchun vafodor va doim birga bo'lishadi. Aqilli itlar vafot etishi oldidan uyidan bir necha chaqirim uzoqqa borib o'lishadi. Chunki egam menga shuncha qaradi men uni endi tashvishga qo'ymay der emish. Alloh bilguchi. Lekin men aynan shunday voqealarni ko'rganman.

Qayd etilgan

shoir  03 Dekabr 2009, 10:39:18

Javob: Menimcha, hayvonlarda aql mavjud emas. Ulardagi biz aql yoki farosat deb ataganimiz Alloh ularga ato etgan instinkt xolos.

Savol shu qolsin.

Qayd etilgan