Forumchilarga savol  ( 724231 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 ... 182 B


AbdulAziz  03 Dekabr 2009, 12:26:50

Savol:  Hayvonlarning ov yoki ovqatlanish, hayot uchun kurashish, insonlarga munosabatini ko'rib, ba'zilar hayvonda ham aql bor deydilar. Masalan, ot va itni aqlli hayvon deyishadi. Siz shunga qanday qaraysiz?

Javob: Hayvonlarda aql mavjud emas. Agar ularda aql bo'lganida edi, Yaratganni tanishlari, qiyomat kunida javobga tortilishlari kerak edi.  Imom G'azzoliy aytadi: "Aql odamzotni hayvondan farqlab turadigan botiniy sifatdirki, u bilan ishlarning haqiqati idrok qilinadi." Xuddi shu narsa hayvonda bo'lmaydi.

Yuqorida aytilgan belgilar esa insonlar va hayvonlarga xos umumiy jihatlardir. Buni G'azzoliy ruhi hayvoniy deb ataydi:
"Ruhi hayvoniy - hayvonot va insonlar uchun umumiy bo‘lgan yemoq, ichmoq. shaxvat - jinsiy quvvat, badnafslik, ochko‘zlik, tajavuzkorlik ruhi."

Shuningdek, mehr ham. U insonga ham, hayvonga ham xos xususiyatdir.

Yana, inson va hayvonni ajratib turadigan jihatlardan biri sifatida Navoiy shunday deydi:

Insonni so‘z ayladi judo hayvondin,
Bilkim, guhari sharifroq yo‘q ondin.


Savol: Hayvonlar bilan bog'liq qiziqarli voqealarga guvoh bo'lganmisiz?

Qayd etilgan


registan  03 Dekabr 2009, 13:30:27

Javob: Savolni o'qib bir voqea yodimga tushib ketti. Yoshligimda, bir itimiz 'lardi, rosa aqli edi. Akam bir kuni it qaridi deb boshqa bir it olib kldi. Rosa qopag'on it ekan. Eski itimiz yuvoshligi uchun bog'lanmagan, yangisini essa bog'lab qo'ygandik. Bir kuni, man sigirlarga suv va yem-hashak berish uchun, qo'limda to'la ikkita chelak suv bilan og'ilxona tomon yurdim. Bir vaqt qarasam, yangi it man tomonga shiddat bilan kelyapti, ipini uzgan ekan, nima qilishimni bilmay qotib qoldim, u manga chamasi uch metr uzoqlikdan o'zini otdi, bo'ldi tamom deb o'ylagandim, manga kelishiga bir metr qolganda esa, yon tomondan berilgan zarba tufayli yerga quladi, bu eski itimiz edi. Xoh ishoning xoh ishonmang o'rtada xuddi kinolardagidek jang ketdi, man biroz kalovlanib qoldim, keyin esa darrov molxonaga kirib eshikni yopib oldim. Itlar janjallashib mandan uzoqlashib ko'rinmay ketishdi, 10-15 daqiqalar o'tgandan keyin, qari itimiz har-har zamon vovillab yana jim bo'lib qolardi, bu holatga hayron qoldim, bu holat 4-5 marta takrorlangandan keyin, qo'rqa-pisa tashqariga chiqdim, qarasam, qari itimiz yangi itni bir burchakka qisib olgan, chiqqanini qo'ymay turgandi, har-har zamon esa man tomonga qarab vovillab qo'yardi, ishonasizmi lol qoldim bu holatni ko'rib, darrov uyga kirib oldim, uyga kirgandan keyin, qari it yangisini qo'yib yubordi. Shunaqa gaplar...

Savol qolsin.

Qayd etilgan


Robiya  03 Dekabr 2009, 16:18:37

 :as:

O'qish davrida yo'lda kelyapmiz marshrutkada... Svetoforda qizil chiroq yongan edi(piyodalar uchun), yo'lni chetida bir it ham qarab turibdida... Keyin piyodalarga yashil yongandan keyin u ham hamma qatori piyodalar yurish yo'lagidan sekin viqor bilan o'tib ketdi...

Bu duch kelganim kulgili holatlarning esimda qolgani...

Savol: Qalbingiz yig'laganda yuzingiz kulib turgan holat?.. Hayotingiz davomida necha marta shunaqa holga tushgansiz? Va nima qilgansiz?

Qayd etilgan


lolo  04 Dekabr 2009, 08:08:41

Javob: Ha, bunaqasi juda ko'p bo'ladi. Shunday vaziyatda chiroyli sabr qilish afzal. Ja bo'miy ketsa berkinib yig'lab olgan ma'qul. Ancha yengil bo'ladi. (Eng muhimi - birovni chaqib olmaslik! Mana shunisidan ehtiyot bo'lish kerak)

O'sha savol qoldi.

Qayd etilgan


JaviK  05 Dekabr 2009, 16:54:56

JAVOB: men bunday holatlarga ko`p tushib turaman. BU paytda qalbim nega yig`laganini birovga aytman ularni ko`ngli g`ash bo`lmasligi uchun bildirmayma va yahshi hayyollarga berilsan unut bo`ladi lekin baribir qalbimni tub tubi doim yig`lab turadi nazarimda

Qayd etilgan


shoir  05 Dekabr 2009, 17:03:19

Жавоб: Онамни кимдир ранжитса, ёхуд, менинг сқинларимни ҳам кимдир ранжитса шу ҳолга тушаман. Унинг давосини билмадим. 3-4 кунда енгиллайди.

Савол: Сснгги марта нима учун ксзингизга ёш олдингиз?

Qayd etilgan


Ansora  05 Dekabr 2009, 17:15:15

Савол: Сснгги марта нима учун ксзингизга ёш олдингиз?

Javob: Men o'zi sal narsaga yig'laydigan biriman. Ohirgi marta "Bugungi gun mulohazalari" mavzuida yozgan postimdagi Gulnidoning o'limiga yig'ladim.

Savol davom etsin....


Qayd etilgan


Armon  07 Dekabr 2009, 21:32:58

J: 3 kun ilgari bir birodarimizni boshlariga tushgan musibatni eshitib juda qattiq ta'sirlandim...
(Barcha mazlum va mazluma birodarlarimiz uchun duoda bo'laylik)

S: Bugun o'tgan kuningizdan mamnunmisiz?

Qayd etilgan


shoir  09 Dekabr 2009, 11:50:33

S: Bugun o'tgan kuningizdan mamnunmisiz?

Жавоб: Мамнунман. Ҳалисм ризқим бор...

Савол: А­рталаб турганда, хаёлингизга биринчи келадиган фикр қайси?

Qayd etilgan


AL_laziz87  09 Dekabr 2009, 14:43:24

Савол: А­рталаб турганда, хаёлингизга биринчи келадиган фикр қайси?
Javob: Ya'na bir yangi tongni ko'rganimga Olloxga shukurina aytaman.
Savol: savol davom etsin

Qayd etilgan