Savol: Hayvonlarning ov yoki ovqatlanish, hayot uchun kurashish, insonlarga munosabatini ko'rib, ba'zilar hayvonda ham aql bor deydilar. Masalan, ot va itni aqlli hayvon deyishadi. Siz shunga qanday qaraysiz?
Javob: -Aslida bu savolga uzundan-uzun javob berish mumkin....Hatto diniy-ilmiy maqolalar yozish mumkin. Qisqa qilib aytganda, Alloh bu dunyoni o'z shafqat marhamati bilan yaratgan, yaratgan jonzotlarida ham bu mehr-shafqat mujassam, Hadisi Shariflardan birida otning endigina tug'ilgan bolasini ezmaslik uchun juda ehtiyotkorona harakat etishi aytib o'tiladi.
Bir inson uyidagi itiga, otiga mehr-shafqat bilan muomala qilsa jonzot ham shunga qarab juda sadoqatli va mehribon bo'ladi. "Oq Bim, qora quloq" filmi bunga eng yorqin misol....
Yo'q, agar siz, sizga omonat qilib berilgan hayvonga davomli aziyat bersangiz, ham gunoga kirasiz, ham bir kuni hayvon sizdan o'chini oladi....
Hayonlarda aql bizdagiday bo'lmasligi mumkin, lekin his-tuyg'ular bizdan kam emas, deb o'ylayman....
Savol qolsin